XÖJALIK ŞARTNOMASI - tadbirkorlik faoliyati subyektlari örtasida tuziladigan fuqarolikhuquqiy şartnoma. Bunda taraflardan biri şartlaşilgan muddatda tadbirkorligi faoliyati sohasida tovarlarni beriş işlarini bajariş yoki xizmatlar körsatiş, 2taraf esa tovarlarni, işlarni, xizmatlarni qabul qilib oliş va ularning haqini tölaş majburiyatini oladi. X.ş. sohasidagi huquqiy munosabatlar «Xöjalik yurituvçi subyektlar faoliyatining şartnomaviyhuquqiy bazasi töğrisida» Özbekiston Respublikasining qonuniga (1998 y. 29 avg.) asoslanadi. Qonun X.ş.ga qöyiladigan talablar, X.ş.ni tuziş, bajariş, özgartiriş va bekor kiliş tartibi, X.ş. böyiça majburiyatlar bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan takdirda javobgarlik asoslari, şartnoma yuzasidan talabnoma va da'vo keltiriş tartibi, şuningdek, iqtisodiy munosabatlarda şartnomaviyhuquqiy faoliyatini amalga oşirişda davlat boşqaruv organlarining vakolat doirasini belgilab bergan. X.ş. ga qöyiladigan talablardan biri uning huquqiy ekspertizadan ötkazilişi, ya'ni uning qonun hujjatlariga muvofikligi tekşirib körilgan bölişidir. X.ş. qonunda belgilangan eng kam iş haqining 200 barobaridan ortiq summaga tuzilgan takdirda xöjalik yurituvçi subyektlar yuridik xizmati yoki jalb etilgan advokatlarning yozma xulosasi kerak böladi. Qonunda bu qoidaning belgilanişi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş, jamiyat manfaatlarini, şuningdek, atrof muhitni muhofaza etiş bilan boğliqdir. X.ş. fuqaro qonunçiligidagi şartnomalar tuzişning umumiy qoidalariga muvofiq tarzda, yozma şakdda tuziladi. Xöjalik şartnomalarini mazmun va mohiyatiga köra, quyidagiça tizimlaştiriş mumkin: molmulkka nisbatan egalik xuquqini ötkazişga; molmulkka nisbatan foydalaniş huquqini topşirişga; muayyan işni bajarişga; xizmat körsatişga qaratilgan şartnomalar. Molmulkka nisbatan egalik huquqini ötkazişga qaratilgan şartnomalar ning asosiy xususiyati tovarga bölgan egalik huquqining bir şaxsdan 2şaxsga ötişi bilan xarakterlanadi. Bu şartnomalarga oldisotdi, mahsulot yetkazib beriş, q.x. mahsulotlarini kontraktatsiya, ayirboşlaş kabi şartnomalarni kiritiş mumkin. Molmulkka nisbatan foydalaniş huquqini topşirişga qaratilgan şartnomalarga mulk ijarasi, prokat şartnomasi, transport vositalari ijarasi, binolar va inşootlar, uyjoy ijarasi, korxonani ijaraga beriş, lizing, tekin foydalaniş şartnomasi kabilarni kiritiş mumkin. Bu şartnomalar bozor iqtisodiyoti şaroitida mulk egasining öz mulkidan unumli foydalaniş imkoniyatini beriş bilan birga, böş, foydalanilmay yotgan mulkni katta daromad manbaiga ham aylantiradi. Öz navbatida, xöjalik faoliyatini amalga oşiriş uçun özining molmulkiga ega bölmagan şaxsning bunday mulkni boşqa şaxsdan vaqtinça foydalaniş uçun olib, bu orqali özining şu mulkka bölgan ehtiyojini qondiriş imkoniyatini vujudga keltiradi. Muayyan işni bajarişga qaratilgan şartnomalar boşqa şartnomalardan özining tartibga solinişi asosi bilan farq qiladi. Bunda işlarni bajariş majburiyatlari xöjaliklar örtasidagi munosabatlardan vujudga keladi. Bu munosabatlar asosida maxsus bilim va malaka talab etilgan işlarga bölgan ehtiyoj yotadi. Mas, korxonalarni qurişni loyihalaştiriş, quriş, ta'mirlaş uçun maxsus bilim va malakaga ega bölgan yoki bu işlarni amalga oşirişga ixtisoslaşgan taşkilotlar bilan şartnomaviy munosabatlarga kirişni taqozo etadi. Bu munosabatlar muayyan işni bajarişga qaratilgan pudrat, quriliş pudrati, i.t. va konstruktorlik, loyihalaş, qidiruv, texnologik işlarni amalga oşirişga qaratilgan şartnomalar vositasida tartibga solinadi. Xizmat körsatişga qaratilgan şartnomalar boşqa şartnomalardan faqat xizmat körsatişga doir majburiyatlar orqali amalga oşirilişi bilan farq qiladi. Bozor iqgisodiyoti şaroitida tadbirkorlik faoliyatida xizmat körsatiş munosabatlariga bölgan ehtiyoj ortib boradi va uning yangiyangi körinişlari vujudga keladi. Bu şartnomalarning xarakterli xususiyati şundaki, bunda moddiy ne'mat yaratilmaydi, balki aşyoviy şaklda bölmagan xizmat bajariladi. Bu şartnomalar jumlasiga ssuda, kelişiş, yuk taşiş, haq baravariga xizmat körsatiş kabi şartnomalarni kiritiş mumkin. X.ş.ning qonun talablari darajasida tuzilişi, bajarilişi, şartnoma intizomiga rioya qilinişi xöjalik yurituvçi subyektlar örtasidagi munosabatlarning barqarorlaşişi, iqtisodiyot rivojlanişining muhim vositalaridan biridir.
Xurşida Burxonxujayeva.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 302–303-b. — ziyouz.com