VINNITSA VILOYATI - Ukraina tarkibidagi viloyat. 1932 y. 27 fev.da tuzilgan. Mayd. 26,5 ming km2. Axrlisi 194,6 ming kişi (1999), 25 tumanga bölingan, 10 şahar, 29 şaharça bor. Jan.da Moldaviya Respublikasi b-n çegaradoş. Markazi — Vinnitsa ş.
Viloyat hududining aksari qismi Podoliya va Dnepr böyi qirlarida joylaşgan. Iqlimi mö'tadil kontinental. Yanv. ning örtaça t-rasi — 4, —6», iyulniki 18,8—20,5°. Yiliga 500— 550 mm yoğin yoğadi. Vegetatsiya davri 200 kun. V. v.dan Jan. Bug, Dnepr oqib ötadi. Tuproği asosan qoratuproq va sur tuproq. Hududining 12,6% örmon. Yelik, böri, tulki, örmon suvsari, olmaxon, quyon, kemiruvçilar, daryo qirğoqdarida qunduz, ördak, ğoz yaşaydi. Asosiy aholisi — ukrainlar (92% ga yaqin); şuningdek rus, yahudiy, polyak va b. ham yaşaydi.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
V.v. Ukrainaning asosiy qand lavlagi ekiladigan va şakarqand sanoati rivojlangan r-nlaridan biri. Sanoati q.x. xom aşyosini qayta işlaşga ixtisoslaşgan. 40 ga yaqin şakarqand z-di, 10 dan ziyod spirt z-di, yirik konserva z-dlari va k-tlari işlab turibdi. Göşt va sut sanoati katta örin egallaydi. Maşinasozlik va metallsozlik sanoati korxonalarida asosan q.x. va oziq-ovqat sanoatlari uçun maşina va uskunalar işlab çiqariladi. Quriliş materiallari sanoati mahalliy kaolin (Gluxovetsk), granit va b. qazilmalarni işlaydi. Vinnitsada fosfat öğiti k-ti bor. Poyabzal, tikuvçilik f-kalari işlab turibdi.
Q. x. lavlagikorlik-ğallaçilik hamda göşt-sut çorvaçiligiga ixtisoslaşgan. Ğalla ekinlaridan kuzgi buğdoy, don-dukkaklilar, makkajöxori ekiladi. Şuningdek suli, tariq, greçixa, kungaboqar, kartoşka, tamaki, yem-xaşak ekinlaridan beda, yönğiçka yetiştiriladi. Boğdorçilik va Dnestr daryosi böyida tokçilik rivojlangan.
Çorvaçilikda sut-göşt qoramolçiligi va çöçqaçilik yetakçi örinda. Parrandaçilik, hovuz baliqçiligi va asalariçilik rivojlangan. T. y. uzunligi qariyb 1200 km. Muhim t. y. yönalişlari: Kiyev — Odessa, Kiyev — Lvov. Xöjalik yuklarining asosiy qismi t. y. va avtomobil transportida taşiladi. Jan. Bug va Dnestr daryolarida kema qatnaydi. Vinnitsada aeroport bor.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 177-b. — ziyouz.com