LOKOMOTIV (lot. loco moveo — joyidan quzğataman) — temir izlar (t.y.)da ayrim vagonlar yoki poyezdlarni tortib yurişga muljallangan transport vositasi. Dizel-poyezdlar, turbopoyezdlar, elektrpoyezdlar tarkibiga kiradigan motorli vagonlar hamda avtodrezina va motodrezinalar ham L. vazifasini ötaydi. Lekin motorli vagonlar va drezinalarda yölovçilar va yuk taşiş uçun örinlar va joylar böladi. Umuman t.y.dagi barça tortiş vositalari L. hisoblanadi. Dastlabki L. 19-a. boşida Buyuk Britaniyada, keyinçalik (1834) Rossiyada (parovoz) yasalgan va deyarli 1 a. mobaynidat.y.da yagona tortiş vositasi hisoblangan. 20-a. boşida parovozlarni ança takomillaşgan teplovoz va elektrovoz siqib çiqara boşladi.
Bajaradigan işiga qarab, L.lar magistral va sanoat L.lariga bulinadi. Magistral L.lar umumiy foydalaniladigan t.y.da, sanoat L.lari esa z-dlar, konlar, şaxtalar, quriliş maydonlari va b.da işlatiladi. Magistral L.ning yuk taşiydigan va yölovçi taşiydigan poyezdlarni tortiş uçun, manevr qiliş (poyezdlar tuziş), vagonlarning örnini almaştiriş uçun muljallangan xillari bor. L. ensiz va enli izlarda yuriş uçun xam möljallab işlab çiqariladi.
Töliq öqiş — yana 1 xatboşi
Birlamçi energiya manbai turiga qarab, L. issiklik va elektr L.lariga bölinadi. Issiklik L.lari — parovoz, teplovoz, motovoz, gaz-turbovoz. Bularda energiya işlab çiqaradigan alohida (xususiy) kuç qurilmasi böladi. Elektr L.lari kontakli va akkumulya-torli elektrovozlardan iborat. Parovozni buğ maşinasi, teplovoz va motovozni inki yonuv dvigatel, gaz-turbovozni gaz turbinasi, elektrovoz va elektr poyezdni elektr dvigateli va akkumulyator harakatlantiradi. Asosiy L.lardan taşqari har xil aralaş L.lar ham bor: dizel-elektrovozlar, teplovozlar, kontaktli-akkumulyatorli elektrovozlar va b. (bular unçalik keng tarqalmagan). Hozir, asosan, teplovoz va elektrovozlardan foydalaniladi, tezligi 200 km/soatdan oşadigan aviatsiya gaz turbinali turbovozlar (Angliya, Rossiya), magnit va havo yostiqli L. (tezligi 500 km/soat gaça) yaratilgan (Yaponiya), yoqilği elementlar va yadro reaktorlardan foydalanib işlaydigan energetik qurilmali L. loyihasi ustida işlar olib borilmoqda.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 175-b. — ziyouz.com