LOYQA, balçiq — 1) suv havzalaridagi juda mayda dispers zarralardan iborat loysimon çökindi. U suvning sekin oqişi natijasida daryo, kanal, suv omborlari va b. suv havzalari tubida hamda q.x. ekinlari suğorilgandan söng dalaning etak qismida yiğilib qoladi. Paydo böliş joyiga köra, kul, daryo va b. suv havzasi L.lari, tarkibiga köra esa, diatomli, radiolyariyali, ohakli va boşqa L.lar farqlanadi; 2) (tuproqşunoslikda) tuproq qattiq fazasi mexanik elementlarining diametri 0,001 — 0,002 mm dan yirik bölmagan kismi. L. toğ jinslari va ular tarkibiga kiruvçi minerallarning nuraşi, şuningdek, tuproq paydo böliş jarayonida vujudga keladi. Yotqiziqlarning tarkibi va rangiga kura, L. qizğiş, yaşilroq va b. tusda böladi. L. amalda özidan suvni deyarli utkazmaydi, lekin unda kapillyar naylar orqali suv kötara oliş xususiyati yuqori, şuningdek, kup miqdorda nam tutib qoliş, bökiş, qovuşqoklik va yopişqoqlik xossalariga ega. Quriganda esa utirib, hajmi kiçrayadi. L.da çirindi, oziq moddalar, makro- va mikroelementlar, ayniqsa, azot kup. Tuproqda L. qança köp bulsa, unga işlov beriş şunça qiyinlaşadi. L. zarraçalari tuproqning fizik va fizik-kimyoviy xossalari — singdiriş, ilaşuvçanlik, suv ötkazuvçanlik, yopişqoqlik va b.ga katta ta'sir kursatadi. Örta Osiyoning suğoriladigan dehqonçilik mintaqalari tuproqlaridagi L. mikdori turliça: yengil (qumli, qumloqi) mexanik tarkibli tuproqlarda 5—8%, yengil qumokdi yerlarda 10—12%, urtaça va oğir qumoqli yerlarda 14—22%, işlov beriş oğir bölgan soz mexanik tarkibli tuproqlarda esa 20—25% dan 30—40% gaça. Q.x. ekinlari yetiştiriladigan ötloqi, botqoqi-ötloki, ayniqsa, botkoqi, taqirli, taqir-ötloqi tuproqlarda hamda taqirlarda L.ning miqdori yuqori (20—30%). Şuning uçun bu tuproqlar suğoriş va işlov beriş ta'sirida ziçlaniş hamda qatqaloq hosil qilişga juda moyil.
Ba'zi köl va b. suv havzasining L.lari q.x. ekinlariga öğit va mineral ozuqa sifatida işlatiladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 171–172-b. — ziyouz.com