MAGMA (yun. magma — quyuq bötqa) — tarkibi, asosan, silikatdan iborat otaş-olovli suyuq massa, Yer pusti yoki yuqori mantiyada vujudga keladi va soviganda magmatik toğ jinslarini hosil qiladi. Kamdan-kam holda magmatik erigan jinslarda silikat bulmaydi (mas, Şarqiy Afrika vulkanlari). M. — özaro boğliqholda yuzaga kelgan kup sonli kimyoviy elementlarning murakkab eritmasi, ular orasida Si, A1, Fe, Mg, Ca, Na, K, O, S, CI, F asosiy urinda. Ba'zan M.da bir neça protsentgaça uçuvçi komponentlar, asosan, suv, ozroq uglerod oksidi, vodorod sulfid, ftor, xlor va b. böladi.
Vulkan otilgan joylarda M. yer ustiga çiqqaç, lava körinişida oqadi, vulkan böğzida ekstruziv uyum hosil qiladi yoki gaz aralaş kul kurinişida otiladi. Kul yondoş jinslar siniqlari va çukindi jinslar b-n aralaşib har xil tuflarni hosil qiladi. Çuqurlikda sovigan magmatik massalardan şakli va ölçami har xil (ba'zan gorizontal kesimi bir neça ming km2) bulgan intruziv jismlar vujudga keladi. Yer yuzasiga oqib çiqadigan vulkan toğ jinslarining aksari kismi bazaltdan, çuqur qismi esa granitdan iborat. Geolog olimlar turli magmik jinslarning Yer yuzida tarqalişini örganib, ularni tiplarga ajratişni taklif qildilar. Dastlab M. Yer qa'rida uzluksiz qobiq hosil qilgan deb hisoblanar edi. Lekin geofizik tadqiqotlar M. Yer pöstining har xil tarkibli va çuqurlikdagi qismida vaqt-vaqti b-n alohida öçoqlar hosil qilişini körsatadi. Granit va bazalt M.laridan taşqari kamyob, maqalliy M.lar xam mavjud deb taxmin qilinadi. M. tabiatini aniqlaşda Yer pösti va yuqori mantiyaning geofizik tadqiqotlaridan olingan ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Turli tarkibli M. xar xil fizik xususiyatlarga ega, bu t-ra va uçuvçi komponentlarga ham boğliq. Bazalt tarkibli M.ning yopişqrqligi kam, şu bois lava oqimining tezligi katta (soatiga 30 km gaça). Nordon tarkibli M. ança yopişqoq, şuning uçun portlab otiladi. M. t-rasi har xil (900—1250°) böladi. Granitli M. t-rasi 600° ga tuşgunça qotmaydi.
M. hosil bölgan şaroitdan boşqa şaroitga ötgaç, evolyutsiyaga uçrab öz tarkibini özgartirişi mumkin. M. differensiatsiyalanadi, bunda bir M. hisobiga bir neça M. vujudga keladi. M.ning evolyutsiya jarayonini aniqlaşda kristallanişda minerallarning ajraliş ketma-ketligi muhim. Amerikalik petrolog N. Bouen tadqiqotlariga köra, M. kristallanganda dastlab kamyob (aksessor) minerallar, söngra magnezialtomirli silikatlar va b., oxirgi jarayonda esa biotit, işqorli dala şpatlari va kvars ajraladi. Biroq M.ning kristallanişida bir xillik yöq.
M.dagi foydali komponentlar uning kristallaniş jarayonida ayrim joylarida töplanib endogen konlarni hosil qiladi. Ba'zi rudali minerallarning (xrom, titan, nikel, platina), şuningdek, apatitning kristallaniş jarayonida alohidalanişidan magmatik konlar vujudga keldi. M. tarkibidagi uçuvçi komponentlari hisobiga intruzivlar şakllanişining oxirgi bosqiçlarida rangli, kamyob va qimmatbaxr metallar hamda temirning gidrotermal, greyzenli, skarnli va b. konlari hosil böladi deb taxmin qilinadi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 17–18-b. — ziyouz.com