AKADEMIYA (yun. — Akademos — afsonaviy qahramon Akadem nomidan)— köpgina ilmiy muassasa, jamoat taşkilotlari, öquv yurtlarining nomi. Mil. av. 4- a.da Platon (Aflotun) asos solgan yunon falsafiy maktabi (q. Platon akademiyasi), Afina yaqinidagi joy ham uning nomi b-n atalgan. Şarq mamlakatlarida A. tarzidagi muassasa va jamiyatlar 8—9-a.larda tarkib topa boşlagan. Xususan, arab xalifaligida Horun ar-Raşid hukmronligi davri (786—809) da «Bayt ul-hikmat» («Hikmat xonasi»)ga asos solinib, xalifa Ma'mun hukmronligi davri (813— 833)da «Bayt ul-hikmat»ning faoliyati yanada rivoj topgan, uning rasadxonasi va katta kutubxonasi bölgan (buyuk matematik Muso Xorazmiy va astronom Ahmad Farğoniy şu yerda işlagan). Maşhur olim va şoir Ibn Xamdon (935 y. v. e.) Mosul ş.da kutubxonali «Dor ul-ilm» («Ilm uyi») oçgan va bu joy ilmga intilganlarning kirişi uçun bemalol bölgan. Bunday Alar Bağdodda, şuningdek Misrda ham oçilgan. 1010 y.da Urgançda Mamun akademiyasiga asos solingan. Abu Rayhon Beruniy şu A.ning rahbari bölgan (bu A. doirasida Abu Ali ibn Sino, faylasuf Abu Saxl Masihiy, tabib Abulhasan Hammor va b. iş olib borişgan). Amir Temur tomonidan Samarqandda töplangan olim, yozuvçi va me'morlar 15- a. fani va madaniyati taraqqiyotiga munosib hissa qöşganlar. Uluğbek madrasasi va rasadxonasi ham öz davrining A. sidir (q. Uluğbek akademiyasi); bu A. Qozizoda Rumiy, Ğiyosiddin Jamşid al-Koşiy, Ali Quşçi va b. buyuk matematik hamda astronomlarni birlaştirgan. 15- a. ning 2- yarmida ilmiy va madaniy markazga aylangan Hirotda, Navoiy atrofida olim, yozuvçi, rassom, sozanda va b.dan tarkib topgan öziga xos ilmiy va badiiy jamiyat yuzaga kelgan. Hirot miniatyura maktabinn örta asr Şarqida davlat tomonidan ta'sis etilgan birinçi badiiy A. deb hisoblaş mumkin (Behzod şu A.ning eng yirik vakilidir). 15—16-a. larda Yevropada (Italiyada) turli ilmiy jamiyatlar A. deb atala boşlagan; ularning faoliyati asosan ijtimoiy fanlar yönalişida bölgan. 17-a.da bir qança ilmiy jamiyatlar — A.lar tuzilib, ular asosan tabiatşunoslik masalalari b-n şuğullangan. 17-a.ning 2- yarmidan davlat hokimiyati yordami b-n bir qança mamlakatlarda milliy ilmiy markaz sifatidagi A.lar tuzildi; mas, Londondagi Qirollik jamiyati (1660), Parij FA (1666), Berlindagi Prussiya FA (1700), Peterburg FA (1724). Hoz. vaqtda kompleks turdagi FA yoki ularga öxşaş muassasalar köp mamlakatlarda bor; bu mamlakatlarning köplarida fan yoki madaniyatning biror tarmoğini qamragan soha A. lari ham mavjud.
Özbekistonda Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi mamlakatning oliy ilmiy taşkiloti hisoblanadi; Özbekistonda Özbekiston Respublikasi Badiiy akademiyasi ham mavjud. Özbekiston va ba'zi mamlakatlardagi ayrim oliy öquv yurtlari ham A. deb ataladi (mas, ÖzR Qurolli Kuçlarining Harbiy A.si, ÖzR Içki işlar vazirligi A.si, Rossiyadagi K. A. Timiryazev nomidagi Moskva Qişloq xöjalik A.si). Şuningdek respublikamizda Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasi ham faoliyat yuritadi. Mamlakatlar FA haqida şu mamlakat FA haqidagi alohida maqolalarga q., mas, Avstriya Fanlar akademiyasi, Ukraina Fanlar akademiyasi.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 252–253-b. — ziyouz.com