Antik davr strategiyasi, asosan, uruşga tayyorgarlik köriş, jang maydoni va vaqtini tanlaş, asosiy zarba beriladigan yerni belgilaş, qöşinlarga rahbarlik qilişda namoyon bölgan. Taktikaning taraqqiyoti jangovar tartibning eng sodda şakllaridan quşinlarni yuzma-yuz töqna-şuvigaça, jang maydonida qöşinlarni murakkab manyovrlarni amalga oşirişlari bilan belgilangan. Yunoniston boşqa Qad. Şarqmamlakatlariga nis-batan yaxşi qurollangan va ta'lim olgan qöşinga ega edi; yunonlarning asosiy harbiy kuçini oğir qurollangan piyodalar (goplitlar) taşkil etgan, ular şamşir, nayza bilan qurollanib, temir sovutlar kiyişgan. Jangdan oldin qöşinlar falanga bölib saf tortganlar (q. Marafon jan-gi). Markazda oğir qurollangan piyodalar töğri törtburçak şaklida jips bölib saf tortgan, qanotlarda otliqlar, oldingi qatorda bölsa yoyma saf bölib yengil piyodalar joylaşgan. Falanganing bir qança ustunliklari bölgan. Uning kuçi safning jipsli-gida bölib, qarşi tomondan unga deyarli şikast yetkazişning imkoni bölmagan. Şu bilan bir qatorda unga ep-çillik yetişmagan. U ta'qib etişga mutlaqo yaroqsiz bölib, zarba kuçini oşirişi uçun qöşimça kuçi yöq edi. Yunon falangasi faqatgina Şarq mamlakatlarining (mas. Axomaniylar davlati) qöpol, yomon ta'lim olgan qöşinlari bilan bölgan uruşlardagina ğalaba qilgan. Ammo ularga önqirçönqir yerlarda jang qilişga moslaşgan Rim qöşini bilan töqnaşişga töğri kelganda ular mağlubiyat alamini tortganlar.
Rim imperiyasi qöşinining (mil. av. 4—2-a.lar) taşkiliy şakli legi-on edi, u manipulalarga bölingan (har bir manipulada 10 qator, har qatorda 12 tadan jangçi), 3 manipula kogortani taşkil qilgan. Kogorta bir, keyinçalik 3 qator bölib saf tortgan. Legion qanotlarida yengil qurollangan piyoda askarlar va otliq qöşin turgan; bu Rim qöşinining manyovr qiliş imkoniyatlarini oşirgan. Kar-fagen davlatining sarkardasi Gannibal mil. av. 216 y.dagi Kanna jangit bir paytning özida har 2 qanotdan zarba beriş usulini qöllab oz sonli kuçlar bilan rimliklarning yirik qöşinini töliq qurşovga olib tor-mor keltirişga erişgan. Mil. av. 1-a.da Rim sar-kardasi Yuliy Sezar ştab tuzgan, jang maydonida qöşinlar manyovrini mohirona amalga oşirgan, raqib qöşini qanoti va old tomoniga qarşi hal qiluvçi zarba beriş uçun kogortaning 3qatoridan foydalangan, bu bilan zaxira barpo etilişini boşlab bergan. Qad. misrliklar, ossuriyaliklar, xitoylar va b. xalqlar mustahkam istehkomlar, yöllar va köpriklar qurişga mohir bölişgan. Qad. dunyoning ayrim mamlakatlari olib borgan uruşlarda dengiz floti muhim rol öynagan, u quruqlikdagi qöşinga yordam berib, ba'zan mustaqil harakat qilgan.
Qad. Şarq, Yunoniston, Rim davlatlarida asta-sekin harbiy nazariya vujudga kela boşlagan. çunonçi, Xitoy sarkardasi va mutafak-kiri Sun Szi «Harbiy san'at haqida risola»sida harbiy kuçlarni davlatning mustahkamligiga boğliq ekanli-gini, vaqt va geografik şaroit omillarning harbiy harakatlar olib borişga ta'siri, sarkardaning roli, uruşga puxta tayyorgarlik köriş va raqibning zaif va kuçli tomonlarini örganişning ahamiyati va b.ni keltirib ötgan. Yunon tarixçilari Fu-kidid, Ksenofont va b. öz asarlarida uruşning borişini bayon qilib, uni tahlil etişga harakat qilganlar. Qad. Rimda Yuliy Sezar «Galliya uruşi haqida xotiralar» va «Grajdanlar uruşi haqida xotiralar» asarlarida uruş va jang olib boriş usullarini bayon etgan.
Rim imperiyasi 5-a.da qulagaç, vizantiyada Osiyo va Afrikaning köpgina mamlakatlarida ilk örta asr davlatlari vujudga kelgan. Ular qöşinining asosiy kuçini xalq laşkarlari, uning negizini esa zodagon druji-nasi taşkil etgan. 8—9-a.larda Ğarbiy Yevropada (Frank davlati) asosiy harbiy kuç oğir qurollangan otliqqöşin (ritsarlar) dan ibo-rat edi; piyodalar quşinning yerdamçi turiga ailangan. Ğarbiy Yevropada 11 —15-a.larda H.s. nihoyatda sekin rivojlangan. Harbiy harakatlar nisbatan oz sonli qöşin bilan aniq rejasiz va ma'lum bir jang-ovar safga tizilmay olib borilgan. Faqat diniy-ritsarlik ordenlari qöşinlari «pona» va b. jangovar saf turlarini qöllab ança tartibli ravişda jang qilganlar. Bu davrda qal'aqasrlar, mustahkamlangan şaharlar va monastirlar katta harbiy ahamiyat kasb etgan.
Möğullar qöşini (13—14-a.lar) yengil va oğir qurollangan otliq as-karlardan iborat bölib, uzoq maso-faga harbiy yuriş qilib, jang may-donida köpçilik bölib harakat qilgan. Qöşin ilğor qism, söl va öng qanot va zaxiradan taşkil topgan.
Markazlaşgan ilk yirik davlatlarning barpo etilişi, hunarmandçilik va manufakturalarning rivojtanişi armiyaning taşkil etilişi va qurollanişida tubdan özgarişlarga olib keldi. Armiya tarkibi endilikda uruş paitida töplanadigan yellanma askarlar hisobiga töldiriladigan bölgan. 16-a.ning 2-yarmidan mutlaq monarxiya davlatlari muntazam yollanma armiyalar tuza boşlaşgan. Armiyalarni ötsoçar qurollarga, jumladan, artilleriyaga ega bölişi tufayli jang olib borişning yangi usuli — liniyali taktikani paydo bölişiga olib keldi. Unda qöşinlar front böylab bir tekisda taqsimlanib, uzun qatorlarda saf tortib uruşganlar. Liniyalardagi qatorlar (şerenga) miqdori miltiqlarning tez otarligi bilan bel-gilangan. Jangning taqdirini piyodalarning öq otiş quvvati hal qilgan. 17-a.dagi armiyalarning strategiyasi xususiyati monarxik davlatlar tomo-nidan olib borilayotgan uruşlarning çeklangan maqsadlarini közlaşida edi.
18-a. oxiri — 19-a. boşlaridagi Buyuk fransuz inqilobi va milliy ozodlik uruşlari natijasida harbiy harakatlar olib boriş usullarida çuqur özgarişlar röy bergan. 19-a.da Ğarbiy Yevropaning aksariyat mamlakatlarida armiyalar tarkibi umumiy harbiy majburiyat asosida töldirila boşlagan. Armiyalarning taşkiliy tuzilmasi ham jiddiy özgarişlarga uçragan: doimiy qöşin birlaşmalarda — murakkab jangovar vazifalarni mustaqil hal eta oladigan diviziyalar va korpuslar barpo etilgan. qurolli kuçlarning soni bir neça marta oşgan. Uruş olib boriş usullari va xarakteriga qaraşlar ham özgargan; jangovar harakatlarning asosiy maqsadi duşman hududi, aloqa iullari va qal'alarini bosib oliş emas, balki uning armiyasini tor-mor keltiriş bölgan. Çunki duşmanning asosiy kuçlari ustidan hal qiluvçi jangda ğalaba qozoniş ğalaba qilgan tomonga özi uçun manfaatli sulh tuziş imkonini bergan.
Taktikada ham tub özgarişlar bölgan. Jangovar tartibda batalonlar kolonnasi hal qiluvçi ahamiyat kasb etgan, batalonlar oldida soçma saf tortgan piyodalar qismi (yegerlar) borgan. Piyodalar hujumini artilleriya va otliq qöşin qöllab-quv-vatlab turgan. 18-a. oxiri — 19-a. boşidagi harbiy harakatlar olib borişning yangi usullarini tako-millaştirişda fransuz sarkardasi Napoleon I va rus sarkardasi M.I. Kutuzovpariinx xizmati katta bölgan. Mas, Napoleon I artilleriya va otliq qöşinni yalpisiga qöllaşni joriy etgan va jang taqdirini hal etişda zaxiralardan mohirona foydalangan.
19-a.da temir yöllar qurilişi, elektr telegrafi, tutunsiz porox, qirqma töp, qirqma miltiqlarning kaşf etilişi va bu vositalarni harbiy işda keng qöllanişi (19-a.ning 2-yarmi) strategiya va taktikada muhim özgarişlarga olib kelgan. Qirqma qurollarning paydo bölişi öt oçiş tezligi, uzoq masofadagi nişonni aniq oliş imkonini bergan, bu qöşinlarni katta talafotlar berayotgan kolonna bölib safga tizişdan voz keçib, piyodalarni zanjir safda hara-kat qilişiga olib kelgan. Biroq, Birinçi jahon uruşigaça zan-jir saf juda qalin bölib, bu holat oğir talafotlarga sababçi bölgan.
20-a. boşida armiyalarning soni keskin oşgan, ularni katta miqdordagi tez otar töp-zam-baraklar, pule-myotlar, miltiqlar bilan qurollantiriş imkoni tuğilgan. Qöşinlarni boşqarişda texnik vositalardan foydalanila boşlangan, aloqa yöllari rivojlangan va manyovr qiliş imkoniyatlari kengaygan. Jangovar harakatlarning yangi şakli — operatsiya şakllana boşlagan. Operatsiya — qömondonlikning yagona maqsadi yölida birlaşgan bir yoxud bir neça armiyalar tomonidan olib borilgan janglar majmui. birinçi jahon uruşi davrida harbiy operatsiya tuşunçasi amaliy va nazariy jihatdan şakllangan. Yangi strategik birlaşmalar — frontlar paydo böldi; front operatsiyalari ötkazila boşlangan. Artilleriyaning tez sur'atlar bilan rivojlanişi, aviatsiya, tanklar va zaharlovçi moddalarning paydo bölişi natijasida taktika sohasida ham muhim özgarişlar yuz bergan. Taktik vazifalar piyodalar, artilleriya, tanklar va muhandislik qöşinlarining birgalikda, umumiy harakatlari bilan hal etilgan.
Ikkinçi jahon uruşi yillarida H.s. yanada taraqqiy etgan. Germaniya uruş boşida tank va mexanizatsiyalaşgan qöşinlardan unumli foydalangan, ularni aviatsiya quvvatlab turgan; qöşinlarni boşqariş yaxşi yölga qöyilgan, bu dastlabki davrda faşistlar armiyalarining yirik ğala-balariga sabab bölgan. Biroq Moskva ostonalarida faşistlar sovet qöşinlaridan birinçi bor yirik mağlubiyatga uçraganlar.
Uruşdan keyingi iqtisodiy rivojlaniş, fan va texnika yutuklari harbiy texnika sohasida yangi kaşfiyotlarga olib keldi. 1953 y.dan yadro quroli va raketalar bir qança mamlakatlarning qurolli kuçlariga keng joriy etila boşlandi; qöşinlar elektron va b. texnika bilan jihozlanadigan böldi. Harbiy-desant kuçlari yanada rivojlandi. Havo hujumidan mudofaa qöşinlari qurol-aslahalari va taşkiliy tuzilişi keskin özgargan. Harbiy-havo kuçlarida porşenli samo-lyotlar, reaktiv samolyotlar bilan almaştirilgan. Bular H.s.ning barça sohalari: strategiya, operativlik san'ati va taktikasida tub özgarişlarga olib kelgan. Yadro qurolidan foydalaniş ehti-moli uruş xarakteriga qaraşlarni qayta körib çiqişni taqozo etdi.
Turkiy qavmlar jahondagi eng qad. xalklardan sanalib, ular yaşagan hudud faqat hoz. Örta Osiyoni qamrab olmasdan balki şarqda Tinç okeani, ğarbda Dnepr va Don daryolariga qadar bölgan ulkan hududni qamrab olgan.
Ular özaro madaniy, iqtisodiy va ba'zan harbiy-siyosiy aloqada bölganlar. Turon zaminida yaratilgan kaş-fiyotlar, jang qilişning yangi usullari barça turkiy xalqlar tomonidan tezda özlaştirib olinib, yangi bosqiçga kötarilgan. Mil. av. 3-ming yillik oxiri — 2-ming yillikda Şarqdagi köçmançi xalqlarda otliq qöşin paydo bölgan. Dastlab undan aloqa, razvedka va qöriqlaş işlarida foydalanilgan. Ammo çavandozlik mahora-tining ösişi bilan otliq qöşinning ahamiyati oşib borgan. U jang aravalarini siqib çiqarib qöşinning zarbdor va harakatçan kuçi bölib qolgan. Turkiy xalqlar H.s. tarixida birinçi bölib suvoriylar safini joriy etganlar (har bir otliq askar orasidagi masofa 20 m, 'jangovar qatorlar soni 10 ta) va bu bilan duşman qöşini ustidan yaqqol ustunlikka erişganlar (q. Otliq askarlar). Turon farzandlari 2 — 3 yoşidan ot minib, ov qilib, kiçik kamondan öq uzişni, parranda, kiçik hayvonlarni ov qilişni, ulğaya borişlari bilan qiliç, nayza va b. jang qurollari bilan muomala qilişni örganganlar.
Uruşlar dastlab qöşni yerlarga çopqun qiliş va asir oliş xarakterida bölgan. Biroq davlatning kuçayişi, qöşin miqdorining ösişi, tajri-baning oşişi va çopqun qilişdan qöşni mamlakat va xalqlarni bosib olişga ötilişi bilan oddiy uruş olib boriş san'atga aylana boşlagan. Strategiya uruş olib boriş san'ati sifatida, asosan, Şarqda vujudga kelgan. Qad. Şarq qöşinlarining uruş olib boriş san'ati, asosan, son jihatdan ortiq qöşin bilan duşmanni tor-mor etişga qaratilgan. Köçmançi xalqlar (skiflar, saklar, massa-getlar va b.) kuçli duşman hujum qilganda köpinça mamlakat içkarisi tomon atayin çekinganlar. Ular yöllarida uçragan joylarni vayron qilib, kiçik otliq qismlar bilan duşmanga betöxtov hamla qilib uni holdan toy-dirganlar, söngra qarşi hujumga ötganlar. Strategik mudofaa (çekiniş) va strategik hujum (qarşi hujumga ötiş)ning şunday turini birinçi bölib Qora dengiz böyi skiflari mil. av. 512 y.da Doro! bos-qini davrida qöllaganlar. Saklar ham Doro 1 ga qarşi raqibni çöl-biyobonlarga hiyla bilan boşlab boriş takti-kasini qöllaşgan (q. Şiroq). Ulardan örnakolib mil. av. 53 y.da parfiyaliklar rimliklarning M.Krass boşçiligidagi qöşinini Karri jangit yakson qilganlar.
Jahon H. s.i taraqqiyotida turkiy xalqlar mumtoz örinni egallaganlar. Maşhur arab adibi Johiz (775—868) ning «Manoqib al-atrok» («Turkiy xalqlarning xislatlari») asarida «Sosoniy forslar barça xalqlardan davlatni boşqariş san'atida, xitoyliklar — hunarmandlikda, yunonlar — ilm-fanda va turkiylar harbiy işda ustundir», deb yozadi.
Qadimda sak jangçilarining qalin kigizdan tikilgan, çöqqi qalpoqlari bölgan. Ular özlari tayyorlagan kamon va xanjar(akinak) b-n, şuningdek, oyboltalar (sagarislar) bilan qurollanganlar. Saklar mohir tirandoz edilar. Sak suvoriylarining dovruti butun Şarqda maşhur bölgan. Yunon-fors uruşida, xususan, marafon jangida (mil. av. 490 y.) sak otliq jangçilari alohida jasorat körsatganlar. Qöşinning markazida forslar bilan yonma-yon turib uruşgan saklar afinaliklarning qatorini yorib ötib, ularni mamlakat içkarisiga qadar ta'qib etib borganlar. Biroq fors qöşinining qanotlari zaifligi tufayli qurşovga tuşib qoliş xavfi tugilgan. Şu sababli orqaga çekinilgan. Sak suvoriylari jang paytida orqaga ögirilib ham bexato otar edilar.
Mil.av. 329—327 y.larda Spitamen Aleksandr (Iskandar)ga qarşi partizan uruşi taktikasini qöllagan.
Mil. av. 3-a. oxirida hunlar hukmdori Mode xoqon harbiy islohot ötkazgan. U an'anaviy yengil otliq qöşinni oğir qurollangan otliq qöşinga aylantiradi. Gerodot massagetlar qöşinidagi otliq jangçilarning oğir qurol-aslahalari bölganini qayd etgan. Şunisi xarakterliki, keyinçalik bunday qurollaniş odati Orol böylaridan sarmat-alanlar orqali Şarqiy Yevropaga tarqalgan. Parfyanlar rimliklarga qarşi Karri jangida uni ilk bor keng qöllaşgan (q. katafraktlar). Massagetlar yurtidan Möğuliston, Xitoy va Sibir (Ol-toy)ga oğir qurollangan suvoriyga möljallangan baland böyli ajoyib jangovar otlar tarqalgan. Hunlarning harbiy tartibiga binoan har bir ming kişidan iborat bölgan qöşinga mingboşi, 100 kişidan iborat qöşinga yuzboşi, 10 jangçiga — önboşi boşçilik qilgan. Qöşin, asosan, otliq askarlardan iborat bölgan. Hunlar qöşini 4 qismga bölinib, har bir qism jangçilari ma'lum rangdagi otlarni mingan suvoriylardan ibo-rat bölgan. Qöşinning ğarb tomonida saf tortgan suvoriylar oq ot, şarqiy qismida — böz ot, şim. da — qora ot va jan.da sariq (saman) ot minib safda turganlar. Hunlarning otliq qöşini, asosan, kamon bilan qurollangani uçun harbiy taktika va manyovrlarni ustalik bilan olib borgan. Duş-manga özlarini çekinayotgan qilib körsatib, ularni aldab, uzoq masofagaça orqalaridan ergaştirib borganlar. Duşman ularni ta'qib etib çar-çagan paytda hunlar raqiblariga qöqqisdan hamla qilib ularni tor-mor etganlar. Mabodo yengilib qolsalar, hunlar har tomonga tarqalib ketganlar. Hunlarni ta'qib etuvçilar qoçayotganlarning qaysi birini orqasidan quvişni bilmay sarosimaga tuşib qolgan paytlar köp bölgan. aynan hunlar davrida Osiyo çöl minta-qalarida H.s.ning harbiytexnikaviy va taşkiliy sohalarida bir qator muhim yangiliklar tarqalgan: suyak qoplagiçli murakkab tarkibli kamon, huştak tovuşini beruvçi köp parrakli paykonlar, qöşin tuzilişining markazlaşgan tizimi, masofa jangi olib borişning samarali taktikasi, mudofaa inşootlari (harbiy isteh-komlar) quriş an'analari vujudga keldi. Urta Osiyoda Kuşon podşoligi davrida saltanat sarhadlarida mustah-kam qal'alar (jumladan, Xorazmdagi Ayoz qal'a, Tuproqqal'a va b.) qurilişi keng rivojlangan. Şaharlar burjli qalin devorlar bilan örab olingan. Qanğ davlati qöşinining asosini yengil otliqlar taşkil etgan, qöşin safarda ekanligida razvedka maqsadida oldinga ilğor qism jöna-tilgan. Ötmişda har bir qabilaning öziga xos öroni bölgan. Bir neça qabi-lalar birlaşib, duşmanga qarşi kuraşayotgan paytda qabila sarkardasi öziga tegişli qabila jangçilarini çaqirmoqçi bölsa qabila öronining nomini aytib çaqirgan. Örta asrlarda öronlardan juda keng foydalanilgan. Eftaliylar davrida jang qilişning asosiy usullaridan biri, kuçli raqib bilan yuzma-yuz jang qilmasdan uning 2 qanotiga betöxtov zarbalar beriş yöli bilan uni holdan toydiriş bölgan.
Turk xoqonligi davrida H.s. yanada rivojlangan. Jang taqdirini oğir qurollangan suvoriylarning yoyma holda galalaşib qilgan hujumi hal etgan. Suvoriylar orasidagi masofa şu qadar sezilarli bölganki, amalda har bir jangçi öz holiga taşlab qöyilgan. Demak, jangning muvaffa-qiyatli bölişi har
u bir jangçining şaxsiy tayyorgarligiga boğliq. Yakka-ma-yakka olişuv jangning muhim qismi bölgan. Bahodirlar qöşinning zarbdor qismi bölib ularning ölimi odatda qöşin orasida sarosimalik tuğdirib, mağlubiyatga olib kelgan. Biroq jang qilişning bunday sodda usullaridan boşqa, manyovr qiliş — yonboşdan aylanib ötiş usuli ham bölgan (mas, Tönyuquq boşçiligidagi qöşinning qirgizlarga qarşi nayza balandligidagi qor qoplagan toğdan oşib tösatdan qilgan hujumi va Qora Irtişdan ötib turgaşlar ux-lab yotganda qöqqisdin hujum qilib ularning tor-mor qilinganligi).
Turk sarkardalari raqibni gaflatda qoldiriş usulidan keng foydalanganlar. Arablar istilosi davrida Suğdga yordamga kelgan turkaşlar kiçik uruş taktikasini qöllaganlar. Ularning yengil otliq qöşini arablarga qöqqisdan hamla qilib ularga tinçlik bermagan. Bunday taktika arab garnizonlarini doimo öta huşyor holatda turişga majbur qilgan. Arablarga faqat jang bilan olingan şaharlar va vodiylardagi himoyasiz qişloqlar böysungan. Turk xoqonligida qöşin zarbdor qismlardan — kamon bilan qurollangan yengil otliqlar va oğir qurollangan otliqlardan, şuningdek, köp sonli yordamçi qismlardan: piyodalar, uğruq, xizmatkorlar, ta'minot xizmati va b.dan iborat edi. Ibn Xaldunning yozişiça, insoniyat vujudga kelgandan beri yer yuzida uruşlar 2 yöl bilan olib borilgan: biri — saf tortib hujum qiliş (bi-l-zaxf sufufa), ikkinçisi — al-karr va~l-farr(aynan, «hujum va çekiniş») usuli, ya'ni şiddatli hujum qiliş va raqibini tuzoqqa tuşiriş maqsadida yolğondakam çekiniş takti-kasi. Bu usullarning birinçisiga «so-soniylar usuli», ikkinçisiga «turkiylar usuli» deb nom berilgan. Uruşga turkiy qabilalar tinçlik paytida turli sport öyinlari va ayniqsa ov qiliş kabilardan foydalanib tayyorgarlik körişgan. Tabariyning ta'kidlaşiça, «xoqonga tegişli ötloq va'toğ qöruğlari bölib, ularga heç kim yaqinlaşa olmagan, heç kim ov qilişga jur'at etmagan, zero ular uruş qiliş uçun xoli qoldirilgan. Bu ötloq egallagan yer uç kunlik yöl edi». Biror mamlakatga bostirib kirişda va ayniqsa jangga tayyorgarlik körişda turkiylar ayğoqçilik va razved-kaga katta e'ti-bor berganlar, buning uçun josuslar yoxud turli miqdordagi maxsus harbiy qismlar (talia) oldinga yuborilgan. Xoqon safarda özining şaxsiy qöriqçilari (şurta), bir xil kiyimdagi gvardiyasi (xaris), turkiy qabilalardan taşkil topgan laşkarlar, ba'zan yollanma qöşin bilan çiqqan. Jang boşlanişidan oldin xoqon 2—3 sarkarda bilan birgalikda qöşindan ajrab tevarak-atrofni tekşirib çiqqan, agarda himoyalanmagan yerni körsa, öşa yerdan hujum qilişni buyurgan. Jang paytida xoqon tepalikka örnatilgan oltin taxtda öti-rib jangni kuzatgan. Jangni raqib jangçilari bilan yakkama-yakka olişuvçi bahodirlar boşlab bergan.
Turkiylar öz şahar-qal'alarini ham tadbirkorlik bilan mudofaa etganlar. 722 y. arablar Balanjar qal'-asini qamal qilganida xazarlar 300 dan ortiq arava (a'jala) töplab, ularni bir-biriga boğlab qal'alarning atrofida mudofaa xalqasi sifatida qöyib çiqib, bu bilan raqibning qal'aga kirişiga tösqinlik qilganlar.
Turkiy xalqlarda 9—10-a.larda H.s. yanada yuqori bosqiçga kötarilgan. jahonda bu davrda otliq qöşinning roli oşgan. Yaqin va Uzoq Şarq hukmdorlari turkiylarni öz xizmatlariga olişga harakat qilişgan. Ular orasida turkiy gulomlar (qullar) muhim örin tutgan. Turkiylarning jangovarlik sifatlari Şarqda munosib baholangan. Çunonçi, 10-a. boşida Vizan-tiya imperatorlarining va Abbosiy xalifalarning şaxsiy gvardiyasi turkiylardan iborat bölgan.
Turkiy xalqlarning H.s.i, ayniqsa, Açir Temur va temuriylar davrida özining yuksak bosqiçiga yetgan (q. temuriylar harbiy sanati).
15 — 16-a.lardan e'tiboran Yevropa mamlakatlaridagi iqtisodiy yuksaliş, Buyuk geografik kaşfiyotlar, öt soçar qurollar, artilleriyaning keng tarqalişi bilan H.s.da tub özgarişlar sodir bölgan. Lekin şu bilan birga Urta Osiyo mintaqasining turli ijtimoiy-siyosiy vaziyatlarga köra karvon yöllaridan, Yevropa mamlakatlaridan uzilib qolganligi, özaro içki nizolar H.s. taraqqiyotiga salbiy ta'sir qilgan.
Özbekiston Respublikasi mustaqillikka erişgaç, harbiy sohaga alohida e'tibor berildi. 1995 y. avg.da Özbekiston Respublikasining harbiy dok-trinasi qabul qilindi, u mamlakatning harbiy sohadagi siyosatini belgilab berdi. Mintaqadagi harbiy siyosiy vaziyatdan kelib çiqqan holda 2000 y. 3 fev.da Özbekiston Respublikasining Mudofaa doktrinasi qabul qilindi.
Bugungi kunda Qurolli Kuçlarimiz oldidagi muhim vazifalardan biri son jihatidan unça katta bölmagan, zamonaviy qurol-yaroğ va texnika bilan qurollangan armiyani, jangovar harakatlar olib borişning eng samarali usullarini egallagan va har qanday bosqinçi kuçlarga qarşi kuraşga hamda zarba berişga qodir bölgan tezkor harbiy qismlarni yaratişdan ibo-rat (yana q. Özbekiston Respublikasi Kurolli Kuçlari).
Ad.: Qarimov I., Milliy armiyamiz — mustaqilligimizning, tinç va osoyişta hayotimizning mustahkam kafolatidir, T.. 2003; Karimov I ., Armiya — davlattayançi va tinçlik kafolati, T., 2005; Razin Ye.A., Istoriya voyennogo iskusstva, t.1—3, N4., 1955—61; D yel bryuk S , Istoriya voyennogo iskusstva, t.Z. M., 1983; Voyennoye delo drevnego i srednevekovogo naseleniya Sever-noy i Sentralnoy Azii (Sb. nauç. trudov), Novosibirsk, 1990; Abulğoziy, Şajarayi turk, T., 1992; D adaboye v H., Amir Temurning harbiy maqorati, T., 1996.
Faxriddin Hasanov.