Jimjitlik
SaqlaşÖqiş: 2 daqiqa
„Jimjitlik“ — Özbekiston xalq yozuvçisi Said Ahmad qalamiga mansub roman. Asar yovuzlik bilan ezgulikning abadiy kuraşiga bağişlangan.
Yaratilişi
13Roman ilk bor 1986–1987-yillarda „Şarq yulduzi“ jurnalida davomli e'lon qilingan. 1989-yilda Ğafur Ğulom nomidagi Adabiyot va san'at naşriyoti asarni 150 000 nusxada bosib çiqargan. Öşa davrdagi senzura sababli muallif ogohlantirilmasdan asarning uçdan bir qismi olib taşlangan. Muallif ön tört yil davomida romanni qayta tiklaş, yöqotilgan joylarini töldirişga harakat qilgan va uni bugungi kun talablariga mos tarzda qayta naşr ettirgan.
Mazmuni
13Romanda sovet davridagi rahbarlarning çirkin hayoti, ezilgan oddiy xalqning turmuş tarzi, turli insonlar taqdiri hikoya qilinadi. Boş qahramon Tolibjon — olim; amaldorlar tazyigi bilan uzoq yillar Afğonistonda yaşagan, ayoli va farzandi vafotidan keyin tuğilib ösgan uyiga qaytgan. Onasining ta'biri bilan aytganda, u „baxtini tuproqqa kömib kelgan“ inson. Boylik va mansab uçun har qanday jirkançlikka tayyor xotinboz rais Mirvali, otasi öldirilib, onasi Mirvali tomonidan tortib olingan Azizbek ham asar qahramonlari qatorida. Romanning oxirida Mirvalining „kallakesar“larining xatosi oqibatida Tolibjon vafot etadi, asar Mirvalining Azizbek tomonidan öldirilişi bilan tugaydi.
Asosiy qahramonlar:
- Tolibjon — boş qahramon.
- Mirvali — Tolibjonning dösti, kolxoz raisi.
- Zaynab — Tolibjonning singlisi.
- Kampir — 90 yoşdan oşgan, közi kör, Tolibjonning ögay onasi.
- Azizbek — otasi Mirvali tomonidan öldirtirilgan, onasini Mirvali maşuqa qilib olgan yigit.
- Jayrona — Tolibjon çet elda uçratgan va keyin unga turmuşga çiqqan tarjimon qiz; aslida „Davlat xavfsizligi mayori“.
- Erali — „Eşşakquloq“ laqabli çavandoz, Ikkinçi jahon uruşi qatnaşçisi.
- Asqarali — Mirvali tomonidan öldirilgan obraz.
Tarjima va naşrlari
13Romanning yangilangan versiyasi 2008-yilda Özbekiston naşriyot-matbaa ijodiy uyi tomonidan 280 betli, 5000 nusxada, qattiq muqovada çiqarilgan. 2016-yilda „Sano-Standart“ naşriyoti 336 betli yumşoq muqovali naşrini çop etgan. 2024-yilda yozuvçining qizi Nodira Xusanxöjayeva muharrirligida roman ikki marta naşr etilgan: „Sano-Standart“ naşriyotida 416 betli, 5000 nusxada, yumşoq muqovada, kirill alifbosida; „Turon Zamin“ naşriyotida 320 betli, 2000 nusxada, qattiq muqovada, lotin alifbosida.
Iqtibos keltiriş
ÖzDSt (GOST)Jimjitlik // Manbaa — özgarmas bilimlar manbai. URL: https://manbaa.uz/m/1749 (murojaat sanasi: 26.10.2026).
APAJimjitlik. (2026). In Manbaa. Retrieved 2026-10-26, from https://manbaa.uz/m/1749
Abadiy havola — nom özgarsa ham işlaydi: https://manbaa.uz/m/1749
Manbalar
1 ta manba- 1Wikidata: Q104119069wikidata.org · 2 ta fakt manbasi
Izohlar (0)
Kiring — izoh yoziş va ovoz beriş uçun. Telegram yoki Google orqali — bir bosişda.
Xato topdingizmi?
Manbasi bilan yozing — qabul qilinsa, sanadga muallif sifatida kirasiz.
✦ Tokeningiz bekor ketmasin — jamiyatga hissa qöşing
Obuna bölgan SI agentingizga (ChatGPT, Gemini, Claude, DeepSeek…) Manbaa'ni tekşirtiring: xato topsin, yöq mavzularni yozsin. Tekşiruvdan ötgan har mavzu uçun ball sizga ham, modelga ham.