MISSISIPI (mahalliy indeyslar tilida — katta dare) — AQŞdagi dare, dunyodagi eng katta daryolardan biri. Uz. 3950 km (Missuri daryosining boşidan hisoblaganda 6420 km), havzasining mayd. 3268 ming km2. Minnesota ştatining şim. qismidagi köldan boşlanadi, Markaziy tekisliklar va Meksika böyi pasttekisligini şim.dan janubga kesib ötib, delta hosil qilib (32 ming km2) Meksika qöltiğiga quyiladi. Eng yirik irmoklari: öngdan — Minnesota, De-Moyn, Missuri, Arkanzas, Redriver, çapdan — Viskonsin, Illinoys, Ogayo. Vodiysining morfologik tuzilişi va suv rejimiga kura, M. 3 qismga bölinadi.
Yuqori qismi dastlab kiçikroq köllar orqali ötadi, ostonalar bor. Minneapolis ş.dan boşlab, daryo özani şlyuzlangan, Missuri daryosi quyiliş joy-igaça bir neça önlab töğon qurilgan. Örta qismida daryo, asosan, bir özanda oqadi; vodiysining kengligi 10— 15 km. Missuri irmoği qöşilgaç, uning loyqa suvi M.ning tiniq suvi b-n 150—180 km gaça yonma-yon oqadi. Quyi qismi keng tekislikdan ötadi, vodiysining kengligi 25 km dan 70— 100 km gaça. Qirğoqlariga toşqinga qarşi dambalar qurilgan. M. dengizga yiliga 350 mln. t dan ortiq oqiziq keltiradi. Daryoning quyi qismida suv köpayganda suvining bir qismi Pon-şartren köliga va M.dan 15—40 km ğarbda oquvçi Atçafalaya daryosiga oqadi. Daryo qor va yomğir suvlaridan töyinadi. Bahor va yoz oylarida M.ning örta va quyi qismida kuçli toşqinlar böladi. Yuqori qismi qişda muzlaydi. Daryoning yillik örtaça suv sarfi 19 ming m3/sek (eng yuqorisi 50— 80 ming m3/sek). Daryo suvining sanoat korxonalari çiqindilari b-n ifloslanişini kamaytiriş çoralari körilmoqda. M.ning transport ahamiyati katta: kema qatnaydigan daryo va kanallar orqali Buyuk köllar va çu-qur suv yöli qisoblangan Sanlavrentiy daryosi orqali Atlantika okeani b-n boğlangan.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 643-b. — ziyouz.com