XRESTOMATIYA (yun. chrestos — foydali va manthano — öqiyman) — ta'limning biror sohasi böyiça muayyan içki tamoyillar asosida tartib bilan berilgan öquv kitobi. X. özbek tilida «majmua» deb ham yuritiladi. Ular ilmiy, badiiy, memuar, publitsistik asar yoki ulardan olingan parça yoxud turli hujjatlardan iborat bölişi mumkin. Odatda, X.ga kiritilgan materiallar ayni turdagi maktabda öqitiladigan muayyan öquv predmetining maqsadiga muvofiq tarzda tanlanadi. Umumta'lim maktablari amaliyotida ijtimoiygumanitar yönalişdagi deyarli barça fanlar böyiça X.lar tuziş tajribasi mavjud. Ular öquvçilarda mustaqil öqiş va ilmiy adabiyotlardan foydalaniş malakasini şakllantiriş jihatidan katta ahamiyat kasb etadi. «X.» atamasi ilk bor mil. 4-a.da yunon grammatigi Elladiy tomonidan yunon yozuvçilarining asarlaridan olingan parçalar töplamiga nisbatan qöllanilgan. Şundan buyen Yevropa ta'lim tizimida bu didaktik aşyodan foydalanib kelinadi. Kdd. Turkiston maktabxona va madrasalaridagi ta'lim jarayonida talabalarning mustaqil öqişi uçun foydalanilgan bayozu kulliyotlar ham öziga xos X. xdsoblangan. Özbekistonda bevosita pedagogik maqsadda tartib bilan berilgan X.lar ilk bor 20-a. boşlarida Munavvar sori («Sabzavor»), Abdulla Avloniy («Birinçi muallim», «Ikkinçi muallim», «Maktab gulistoni», «Adabiyot yoxud milliy şe'rlar»), Hamza («Yengil adabiyot», «Qiroat kitobi») va b. jadid ma'rifatçilari tomonidan yangi usul maktablari öquvçilari uçun tayyorlangan. 20-a.ning 20-y.lari örtalarida çop etilgan Elbekning «Gözal yozğiçlar», Çölponning «Adabiyot parçalari» singari majmualari töla ma'nodagi öquv X.laridir. 20-a.ning 50-y.laridan buyen maktab öquvçilari va oliy öquv yurtlari talabalari uçun muntazam ravişda X.lar naşr qilib kelinadi.
Özbekiston mustaqillikka erişgandan keyin ham umumta'lim maktablari va oliy öquv yurtlarida ukitiladigan ijtimoiygumanitar yönalişdagi turli fanlardan X.lar tayyorlanmoqda. X.da berilgan matnlar, odatda, asari örganilayotgan yozuvçi, faoliyati töğrisida ma'lumot berilayotgan tarixiy şaxslar, tanişiş uçun berilgan hujjatlar haqidagi ma'lumot hamda izohlar bilan ta'minlanadi. X.lar didaktik apparatining mukammalligi uning pedagogik jihatdan samaradorligini ta'minlaydi. X. materiallari tarixiyxronologik, mavzuviy yoki janriy xususiyatlariga köra joylaştiriladi. X.lar orasida adabiyot buyiça tuzilgan öquv majmualari alohida ahamiyat kasb etadi. Çunki ular öquvçilarga bevosita badiiy asar matni bilan tanişiş imkonini berib, ularni mustaqil fikrlaşga örgatadi. UzR umumta'lim tizimi amaliyotida adabiyot Xlaridan foydalaniş tajribasi keng yoyilgan. Adabiyot X.lari qaysi tamoyillarga köra tuzilgani, materiallar kanday asoslarda tanlangani va joylaştirilganiga köra umumlaştiruvçi, yönalişli va tizimli singari turlarga ajratiladi. Umumta'lim maktablarining 5—7sinflarida umumlaştiruvçi, 8—9sinflarida yönalişli, 10—11-sinflarida tizimli X.lardan foydalaniladi. X.larning hajmini belgilaşda uning qaysi sinf öquvçilariga möljallangani va qaysi öquv faniga doyr ekanligi hisobga olinadi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 247-b. — ziyouz.com