QRIM YARIM OROLI - Ukraina jan. dagi yarim orol. Mayd. 27 ming km2. Ğarb va jan.da Qora dengiz va şarqida Azov dengiziga tutaş. Şim.da tor (8 km çamasida) Perekop böyni orqali Şarqiy Yevropa tekisligi bilan tutaşgan. Q.ya.o.ning şarqida Qora dengiz va Azov dengizi oraliğida Kerç ya.o. ğarbida Q.ya.o.ning bir qismi — Tarxankut oroli joylaşgan.
Q.ya.o.ning şim.-şarqiy sohili böylab Azov dengizining kiçik qöltiqçalari (Sivaş va b.) çözilgan. Şimoli (yarim orolning katta qis-mi) daştli tekislik (Daştli Qrim), janubi (maydoni jihatdan kiçik) Qrim toğlari bilan band. Eng baland joyi 1545 m (Roman-Koş toği). Jan. da Qrimning jan. sohili böylab kam-bar tekislik çözilgan; sohilning u yer-bu yerida lakkolitga öxşaş mag-matik jinslar (Ayudoğ toği), qad. vul-kan massivlar (Qoradoğ toği) uçraydi. Foydali qazilmalari: Kerç temir rudasi, köllarda tuz va şifobaxş loylar, ohaktoş, gil, mergel. Q.ya. o.ning şimoliy qismining iqlimi mö'tadil quruq. Qişi iliq (yanv. ning örtaça t-rasi G, 2°); yozi issiq (iyulning örtaça t-rasi 24°). Q.ya.o.ning jan. sohilida iqlim örta dengiz iqlimi; yozi issiq (iyulning örtaça t-rasi 24°) va qişi iliq (yanv. ning örtaça t-rasi 4°gaça). Yillik yoğin ğarbiy qismida 1000-1200 mm, şarqida 500-700 mm, şim.da 300—500 mm. Yarim orolning daryolari kamsuv; muhimlari — Çyornaya, Belbek, Kaça, Alma, Salgir. Şim. Qrim kanali, Salgir daryosida Simferopol suv ombori qurilgan. Bir neça yirik şör köl bor. Şim. qismida kaştan, Sivaş böylab kaş-tan, şörtob, şörxok tuproqlar, markaziy qismida qoratuproq, toğ oldi va toğlarda işqorsizlangan qoratuproq, qönğir toğ-örmon, yay-lovlarda qoratuproqsimon toğ-ötloq tuproqlar tarqalgan. Şim. qismining yer yuzasi haydalib ekin ekiladi. Ozroq qismida daşt ösimliklari saqlanib qolgan. Toğlarda (ayniqsa, şim. yon bağrida) dub, qoraqay-in-grab, qarağay örmonzorlari bor. Qrimning jan. sohilida örta dengiz atrofiga xos ösimliklar ösadi. Man-zarali daraxt va butalardan iborat parklar, boğlar, tokzorlar, tamaki plantatsiyalari köp. Qrim toğlarining jan. etagidan sohil qismida dengiz böyi şahar-kurortlari joylaşgan. Yarim orolda bir neça qöriqxona, Nikita botanika boği bor.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 334–335-b. — ziyouz.com