KUYOVQÖRĞON — ilk örta asrlarga oid badavlat dehqon qörğoni (mil. 5-a.). Yodgorlik Termizdan 26 km şim.da, Angor tumanida, Zartepadan 300 m şarqda joylaşgan. K. 1977 y. Arxeologiya in-tining Baqtriya ekspeditsiyasi tomonidan töliq oçib örganilgan (Pi-dayev Ş. P.). Qörğon 2 qanatli bino bölib, kvadrat şakldagi (20x18) pax-sa kötarma (platforma) ustiga qurilgan. Binoning ikkala qanatida 5—6 tadan xona mavjud. Bu yerda mehmonxona, yotoqxona va xöjalik xonalari bölgan. Xöjalik xonalari uzun yölaksimon şaklda bölib (12,6x2,4 m), ularning tomi ravoqsimon qilib xom ğiştlardan terib çiqilgan. Qolgan xonalar yassi qilib yopilgan. Bino darvozasi qörğonning şim. tomonida joylaşgan. K. tarixida 2 me'moriy bosqiç qayd qilingan. 2-bosqiçda bino xonalari tuzilişiga ayrim özgartirişlar kiritilgan. Quriliş materiallari sifatida töğri törtburçak şakldagi xom ğiştlardan foydalanilgan. Qörğonni örganiş davomida turli şakldagi sopol idişlar va b. uy-rözğor buyumlari topilgan. Toğ tizmalar orasida loygançdan işlangan monumental haykallar alohida örin egallaydi. Haykallarda oqsuyak ayol va erkaklarning obrazlari aks ettirilgan. Haykallarning har biri öziga xos körinişga ega. Haykaltaroş yaratilayotgan obrazlarga jöşqin hayotiylik baxşida etgan. Har bir obraz özining badiiy barkamolligi b-n ajralib turadi. Haykallarda kuşon davri haykaltaroşligining an'analari öz ifodasini topgan. Haykallar qörğonning 2-qavatida joylaşgan mehmonxonaning 3 devorini bezatib turgan. 4-devor rangli surat b-n naqşlangan. K. haykallari Örta Osiyodagi ilk asrlarga oid hayotiy obrazlarni özida mujassamlaştirgan yagona haykaltaroşlik namunasidir. Haykallar ilk örta asrlardagi Toxaristonning boy va yuqori rivojlangan moddiy va ma'naviy madaniyatidan dalolat beradi. K. ilk örta asrlarga xos bölgan qörğon me'morligining dastlabki körinişidir. Qörğon özining ilğor me'moriy yeçimlari b-n ajralib turadi.
Şokirjon Pidayev.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 750-b. — ziyouz.com