OMSK VILOYATI — RF tarkibidagi viloyat. 1934 y.da taşkil etilgan. Ğarbiy Sibir iqtisodiy rayoniga kiradi. Mayd. 139,7 ming km2. Aholisi 2162,5 ming kişi (2000), asosan, ruslar (80,3%), şuningdek, nemis (6,3%), ukrain (4,9%), qozoq (3,5%), tatar (2,3%) va b. millat vakillari (2,7%) ham yaşaydi. Şahar aholisi 67,3%. Tar-kibiga 32 ma'muriy tuman, 6 şahar, 24 şaharça ki-radi. Markazi — Omsk ş. Boşqa yirik şaharlari — Isilköl, Tara.
O.v. Ğarbiy Sibir tekisligida Irtiş daryosi havzasida joylaşgan. Yer yuzasi qiya-tölqinsimon tekislik, bal. 100—140 m, jan. qismida qator tepa («griva»)lar, şim. qismida keng botqokliklar bor. Iqlimi kontinental, mö'tadil sovuq. Qişi davomli va qattiq yanv.ning örtaça t-rasi —20°. Iyulniki 20°. Yillik yoğin 300—400 mm. Vegetatsiya davri 153—162 kun. Daryolari Irtiş havzasiga mansub. Köl köp, jan. dagi köllar köpinça şör, şim.da — çuçuk. Ulardan eng yiriklari — Ik, Tenis, Saltaim, Ebeyti. Tuproklari qora tuproq, podzol, ötloq, kulrang örmon, çimli podzol. Örmon va butazorlar viloyat hududining 1/4 qismini egallaydi. Qoraqarağay, oqqarağay, oq qayin, kedr, toğ terak ösadi. Ayiq, böri, tulki, quyon, ondatra, ğoz, ördak yaşaydi, baliq turi köp.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Sanoatining muhim tarmoqlari: maşinasozlik va metallsozlik (q.h. maşinasozligi, motorsozlik, pri-borsozlik, elektrotexnika va radioelektronika sanoatlari — «Polyot» i.ç. birlaşmasi, «Omsk» motorsozlik korxonasi, «Sibkriotexnika» va b.), neftni qayta işlaş, kimyo va neft kimyosi (sintetik kauçuk, texnik rezina mahsulotlari, plastmassalar, Omsk neftni qayta işlaş z-di, «Omskkauçuk» aksiyadorlik jamiyati, texnik uglerod z-di; avtopokrişkalar — «Omskşina» va b. korxonalar). Yoğoçsozlik korxonalari işlab turibdi. Yirik sanoat markazlari — Omsk, Kalaçinsk, Isilköl, Tara va b. şaharlar.
O.v. Sibirning yirik q.x. rayonlaridan biri. Ğalla, texnik (ziğir) va ozuqa ekinlari, kartoşka va sabzavot ekiladi. Sut-göştçorvaçiligi rivojlangan. Möynali hayvonlar (olmaxon, ondatra va b.) ovlanadi, darrandaçilik b-n şuğullaniladi. Irtiş daryosida kema qatnaydi. Nijnevartovsk — Ust-Balik—Omsk neft quvuri ötkazilgan. Avtoyöllar ziçligi 53 km/ming km2. 9 oliy öquv yurti, 2 muzey, 4 teatr, filarmoniya bor.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 175-b. — ziyouz.com