LAD (rus. — uyğunlik, tartib), pardalar tuzilmasi, tuzuk — 1) keng ma'noda, musiqiy-estetik tuşunça sifatida — pardalarning özaro mutanosibligi, turli balandlikdagi musiqiy tovuşlarning uyğunligi; 2) musiqa nazariyasining asosiy tuşunçalaridan biri, musiqiy poğonalarning boş parda (yoki asosiy pardalar qöşilmasi) atrofida özaro boğlaniş tizimi. L. poğonalari özining turğun (tayanç)ligi jihatidan bir-biridan farqdanadi, turğun bölmagan poğonalar turğun poğonalarga «tortilib» (intilib) turadi. L. poğonalarining ketma-ket kelişi uning gammasinn taşkil etadi, ularning tartibli özaro boğlanişi tovuşqator yordamida ifodalanadi.
L. poğonalarining soni va ular orasidagi intervallar sifatiga qarab ekmelika (balandligi özgaruvçan tovuşlardan iborat), angemitonika (yarim tonliksiz tovuş-qatorlarga asoslangan), diatonika (şu jumladan, major va minor), xromatika kabi L. turkumlari ajratiladi. Kuy rivojidagi tayanç va notayanç poğonalarning almaşinuv jarayonining öziga xosligi modal (monodik), garmonik, tonallik va b. turlarni taşkil etadi. Bir asar davomida boşlanğiç L.ning balandligi (tonalligi) özgarsa, oğişma yoki modulyatsiya sodir böladi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Şarq musiqa amaliyoti va nazariyasida L.lar turliça nomlanib kelgan: arabça makam, forsça parda, özbekça maqom, ozarbayjonça muğom va b. Ular öziga xos xususiyatlarga ega bölib, poğonalarning oraliği 90, 114, 180, 204 sentli intervallarga asoslanadi va köp poğonali turli L.larni taşkil qiladi. L.lar turli xalqlar musiqa merosi, ötgan zamon va hozirgi davr bastakorlari va kompozitorlari asarlarining muayyan asosini taşkil etadi. Şu b-n birga 20-a. ba'zi musiqa yönalişlari (atonal musiqa, dodekafoniya, sonorizm va b.)da aniq bir L.dan çetlaniş uçraydi; 3) musiqiy tovuş-qatorning turi (mas. Major, minor).
Ad.: Kon Yu ., Nekotoriye voprosi ladovogo stroyeniya uzbekskoy narodnoy pesni i yeyo garmonizatsii, T., 1979. Olimjon Bekov.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 10–11-b. — ziyouz.com