KUVEZ (frans. couveuse — inkubator) — ma'lum haroratli, havosi namlangan va kislorodga boy moslama (apparat); çala va nimjon tuğilgan çaqaloqlarning tana haroratini bir maromda saqlaş uçun qöllanadi. K.ning oçiq (felka-karavot) va yopiq (tibbiy inkubator) xillari bor. Kadimda çala tuğilgan çaqalokdarni issiq jun mato yoki paxta va şunga öxşaşlarga örabçirmab telpakka solib parvarişlaşgan. 19-a. ning 2- yarmidan boşlab Rossiya, Avstriya, Fransiya, Şvetsiya va b. mamlakatlarda ança takomillaştirilgan K. işlab çiqarila boşlandi. Ulardan keng tarqalgani Kredes vannoçkasi bölib, uning devorlari ikki qanat metalldan yasalgan, tubida sovuq suv çiqib ketadigan yöli bölgan. Devorlari orasiga vaqt-vaqti b-n voronka orqali issiq suv quyib turilgan. Uning ançagiva kamçiliklari ham bölgan. 1878 y.da Parijda yoğoçdan yasalgan K.lar rasm böldi. Keyinçalik elektr K.lar işlab çiqarila boşlandi. Bölar metalldan yasalgan bölib, devorlari orasida K. içidagi haroratni bir xil uşlab turadigan moslamalar mavjud, ular yordamida taşqaridan turib içkaridagi çaqaloqlarga mos va xos iqlimni yaratiş mumkin böladi. Bu K.larning yuqori qismi oçiq bölgani bois, çaqaloqlar çoyşabga öralib töğridan-töğri K. içiga yotqiziladi, söngra hamşira kerakli muolajani bemalol bajaraverişi va hatto uni çömiltirişi ham mumkin. ÖzRning tuğ-ruq komplekslari va şifoxonalarning bolalar bölimlarida çala tuğilgan çaqaloqlar bölimi mavjud, ular barça qulayliklari bor K.larda parvariş qilinadi. Xususan, hozir mamlakat tuğruqxonalarida Yaponiyaning «Xitaçi» firmasidan grant asosida olingan K.lardan foydalanilmokda. Bu K.lar hoz. zamon talabiga javob beradigan barça moslamalar (mö'tadil harorat, namlik, kislorod, çaqaloq vaznini ölçaş tarozlari, kvars lampalari va h. k.) b-n jihozlangan. Moslamalar orqali şifokor qöllari b-n K.ning old devoridagi eşikçalardan bolani tekşirişi, muolajalar qilişi va vaqt-vaqti b-n ketliklarini yangilaşi, tarozida tortib oğirligini nazorat qilib turişi mumkin. K. de-vorlari oyvasimon plastmassadan yasalgan, bu bola holatini közatib turiş imkonini beradi. K. içida çaqaloq yalanğoç holatda maxsus karavotçada yotadi. K. ni steril tarzda uşlab turiş mumkin, buning uçun uning devorlari yuviladi, içi esa kvars lampasi orqali mikroblardan tozalanadi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 748–749-b. — ziyouz.com