Örganilayotgan obyektlar va materiallarning harakat şakllariga qarab, F. fani bir-biri b-n özaro çambarças boğlangan elementar zarralar F.si, yadro F.si, atom va molekulalar F.si, gaz va suyukliklar F.si, qattiq jismlar F.si, plazma F.si bölimlaridan taşkil topgan. Örganilayotgan jarayonlarga va materiyaning harakat şakllariga qarab, F. moddiy nuqta va qattiq jism mexanikasi, termodinamika va statistik fizika, elektrodinamika, kvant mexanika, maydon kvant nazariyasini öz içiga oladi.
F.ning tarixiy rivojlanişi. F. tarixini 3 davrga bölib örganiş mumkin: 1) qad. zamondan 17-a.gaça bölgan davr; 2) 17-a.dan 19-a. oxirigaça bölgan davr. Bu davrdagi F. fani, odatda, klassik F. nomi b-n yuritiladi; 3) 19-a. oxiridan hoz. paytgaça bölgan davr. Hoz. zamon F.si (yoki eng yangi F.) şu davrga mansub.
Turli xrdisalarni va ularning sababini örganiş qad. zamon olimlarining bizgaça yetib kelgan asarlarida aks etgan. Mil. av. 6-a.dan to mil. 2-a.gaça bölgan davrda moddalarning atomlardan taşkil topganligi haqidagi tuşunçalar va goyalar yaratildi (Demokrit, Epikur, Lukretsiy), dunyoning geotsentrik tizimi işlab çiqildi (Ptolemey), elektr va magnit hodisalari kuzatildi (Fales), statika (Pifagor) va gidrostatikaning rivojlanişiga asos solindi (Arximed), yoruğlik nurining töğri çizikli tarqalişi va qaytiş qonunlari oçildi, mil. av. 4-a. da Aristotel ötmiş avlodlar va zamondoşlarining işlariga yakun yasadi. Aristotelning ijodi yutuklar b-n birga kamçiliklardan ham xoli emas. U tajribalarning mohiyatini tan oldi, ammo uni bilimlarning işonçli belgisi ekanini inkor etib, asosiy e'tiborni farosat b-n anglaşda, deb bildi. Aristotel ijodining bu tomonlari çerkov namoyandalariga qöl kelib, uzok, davrlar fan taraqqiyotiga tösqinlik körsatdilar. 9—16-a.larda ilmiy izlanişlar markazi Yaqin va Örta Şarq mamlakatlariga siljidi. Bu davrga kelib, fan rivojiga, jumladan, F.ning rivojiga Örta Osiyo olimlari ulkan hissa qöşdilar. F., matematika, astronomiya va tabiatşunoslikka oid masalalar Xorazmiy, Ahmad alFarğoniy, Forobiy, Beruniy, Termiziy, Ibn Sino, Uluğbek, Ali Kuşçi va b. örta osiyolik olimlarning işlarida öz aksini topgan. Bu olimlarning F.ga oid ilmiy işlari, mexanika, geometriya, osmon mexanikasi, optika va turli tabiat xrdisalarini örganiş b-n boğliqdir. Xorazmiy örta ayerlarda, nazariy va amaliy tabiatşunoslik qali bölmagan davrda, dunyoviy fanlar, ilğor ijtimoiyfalsafiy fikrlar ijodkori bölib çikdi. U Şarqning dastlabki akademiyasi «Bayt ulHikma» («Donolar uyi») ning şakllanişida faol iştirok etgan. Bu yerda uning raxbarligida arablar va b. xalklar vakillari b-n bir qatorda Ahmad alFarğoniy, Axmad Abdulabbos Marvaziy kabi örta osiyolik olimlar tadqiqotlar olib borganlar. «Algoritm» sözi «Xorazmiy» sözining lotinça transkripsiyasi bölib, bu sözni algebra masalalarini yeçişda birinçi marta qöllagan edi. Ahmad alFarğoniyning «Osmon jismlari harakati» kitobi 9-a. da bitilgan bölib, 12-a.da lotin tiliga, 13-a.da Yevropaning boşqa tillariga tarjima qilinib keng tarqalgan edi. Ahmad alFarğoniy asarlari Yevropada Uyğoniş davri ilmiy tadqiqotçilarining asosini taşkil etgan asarlardan böldi. U yoruğlikning sinişi va qaytişini aniklagan. Farğoniy stereografik proyeksiya nazariyasining asosçisi sifatida fazo jismlari harakatining tekisliklardagi proyeksiyalari nisbatlari asosida ba'zi bir kattaliklarni ölçaş mumkinligini isbotladi. Bu fikr bugun ham astrofizika fanida öz qiymatini yöqotmagan.
Beruniy Yerning öz öqi atrofida aylanişini özi yasagan asboblar yordamida isbotladi va Yer radiusi 6490 km ga yaqin ekanligini anikladi. U dunyoning moddiyligi, harakatning turlari, atomning bölinişi, atomdan keyingi zarralarning özaro ta'sir kuçlari, soliştirma oğirlikni aniklaş usullari, jism inersiyasi, böşliq, atmosfera bosimi, suyuqliklar gidrostatikasi, qor, yomğir va dölning paydo böliş sabablari, energiya aylanişi, jismlarning elektrlanişi, dengiz hamda ummon suvlarining kötarilişi va pasayiş sabablari, yoruğlikning korpuskulyar hamda tölqin xossasi, tovuş va yoruğlik tezligi, yoruğlikning qaytişi hamda sinişining sabablari, dispersiya xrdisasi, Yer va b. sayyoralarning Quyoş atrofidagi harakatlari ellips şakliga yaqinligi, fazoviy jismlarning vaznsizligi töğrisida fikrlar yuritdi. Abu Nasr al-Forobiyning tovuş tezligi, tovuşning tölqin tabiati, tovuş çastotasi, tovuş tölqinining uzunligi haqidagi fikrlari va ularga asoslanib yaratilgan musiqa notasi hamda optikaga oid köpgina işlari F. fanining rivojlanişiga qöşilgan katta hissa böldi. Ibn Sino harakatning nisbiyligi, inersiya, kuç, massa va tezlaniş orasidagi boğlaniş, aylanma harakat, markazga intilma kuç, çizikli tezlik, böşliq va atmosfera bosimi, konveksiya, issiqlikning tabiati, issiqlik uzatilişining turlari, yaşin va yaşinning turlari, momaqaldiroq hodisasi, tovuş va yoruğlik tezligi, yoruğlik dispersiyasi, linza, atom tuzil işi va b. mavzularga tegişli mulohazalarining aksariyati hoz. zamon tuşunçalariga juda moye keladi.
Hakim Termiziy dunyoviy fanlarning ungaça bölgan yutuqlarini qomusiy olim sifatida örgandi, jumladan, tabiat hodisalari va jarayonlarini tahlil etuvçi «Solnoma», «Haftanoma» kabi asarlari ma'lum. Mirzo Ulugbek 15-a.da jahonda yagona rasadxona qurdi. Uning «Ziji Köragoniy» asarida astronomiyaning nazariy asoslari yoritiddi va 1018 ta yulduzning joylaşiş koordinatalarini juda katta aniklikda beriddi. Uning qiymatlari hozirgi qiymatlarga juda yaqin.
Fizik hodisalarni tuşuntirişda örta osiyolik olimlarning mulohazalari qad. an'analar ta'sirida rivojlangan bölsada, ular matematik usullarni keng joriy etib, tajribalardan foydalanib, fanga katta hissa qöşdilar.
Klassik fizikaning rivojlanişi. 17-a.ga kelib G.Galiley mexanik harakatni tajriba yöli b-n örganib, harakatni matematik formulalar asosida ifodalaş zarurligini anikladi va bu F. fanining keskin rivojiga turtki böldi. U jismlarning özaro ta'siri natijasida tezlik özgarib, tezlaniş hosil bölişiini, ta'sir bölmaganda harakat holatining özgarmasligi, ya'ni tezlanişning nolga tengligini yoki tezlikning özgarmasdan saklanişini qayd etib, Aristotelning şu masalaga qaraşli fikrini, ya'ni ta'sir natijasida tezlik hosil bölişini inkor etadi. Keyinçalik Galiley aniqlagan qonun inersiya qonuni yoki Nyutonning mexanikaga oid birinçi qonuni degan nom oldi. 1600 y.da U. Gilbert elektr va magnit xrdisalarni örganiş b-n şuhrat qozondi hamda Yer tirik magnit ekanligini isbotladi. U kompas magnit milining burilişini Yerning katta magnitga öxşaşi orqali tuşuntirdi, magnetizm va elektrning özaro boğlanişini tekşirdi. Galiley mexanikadagi nisbiylik prinsipini oçdi va erkin tuşayotgan jism tezlanişi uning tezligi va massasiga boğliq emasligini isbotladi. E.Torriçelli yuqoridagi prinsipdan foydalanib, atmosfera bosimining mavjudligini anikladi va birinçi barometrni yaratdi. R. Boyl va E. Mariott gazlarning elastikligini aniqladilar hamda gazlar uçun birinçi qonun — Boyl—Mariott qonunini yaratdilar. Gollandiyalik astronom va matematik V.Snellius (Snell) b-n R.Dekart yoruğlik nurining siniş qonunini oçdilar.
17-a.F.sining eng katta yutuklaridan biri klassik mexanikaning yaratilişi böldi. I.Nyuton 1687 y.da Galiley va öz zamondoşlarining ğoyalarini umumlaştirib, klassik mexanikaning asosiy qonunlarini ta'riflab berdi. Nyuton tomonidan jismlar holati tuşunçasining kiritilişi barça fizik royalar uçun muhim böldi, jismlar tizimining holatini mexanikada ularning koordinatalari va impulyelari orqali töla aniqlaş imkoniyati yaratildi. Agar jiyemning boşlangiç vaqtdagi holati hamda harakat davomida unga ta'sir etuvçi kuçlarning tabiati ma'lum bölsa, Nyuton qonunlariga asoslangan holda şu jiyemning harakat tenglamasini tuziş mumkin. Bu harakat tenglamasidan foydalanib, uşbu jiyemning istalgan vaqtda fazodagi örnini, tezlik, tezlaniş va fizik kattaliklarni aniklaş mumkin böldi. Nyuton sayyoralar harakatlarini tuşuntiruvçi Kepler krnunlari asosida butun olam tortişiş qonunini oçdi va bu qonun orqali Oy, sayyoralar va kometalar harakatini isbotlab berdi. X. Poygens va G. Leybnits harakat miqdorining saklaniş qonunini ta'rifladilar.
17-a.ning 2yarmida fizik optika asoslari yaratila boşlandi, teleskop va b. optik qurilmalar yaratildi. F. Grimaldi yoruğlik difraksiyasini, I. Nyuton esa yoruğlik dispersiyasiik tadqiq qildi. 1676 y.da daniyalik astronom O.Ryomer yoruğlik tezligini ölçadi. Şu davrdan yoruğlikning korpuskulyar va tölqin nazariyalari yuzaga keldi hamda rivoj topa boşladi. I.Nyuton yoruğlikni korpuskula (zarra)lar harakati orqali tuşuntirsa, X.Gyuygens uni faraz qilinuvçi muhit — efirda tarqaladigan tölqinlar yordamida tuşuntirdi.
Şunday qilib, 17-a.da klassik mexanika mustahkam örin egalladi, akustika, optika, elektr va magnetizm, issiqlik hodisalarini örganiş sohalarida katta izlanişlar boşlandi. 18-a.ga kelib tajriba va mat.dan keng
foydalangan klassik mexanika va osmon mexanikasi yanada tez sur'atlar b-n rivojlandi. Yer va Osmon hodisalarini mexanika krnunlari orqali tuşuntiriş asosiy maqsad hamda boş ta'limot hisoblanar edi. Hatto, örganilayotgan fizik hodisani mexanika qonunlari orqali tuşuntiriş mumkin bölmasa, tanlangan tuşuntiriş yöli töliq emas yoki notöğri deb yuritilar edi.
18-a.da zarralar va qattiq jismlar mexanikasi b-n birga gaz hamda suyuqliklar mexanikasi rivojlandi. D.Bernulli, L.Eyler, J.Lagranj va b. ideal suyuqlik gidrodinamikasiga asos soldilar. Fransuz olimi Ş. Dyufe elektrning ikki turi mavjudligini anikladi hamda ularning özaro tortiliş va itarilişini körsatdi. Amerikalik olim B. Franklin elektr zaryadining saqlaniş qonunini anikladi. T.Kavendiş va undan mustasno Ş. Kulon qözğalmas elektr zaryadining özaro ta'sir kuçini tajribada anikladilar hamda matematik ifodasini topib, asosiy qonun — Kulon qonunini oçdilar.
Rus fiziklari G.Rixman, M.V.77omonosov va amerikalik olim B. Franklin atmosferada hosil böladigan elektr, yaşinning tabiatini tuşuntirib berdilar. A.Galvani, A. Volta va keyinçalik rus fizigi hamda elektrotexnigi V. Petrovning kuzatişlari va tadqiqotlari elektrodinamikaning vujudga kelişi hamda tez sur'atlar b-n rivojlanişiga sabab böldi. Optika sohasida P. Buger va I. Lambert işlari tufayli fotometriyaga asos solindi. Infraqizil (ingliz optigi V. Gerşel va ingliz kimyogari U. Vollston) va ultrabinafşa (ingliz kimyogari I. Ritter) nurlar mavjudligi aniqlandi. Issiqlik hodisalari, issiklik mikdori, tra, issiqlik siğimi, issiklik ötkazuvçanlik va h.k.ni örganişda xam qator izlanişlar olib borildi. M. Lomonosov, R.Boyl, R.Guk, Bernullilar issiqlikning molekulyar — kinetik nazariyasiga asos soldilar.
19-a. boşida T. Yung va O. Frenellarning tölqin nazariyasi asosida yoruğlik difraksiyasi va yoruğlik interferensiyasi yaratildi. Yoruğlikni köndalang tölqin sifatida elastik muhitda tarkaladi deb, Frenel singan va qaytgan yoruğlik tölqinlarining intensivlaigini belgilovçi mikdoriy qonunni anikladi. Fransuz fizigi E.Malyus yoruğlikning qutblanişi hodisasini kaşf etdi, yoruğlik spektriga va difraksiyasiga tegişli izlanişlar olib bordi. Yoruğlikning tabiati haqidagi korpuskulyar va tölqin nazariyalari orasidagi deyarli ikki asr davom etgan kuraş tölqin nazariyasi foydasiga hal böldi.
Italiyalik olimlar A. Galvani va A.Voltalarning elektr tokini kaşf etişlari hamda dunyoda birinçi marta 1800 y.da galvanik elementning yasalişi F. fanining rivojlanişida katta ahamiyatga ega böldi. 1820 y.da daniyalik fizik X. Ersted tokli ötkazgiçning kompas mili b-n özaro ta'sirda bölişini elektr va magnit hodisalar orasida boglaniş borligi b-n tuşuntirdi. Şu yillarda A. Amper zaryadlangan zarralarning tartibli harakati tufayli paydo böluvçi elektr toki b-n barça magnit hodisalari boğliq ekanligi töğrisida xulosaga keldi va tajriba asosida tokli ötkazgiçlar orasidagi vujudga keluvçi özaro ta'sir kuçini ifodalovçi qonunni ixtiro qildi (Amper qonuni). 1831 y.da M. Faradey elektromagnit induksiya hodisasini oçdi va elektromagnit maydon tuşunçasi haqidagi ta'limotni yaratdi. Metallarning elektr ötkazuvçanligini örganiş Om krnunining (1826), moddalarning issiqlik xususiyatlarini örganiş — issiqlik siğimi qonunining yaratilişiga olib keldi.
Tabiatning barça hodisalarini bir butun qilib boğlovçi energiyaning saqlaniş va aylaniş qonunining oçilişi tabiatşunoslikda, jumladan, F.ning rivojlanişida katta ahamiyatga ega. 19-a. örtalariga kelib tajriba orqali issiklik miqdori b-n bajarilgan iş miqdorining özaro qiyosiy tengligi isbotlandi va şu asosda issiqlik energiyaning maxsus turi ekanligi aniqlandi. Energiyaning saklaniş va aylaniş qonuni issiqlik hodisalari nazariyasining asosiy qonuni bölib, u termodinamikannş birinçi boş qonuni deb ataladi. Bu qonunni Yu.R.Mayer ta'riflagan, nemis fizigi G.Gelmgos aniqroq şaklga keltirgan (1874). Termodinamikaning rivojlanişida S. Karno, R. Kpauzius, U.Tomson, E.Klapeyron va D.I.A/yendeleyevlarning xizmatlari katta böldi. S. Karno issiqlikning mexanik xdrakatga aylanişini aniqladi, R.Klauzius, U. Tomson issiklik nazariyasining asosiy qonuni — termodinamikaning ikkinçi boş qonunini ta'rifladilar, R. Boyl, E. Mariott, J.GeyLyussak, B. Klapeyron ideal gazning xrlat tenglamasini aniqladilar. D.I.Mendeleyev uni barça gazlar uçun umumlaştirdi va h.k. Termodinamika b-n birga issiqlikning molekulyarkinetik nazariyasi rivojlanib bordi. A. Eynşteyn, polyak fizigi M. Smoluxovskiy va fransuz fizigi J. Perrenlar broun harakati atom hamda molekulalarning issiklik harakati ekanligini isbotlab, molekulyarkinetik nazariya asoslari bölgan broun harakatining miqsoriy nazariyasini yaratdilar. Bu esa, öz navbatida, statistik mexanikaning töla tan olinişiga olib keldi. J.K.Maksvell kiritgan ehtimollik xarakteriga ega bölgan statistik tuşunçalar asosida gazlardagi molekulalar tezligi, erkin yuguriş uzunligi, vaqt birligi içidagi töqnaşuvlar soni va b. kattaliklarning örtaça qiymatlarini topişga yöl oçildi, traning molekulalarning örtaça kinetik energiyasiga boğlikligi körsatildi. Materiyaning kinetik nazariyasi taraqqiy etişi L. Bolsman tomonidan statistik mexanika — Bolsman statistikasiştt yaratilişiga olib keldi. 19-a.ning 2yarmida J.K.Maksvell elektromagnit hodisalarning elektromagnit maydon tuşunçasiga asoslangan yangi nazariyasini va uni ifodalovçi tegişli tenglamalar tizimini yaratdi. U tabiatda elektromagnit tölqinlarning mavjudligini, ularning anik, xususiyatlari — bosimi, difraksiyasi, interferensiyasi, tarqaliş tezligi, qutblanişi va h.k. borligini aniqladi. Maksvell nazariyasining eng muhim natijasi elektromagnit tölqinlarning tarqaliş tezligi yoruglik tezligiga teng bölgan qiymatga ega ekanligi töğrisidagi xulosa hisoblandi. Maksvell nazariyasidan yoruğlikning elektromagnit xususiyatiga ega ekanligi kelib çikdi. G.Ge/ i<ning elektromagnit tölqinlarni aniqlaş böyiça olib borgan tajribalari buni tasdikladi. 1899 y. P.Lebedev yoruğlikning bosimini tajriba orqali aniqladi. 1895 y.da A.S.Popov Maksvell nazariyasidan foydalanib Simeiz alokani yaratdi. Yukrridagi va b. tajribalar Maksvellning elektromagnit nazariyasi töğriligiga yakun yasadi.
Şunday qilib, 19-a. F.si 2 bölimdan — jismlar F.si va maydon F.sidan iborat böldi. Jismlar F.si asosida molekulyarkinetik nazariya qabul qilingan bölsa, maydon F.sila elektromagnit maydon nazariyasi asosiy rol öynadi.
Klassik F. modda, vaqt, fazo, massa, energiya va h.k. haqidagi maxsus tasavvurlar, tuşunçalar, qonunlar, prinsiplardan taşkil topgan. U klassik mexanika, klassik statistika, klassik termodinamika, klassik elektrodinamika va b. bölimlarga bölinadi. Klassik mexanikada harakat qonunlari — Nyuton qonunlaridan iborat. Moddiy nuqta, mutlaq qattiq jism, tutaş mux,itlar tuşunçalari muhim rol öynaydi. Bularga moye tarzda moddiy nuqta mexanikasi, mutlaq qattiq jism mexanikasi, tutaş muhit mexanikasi mavjud.
Köp amaliy hollarda qoniqarli natijalar beradigan klassik F. katta tezliklar va mikroobyektlar b-n boğliq hodisalarni töğri tuşuntirişga ojizlik qildi. Şunday hodisalar qatoriga qattiq jismlarning issiqlik siğimi, atom tizimlarining tuzilişi va ulardagi özgarişlar xarakteri, elementar zarralarning özaro ta'siri hamda bir-biriga aylanişi, mikrotizimlardagi energetik holatlarning uzlukli özgarişi, massaning tezlikka boğliqligi va b. masalalar kiradi. F.ning yangi taraqqiyoti yuqoridagiga öxşaş hodisalarni ham töğri tuşuntirib bera oladigan yangi, noklassik tasavvurlarga olib keldi. Bunday tasavvurlarga asoslangan yangi F. maydon kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasiaan iborat.
F.ning klassik va noklassik F.ga ajratilişi şartlidir. Galiley — Nyuton mexanikasi, Faradey —Maksvell elektrodinamikasi, Bolsman — Gibbs statistikasini, odatda, klassik F.ga, maydon kvant nazariyasi va nisbiylik nazariyasini hozirgi zamon F.siga kiritişadi. Tarixiy jihatdan bu haqiqatan ham şunday. Ammo klassik F. b-n hozirgi zamon F.sini bir-biriga qarşi qöyiş asossizdir. Yangi texnika, kosmosni egallaş kabi sohalarda klassik F.dan keng foydalanib muhim yutuqlarga erişilmokda. Maksvell tomonidan elektromagnit qodisalarni örganiş jarayonlari uning klassik elektrodinamika»^ yaratişi b-n yakunlandi. 1897 y.da J. Tomsonnpng elektron zarrasining oçişi b-n F. rivojida yangi davr boşlandi.
Hozirgi zamon fizikasi. 19-a. oxirida aniqlangan qator yangiliklar (elektronning oçilişi, elektron massasining tezlik özgarişi b-n özgarişi, harakatlanuvçi tizimlarda elektromagnit hodisalarining röy berişidagi qonuniyatlar va b.) Nyutonning fazo va vaqt mutlaqligi töğrisidagi tasavvurlarini tanqidiy tekşirib çiqiş kerakligini körsatdi. J.Puankare, X.A.Lorents kabi olimlar bu sohada tadqiqotlar olib borişdi. 1900 y.da M. Plank nur çiqarayotgan tizim — ossillyatornint nurlaniş energiyasi uzluksiz qiymatlarga ega degan klassik fikrni rad etib, bu energiya faqat uzlukli qiymatlar (kvantlar)dangina iborat degan butunlay yangi farazni ilgari surdi. Şunga asoslanib nazariya b-n tajriba natijalarini taqqoslanganda ularning moye kelişini anikladi. Plank gipotezasini A. Eynşteyn rivojlantirib, yoruğlik nurlanganda ham, darqalganda ham kvantlar — maxsus zarralardan taşkil topadi degan fikrga keldi. Bu zarralar fotonlar debataldi. Foton iborasini 1905 y.da A.Eynşteyn fotoeffekt nazariyasini talqin etişda qöllagan, bu ibora F. fanida 1929 y.dagina paydo böldi. Şunday qilib, fotonlar nazariyasiga muvofiq yoruğlik tölqin (interferensiya, difraksiya) va zarra (korpuskulyar) xususiyatga ega.
1905 y.da A. Eynşteyn Plank gipotezasini rivojlantirib, maxsus nisbiylik nazariyasini yaratdi. 1911 y.da E. Rezerfordning azarralarning jismlarda soçilişini tekşiriş tajribasi atomlar yadrosining mavjudligini isbotladi va u atomlarning planetar modelini yaratdi. 1913 y.da N. Bor nurlanişning kvant xarakteri asosida atomlardagi elektronlar ma'lum barqaror holatlargagina ega bölib, bu holatlarda energiya nurlanişi sodir bölmaydi, degan postulatni yaratdi. Nurlaniş elektronlarning bir barqaror holatdan ikkinçi barqaror holatga «sakrab ötişi»da, ya'ni diskret ravişda röy beradi. Bu postulat öşa yili J. Frank va G. Gers ötkazgan tajribalarda tasdiklandi. Bor postulati atomning planetar modeli kvant xarakterga ega ekanligini körsatadi.
A. Eynşteyn butun odam tortişişi (gravitatsiya) masalasi b-n şuğullanib, 1916 y.da fazo, vakt va tortişişning yangi nazariyasi — umumiy nisbiylik nazariyasini yaratdi. Ilgaridan ma'lum va kuzatilgan, ammo töğri hamda mukammal ilmiy tuşuntirilmasdan kelayotgan qator hodisa va faktlar nisbiylik nazariyasi tufayli har tomonlama oydinlaşdi. Bu nazariya öziga qadar fanga ma'lum bölmagan köplab yangi hodisalar qonunlarning borligini oldindan aytib berdi, eng yangi fan uçun ğoyat zarur bölgan natija va xulosalarga erişildi (massaning tezlik özgarişi b-n özgarişi, massa b-n energiyaning özaro boglanişi, yoruğlik nurlarining kosmosdagi jismlarning yaqin atrofidan çetlanib oğişi va b.). M. Laue kristallarda atomlarning tartibli joylaşişini rentgen nurlari difraksiyasi yordamida birinçi bölib tuşuntirib berdi. Rus fizigi G.V. Vulf va ingliz fizigi U.L.Bregg kristallarda atomlarning joylaşişini, ular oraliğidagi masofalarni aniklab, rentgen strukturalari taxliliga asos soldilar. P. Debai, M. Bornlar kristall panjaralari garmonik tebranib turadigan ossilyatorlar yiğindisidan iborat, deb tuşuntirdilar.
20-a.ning 20-y.lariga kelib, kvant mexanikaga tuda asos solindi, mikrozarralar harakatining norelyativistik nazariyasi töla isbotlandi. Buning asosini Plank — Eynşteyn — Borlarning kvantlaşuv va L. Broylnij materiyaning korpuskulyartölqin xususiyati töğrisidagi (1924) ğoyalari taşkil etdi. 1927 y.da tajribalarda kuzatilgan elektron difraksiyasi bu fikrni tasdikladi. 1926 y.da avstriyalik fizik E. Şryodinger atomlarning uzlukli energiyaga ega ekanligini ifodalovçi kvant mexanikaning asosiy tenglamasini yaratdi.
Kvant mexanika b-n bir qatorda kvant statistika ham rivojlanib bordi. U köp mikrozarralardan taşkil topgan tizimlarning xossalarini kvant mexanika qonunlari yordamida örganadi. 1924 y.da hindistonlik fizik Ş. Boze kvant statistikasi krnuniyatlarini fotonlarga (spinlari 1 ga teng) tatbiq etib, muvozanatli nurlaniş spektorida energiyaning taqsimlanişi uçun Plank formulasini, Eynşteyn esa ideal gaz uçun energiyaning taqsimlaniş formulasini keltirib çikardi. 1925 y.da amerikalik fiziklar J.Ulenbek va S.Gausmit elektronning xususiy harakat mikdori momentini anikladilar. Şu yili V. Pauli bir xil kvant holatda faqat bittagina elektron böla olişini körsatdi (Pauli prinsipi), şu asosda Mendeleyev davriy sistemasiga nazariy tuye berildi.
1926 y.da E.Fermi va P.Dirak Pauli prinsipiga böysunadigan, spinlari 1/2 ga teng bölgan, bir xildagi zarralar tizimi uçun FermiDirak statistikasinn kaşf qildilar.
1928 y.da Ya. Frenkel va V. Geyzenberg ferromagnetizm asosida kvantli almaşinişdagi özaro ta'sirlar hal qiluvçi ekanligini körsatdilar. 1932 — 33 y.larda fransuz fizigi L.Neyel va Ya.Landaular antiferromagnitizm mavjud ekanligini oldindan başorat qildilar. X. KamerlingOnnes tomonidan simob, qalay va ba'zi elementlarning öta ötkazuvçanligining hamda Kapitsa tomonidan geliyII ning, öta oquvçanlikttg oçilişi kvant statistikasida yangi yönalişlarning vujudga kelişiga olib keldi. 1950 y.ga kelib L. Landau va V.Ginzburg öta ötkazuvçanlikning batafsil nazariyasini işlab çikdilar.
1916 y.da A. Eynşteyn yaratgan majburiy nurlanişning kvant nazariyasi asosida 50-y.larga kelib yangi kvant elektronikasi rivoj topdi. N. Basov va A. Proxorov (ulardan mustaqil tarzda amerikalik olim U. Tauns) yaratgan mazerda elektromagnit tölqinlarni hosil qiliş va kuçaytirişni amalga oşirdilar. Bu 60-y.larda yoruğlikning kvant generatori — lazerning yaratilişiga olib keldi.
20-a.ning 2-çoragida atom yadrolari tizimi sirlarini va mavjud bölayotgan jarayonlarni örganiş b-n elementar zarralar fizikasining yaratilişi F.da inqilobiy özgarişlar bölişiga olib keldi.
A.E.Bekkerel P. Kyuri va M.SklodovskayaKyuri b-n hamkorlikda radioaktiv nurlanişni, keyinçalik E. Rezerford bu nurlanişning özözidan parçalanişi nurlaniş b-n birgalikda hosil bölişini oçdilar. 1932 y.da J.Çedvik neytron zarrani oçdi. Rus olimi D.D.Ivanenko va V.Geyzenberglar atom yadrosining protonneytrondan iborat ekanligini anikladilar. 1934 y.da I.JolioKyuri va F.JolioKyurilar sun'iy radioaktivlik hodisasini oçdilar.
Tezlatkiçlarning yaratilişi zaryadlangan zarralar ta'sirida yadro reaksiyalari hosil qiliş imkonini yaratdi. Yadro bölinişlari hodisasining oçilişi muhim natija böldi. 1939— 45 y.larda birinçi marta uran235 zanjir reaksiyasi yordamida yadro energiyasi ajralib çiqişiga erişildi. Bu energiyadan tinç maqsadda foydalaniş 1954 y.dan amalga oşdi. 1952 y.da termoyadro sintezi (termoyadro portlaşi) amalga oşirildi.
Atom yadrosi fizikasi rivoji b-n bir vaqtda elementar zarralar fizikasi xam rivojlandi. Birinçi muhim yutuqlar kosmik nurlarni tadqiq qiliş b-n boğliqdir. Myuonlar, pmezonlar, Kmezonlar, giperonlar kabi zarralar topildi. Yuqori energiyali zaryadli zarralar tezlatkiçlari yaratilişi b-n elementar zarralar, ularning xususiyatlari va özaro ta'sirlari rejali tadqiq qilina boşladi. Tajribalarda ikki xil neytrinolar va b. köplab elementar zarralar oçildi.
F. tekşiradigan hodisalarni miqdoriy tahlil qilişda matematikadan keng foydalanadi. Hodisalarning utişi va ularning tabiatidagi murakkablikka qarab qöllaniladigan mat. usullari ham murakkablaşadi. Hoz. davrda elementar matematika, differensial, integral hisoblar, analitik geometriya, oddiy differensial tenglamalar bngina çeklanib qoliş mumkin emas. Mas, maydon nazariyasida tenzorlar, operatorlar kabi tuşunçalardan keng foydalaniladi. F.ning rivojlanişi hamma vaqt boşqa tabiiy fanlar b-n çambarças boğliq bölib kelgan. F.ning rivojlanişi boşka tabiiy fanlarning rivojlanişiga va köpgina hollarda yangi fanlarning vujudga kelişiga olib kelgan. Mas, fiziklar tomonidan mikroskopning ixtiro etilişi kimyo, biologiya, zoologiya fanlarining keng kölamda rivojlanişiga sabab böldi. Teleskopning yaratilişi, spektral analiz qonunlarining kaşf etilişi astronomiya fanining rivojlanişini jadallaştirdi. Elektromagnit induksiya hodisasining kaşf etilişi va radioning ixtiro etilişi elektronika va radiotexnika fanlarining vujudga kelişiga olib keldi. Juda köp sohalar borki, ularni F. boşqa fanlar b-n birgalikda örganadi. Şu tariqa kimyoviy fizika, biofizika, astrofizika, geofizika va b. fanlar vujudga kelgan. F.da yaratilgan kaşfiyotlar texnikannnt turli sohalari rivojlanişiga, provardida sanoat va xalq xöjaligining jadal rivojlanişiga olib kelgan. Kundalik qayotda işlatilayotgan elektr yoritkiç asboblari, radiopriyomniklar, televizorlar, z-d va f-kalardagi turli xil stanoklar, zamonaviy elektron hisoblaş maşinalari, samolyotlar va boşqalar F.dagi yaratilgan kaşfiyotlarning natijasidir. Öz navbatida, texnika fanlarining erişgan yutuqlari F.ning yanada rivojlanişiga sababçi bölgan. Texnikaning, umuman xalq xöjaligining rivojlanib borişida uzluksiz ravişsa vujudga keluvçi fizik muammolarni hal etib borişga töğri keldi. Bu esa texnika fanlarining hamma vaqt F. b-n xamkorlikda iş olib borişini taqozo etadi. Özbekistonda yadro fizikasi, fizik elektronika, qattiq jismlar fizikasi, yuqori energiyali va kosmik nurlar fizikasi, yarimötkazgiçlar fizikasi, akustooptika, akustoelektronika, lazerlar fizikasi, geliofizika, geliotexnika va boşqa F. sohalarida muhim yutuqlarga erişildi.
Hozir Özbekiston FA Yadro fizikasi instituti, Fizikatexnika instituti, S.A.Azimov nomidagi «Fizika— Quyoş» IIÇB, U. O. Orifov nomidagi Elektronika in-ti kabi önlab ilmiy muassasalar, Toşkent milliy universiteti, Samarkand universiteti, Toşkent texnika universiteti va respublikadagi qariyb barça oliy öquv yurtlarida ham F. fanining turli muammmolariga oid işlar olib borilmokda. Mamlakatda F. fanini rivojlantirişda U.O.Orifov, S.A.Azimov, SV.Starodubsev, S.U.Umarov, Ğ.Yo.Umarov, R.B.Bekjonov, M.S.Saidov, U.Ğ.Ğulomov, P.Q.Habibullayev, Q. Ğ.Ğulomov, Ö.h.Rasulov, N.Y.Törayev, M.M.Musaxonov, B.S. Yöldoşev, A.K.. Otaxöjayev, R.A. Möminov, A.T. Mamadalimov, T.M. Möminov, M.S. Yunusov va b.ning xizmatlari katta.
Ad.: Kudryavsev P.S, Kratkiy kurs istorii fiziki, M., 1974; M.N.Rahmatov, Vatanimiz fiziklari, T., 1983; M.Ahadova, Örta Osiyolik maşhur olimlar va ularning matematikaga doyr işlari, T., 1983; Klassiçeskaya nauka Sredney Azii i sovremennaya mirovaya sivilizatsiya, T., 2000.
Nazar Törayev, Abror Nö'monxöjayev, Muhabbat Rasulova.