GRODNO VILOYATI - Belorussiya tarkibidagi viloyat. 1944 y. 20 sent.da taşkil etilgan. Respublikaning garbida, Neman daryosi havzasida. Mayd. 25,0 ming km2. Aholisi 1198,5 ming kişi (1998), asosan beloruslar; polyak, rus, ukrain va b. ham yaşaydi. G.v. 17 tumanga bölingan; 10 şahar, 22 şaharça bor. Markazi — Grodno ş. G.v.ning yer yuzasi asosan tekislik, şuningdek, pasttekislik va qirlardan iborat. Foydali qazilmalari: torf, gil, mergel, bör, silikat qumlar, ohaktoş, şağal. Iqlimi mö'tadil kontinental. Yanv. ning örtaça t-rasi — 5° dan — 7° gaça, iyulniki 17,5 — 18,5°. Vegetatsiya davri 188 — 200 kun. Yillik yoğin 550 — 650 mm. Daryolari: Neman va uning irmoqlari, jan. da Narev (Visla havzasi). Köllari: Beloye, Ribnitsa, Svityaz. Tuproqlari: çimli podzol, torfli botqoq va ötloqli allyuvial. Hududining qariyb 31% örmon, 20% ga yaqini botqoklik. G.v. jan.ni Belaya Veja puşçait şim. qismi egallagan. G.v.ning xöjaligi quriliş materiallari, mineral öğitlar, q.x. maşinalari, karton, qoğoz, fanera, mebel, poyabzal va oziq-ovqat mahsulotlari i.ç.ga ixtisoslaşgan. Energetikasi mahalliy torf asosida işlaydi. Maşinasozlik va metallsozlik sanoatlari (q.x. maşinalari, avtomobil ehtiyot qismlari va avtomobil agregatlari, quyma jihozlar, elektr buyumlari işlab çiqariladi) rivojlangan. Quriliş materiallari sanoatida sement, temir-beton, yirik bloklar, panellar, ğişt, ohak işlab çiqariladi. Kimyo sanoati (azotli öğitlar, kaprolaktam, lak va böyoqlar) rivojlanmoqda. Oziq-ovqat (göşt, moysir, sut, spirt), yengil (kön poyabzal, tikuvçilik, jun, ip, gazlama, ziğir tola), yoğoçsozlik sanoati korxonalari bor. Q.x. ğalla (javdar, arpa, buğdoy, suli) va texnika ekinlari (qand lavlagi, tolali ziğir) yetiştirişga ixtisoslaşgan. Şuningdek, kartoşka va yem-xaşak ekinlari eqiladi. Botqoqliklardan quritilgan maydonlar dehqonçilikda foydalanilmoqda. Sut-göşt çorvaçiligi va çöçqaçilik yetakçi örinda. T.y. va avtomobil yöllari bor. Neman daryosida kema qatnaydi. G.v.da un-t, tibbiyot va q.x. in-tlari, drama teatri, 8 muzey mavjud.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 452-b. — ziyouz.com