ERGONOMIKA (yun. — iş, mehnat va — qonun) — kişi (kişilar guruhi) ni işlab çiqariş faoliyati şaroitlari bilan boğliq holda kompleks örganadigan fan; mehnat qurollari, şaroitlari va jarayonlarini takomillaştiriş maqsadlarida inson, texnika, işlab çiqariş muhitining özaro ta'siri va aloqalarini tadqiq etadi. Qadimdan mukammal mehnat qurolini ixtiro qiliş, mehnat jarayonida inson organizmi holatini örganiş biror işini bajariş uçun eng maqbul şaroitlar yaratiş maqsadlari bilan boğliq bölgan. Insonning mehnat faoliyata uçun ent önğay mehnat qurollari, eng qulay mehnat şaroitlari yaratiş yölidagi dastlabki qadamlar 20-asr bösağasida boşlandi. Bu sohada birinçi keng miqyosdagi amaliy tadqiqotlar amerikalik amaliyetçimuhandis va menejer, ilmiy boşqariş maktabi asosçisi U.F.Teylor (q. Teylorizm) tomonidan bajarildi. E. işlab çiqarişning amaliyot ehtiyojlari ta'sirida, korxonalar faoliyatida inson omili rolining ortib borişi, fantexnika taraqqiyoti natijasida ilmiyamaliy fan sifatida paydo böldi. Eksperimental psixologiya, fiziologiya va mehnat gigiyenasi ta'sirida şakllandi; tibbiyot, biol., biomexanika, antropometriya, psixofiziologiya, sotsiologiya, mat., injenerlik va texnologik fanlar ma'lumotlari va metodologiyasidan, mehnatni taşkil etiş va normalaş tamoyillaridan foydalanadi, umumiy va ijtimoiy psixologiya, mehnat iqtisodiyoti, iqtisodiymatematik modellaştiriş bilan boğliq.
Ergonomik tadqiqotlarining maqsadi — xodimning işlab çiqarişdagi tabiiy, ijtimoiypsixologik va texniktaşkiliy şaroitlarga moslaşuvini osonlaştirişdan iborat. E. diqqat markazida işlab çiqarişdagi aniq şaroitlarda inson faoliyati, işlab çiqariş muhitini inson organizmi xususiyatlari va imkoniyatlariga moslaştiriş yöllari va usullarini topiş turadi. E. öz tadqiqotlari asosida mehnat şaroitlarini yaxşilaş va mehnat jarayonini qayta taşkil etiş böyiça tavsiyalar işlab çiqadi.
Töliq öqiş — yana 5 xatboşi
«E.» termini 1949 yil Angliyada şu soha böyiça tadqiqot işlari olib boruvçi jamiyat tomonidan amaliyotga kiritilgan. E.da yana ikkita tamoyil bölib, ular insonni işga, işni insonga moslaştiriş omillaridan iborat. Birinçisida samaradorlikni ta'minlaş, ikkinçisida insonga qulaylik yaratiş közda tutiladi.
E. kişining butun iş kuni davomida yuqori işçanlik qobiliyatini ta'minlaş uçun mehnat va dam oliş rejimini ham örganadi.
E. böyiça barça amalga oşiriladigan işlar işlab çiqariş samaradorliginy oşiriş, işlovçilar uçun qulayliklar yaratiş va ayni paytda ularning salomatligini ta'minlaşga qaratiladi. Şuning uçun barça mehnat vositalari, qurollari, maşinalar E. talablarini hisobga olib loyihalaştiriladi va işlab çiqariladi. E. bilan firma va kompaniyalarda dizaynerlar şuğullanadilar.
Özbekistonning barça texnika sohasidagi oliy öquv yurtlarida E. fani öqitiladi. Toşkent texnika unti, Toşkent arxitekturaquriliş, Toşkent töqimaçilik va yengil sanoat, Toşkent san'at intlarida E. böyiça mutaxassislar tayyorlanadi.
Sadir Salimov.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 178–179-b. — ziyouz.com