BÖRI, qaşqir (Canis lupus) — itsimonlar oilasiga mansub yirtqiç sut emizuvçi hayvon. Yevropa, Osiyo va Şim. Amerikada tarqalgan. Özbekistonning çöl, daştlari, örmon, töqay, toğ va toğ etaklarida tarqalgan; qor va muz b-n qoplangan baland toğlar va tundrada ham yaşaydi. B. qoyalar orasiga, töqaylik va jarliklarga, quruq qamişzorlarga in quradi. Tulki inlaridan ham foydalanadi. B. inida bolalaydi va bolalarini parvariş qiladi. Çorvaçilik r-nlarida podalardan uzoqqa ketmaydi. B. yanv. oyidan boşlab urçiydi. Urçiş vaqtida erkaklari urğoçisini talaşib qattiq urişadi. B. monogam hayvon. Jufti uzoq muddat saqlanib qoladi. Homiladorlik davri 62— 65 kun. Yoş böri 3—5 ta, qarisi 6—8 ta, ba'zan 10—13 ta bola tuğadi. Bolasini 5—6 hafta emizadi. Bolasi 3 haftaligida inidan çiqa boşlaydi. Urğoçisi emizikli davrida erkagi ovqat olib kelib turadi. Bolalari göşt b-n oziqlanişga ötgandan söng ona böri ham ölja tutib kela boşlaydi. Avg. oxiridan boşlab yoş börilar har xil mayda kemiruvçilarni tutib yeya boşlaydi. Sent.da kattalari b-n birgalaşib, uy hayvonlarini va yovvoyi hayvonlarni ov qilişga örganadi. Noyab.ga qadar 10—15 ta buri gala bölib yuradi. Ölja topiş qiyin bölib qolganda bitta yoki ikkitadan bölib, tarqalib ketadi. Erkagi 2 yoşida, urğoçisi 2—3 yoşida voyaga yetadi. B. 15—16 yil yaşaydi. Yilda ikki marta — bahor va kuzda tullaydi. B. kuçli, çidamli va çaqqon, hid biliş va eşitiş organlari yaxşi rivojlangan hayvon. Göşt b-n oziqlanadi, ba'zan olma, qovun, tarvuz kabi mevalarni ham yeydi. Asosan, uy hayvonlari va yovvoyi hayvonlar, quyon, yumronqoziq kabi kemiruvçilar, quşlar, hatto ölimtiklar b-n oziqlanadi. B. juda oçköz va xöra, ikkitasi bitta qöyni yeb qöyişi mumkin. Podaga hujum qilganda köp qöyni nobud qiladi. Bir neçta B. birgalikda yoki tuda bölib ov qiladi. Quturgan va oçiqqan börilar odamga ham hujum qilişi mumkin. B.ning 12 ta kenja turi bor. Örta Osiyoning çöl, daşt va past toğlarida çöl börisi (S. 1. campestris), Pomir toğlarida tibet börisi (S. 1. laniger) kenja turlari yaşaydi. Ba'zan qora B. ham uçraydi, uning terisi qimmatbaho hisoblanadi. Özbekistonda çöl börisi tarqalgan.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 860-b. — ziyouz.com