MOGILYOV VILOYATI — Belorussiyadagi viloyat. 1938 y. 15 yanv.da taşkil etilgan. Mayd. 29 ming km2. Aholisi 1245,8 ming kişi (1998). Beloruslar, şuningdek, rus, yahudiy, ukrain va b. millat vakillari ham yaşaydi. Şahar aholisi 67,6%, 13 şahar, 11 şaharça bor. Markazi — Mogilyov ş. M.v.ning yer yuzasi bal. 150—200 m li tekislikdan iborat. Şim.-şarqida Orşa-Mogilyov tekisligi, jan.karbida Markaziy Berezina tekisligi bor. Foydali qazilmalari: torf, bor, se-mentli mergel, fosforitlar, gil, qum. Iklimi mö'tadil kontinental. Yanv.ning örtaça t-rasi —7°, iyulniki 17,8° (Mogilyovda). Yillik yoğin mikdori 580—650 mm. Vegetatsiya davri 183—193 kun. Yirik daryolari Dnepr va uning irmoqlari — Berezina, Soj. Tuproklari çimli podzol, torfli botqoq va allyuvial tuproklar. Hududining 31% örmon, 1% botqoklik. Tulki, tiyin, suvsar, sassiqközan, körsiçqon, oq tovuşqon, börsiq ov ahamiyatiga ega. Örmonlarda los, yelik, qobon yaşaydi. Böri, silovsin, suvlarda qunduz, norka, vixuxol uçraydi. Yenotsimon it ikdimlaştirilgan. 200 ga yaqin quş, 20 ga yaqin baliq turi bor.
M.v. energetika asosini yirik TETS va GESlar taşkil qiladi, mahalliy yoqilği sifatida, asosan, torf işlatiladi. Sanoatida maşinasozlik va metallsozlik muhim örin egallaydi. Avtomobil, «Elektrodvigatel», «Strommaşina» metallurgiya, avtomat liftlar z-dlari bor. Kimyo, yoğoçsozlik sanoati rivojlangan.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Quriliş materiallari sanoatining salmoği katta. Ustki va içki trikotaj işlab çiqariladi. Ziğir, tola, kön z-dlari, tikuvçilik, kön-poyabzal, kigiz etik f-kalari işlab turibdi. Oziq-ovqat sanoati muhim örin egallaydi.
Q.x. ğallaçilik va çorvaçilikka ixtisoslaşgan. Donli, yem-xaşak, texnika ekinlari, kartoşka, sabzavot ekiladi. Yaylov va ötloqlar q.x.ga yaroqyai yerlarning qariyb 20% ga yaqin maydonini egallaydi. Çorvaçilik sut-göşt yetiştirişga ixtisoslaşgan, qoramol (sigir), çöçqa, qöy va eçki, parranda boqiladi. T.y. va avtomobil yöllar transporti, havo yöllari aloqasi rivojlangan. Dnepr, Berezina, Soj daryolarida kema qatnaydi. 4 oliy öquv yurti, örta maxsus öquv yurtlari, Belorussiya FAning fizikatexnika, fizika in-tlari filiallari, 5 muzey, 2 teatr bor.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 661–662-b. — ziyouz.com