PLASTIKLIK (yun. plastikos — işlovga moyillik) — taşqi kuç yoki zörikiş (kuçlaniş) ta'sirida qattiq jismlarning ölçamlari va şakli dastlabki holiga qaytmaydigan bölib özgariş (plastik deformatsiyalaniş) xossasi. Materiallarga bosim b-n işlov beriş (bolğalaş, presslaş va b.) imkonini belgilaydi. Taşqi kuç ta'sirida kristall panjara atomlari orasidagi özaro ta'sir kuçlari özgaradi (deformatsiyalanadi). Plastik deformatsiyalanişda panjara atomlari bir-biriga nisbatan köçadi, oqibatda kristall qatlamlarning bir-biriga nisbatan siljişi, kristall panjara buzilişi, issiqiik harakati tufayli jism atom tuzilişining özgarişi kuzatiladi. Jismning mörtligi, plastikligi şaroitga boğliq. Ma'lum bir şaroitda (mas, yuqori t-rada) uning bunday xossalari butunlay yöqoladi. Metallarning P. holatiga ötişi ma'lum şaroitda röy beradi, bu holat çegara-viy holat deb yuritiladi. Jismlarning P.gi deformatsiyalaniş tezligi, t-ra va jismning tuzilişiga boğliq.
P.ning turli xillari mavjud. Özdiffuzion va diffuzion P.da taşqi siquvçi kuç ta'sirida kri-stallarning atom qatlamlari şu kuç ta'sir etayotgan sirtdan boşqa joyga siljiydi. Bunda massa köçişi sirt böyiça yoki kristall hajmi böyiça özdiffuziya tufayli amalga oşadi. Dislokatsion P.da kristallogra-fik tekislikdagi sirpaniş kristallning plastik deformatsiyalanişiga sabab böladi. Sirpaniş har xil sodir böladi: dastlab, u tekislikning bir zonasida yuz berayotgan bölsa, bu zonaning çegarasi butun tekislikka yoyiladi. Sirpanişning yoyiş çegarasi dislokatsiya çiziği yokidislo-katsiya deyiladi. Kraudion P. kri-stalddagi ziç joylaşgan atom katorlari böylab atomlar quyuqlanmasi (kraudinlar) hosil bölişiga asoslangan. Kristall sirtiga tig botirilsa, atomlar şu sohadan uzoqlaşadi, na-tijada tiğ botirilayotgan sirtdan ma'lum masofada atom konsentratsiyasi oşadi (rasmga q.)- Kristallda tugunlararo atomlar hosil böladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 253–254-b. — ziyouz.com