ÇAD TILLARI — som-hom (afroosiyo) tillari makrooilasining bir tarmoği; Markaziy va Ğarbiy Sudanda, Çad köli atrofidagi mintaqa — Şim. Nigeriya, Şim. Kamerun hamda Çad Respublikasi hududlarida tarqalgan. 150 dan ortiq tillarni, lahja guruxlarini qamrab oladi. Tarmoqdagi eng yirik hisoblangan xausa (tili)ning azaliy qöllaniş hududi Nigerning jan. şarqiy qismlarini ham öz içiga oladi. Xausa xalqining köçib yurişi va savdosotiqning tobora kengayişi natijasida xausa tili Gana, Togo, Benin respublikalarining şim. kismlari va Afrikaning boşqa köplab mamlakatlarida ham tarqalgan. Ötgan asrning 90-y. lari örtalaridagi ma'lumotlarga köra, Ç.t.da 35—40 mln.dan (xausa tilida 31 mln.dan) ortiqroq kişi sözlaşadi.
Ç.t. 3 ta asosiy guruhga bölinadi: ğarbiy çad tillari, öz navbatida, xausa, angas, ron, boletangle, şim. bauçi, jan. bauçi, bade guruhçalari (7 ta) ga ajraladi; markaziy çad tillari, öz navbatida, tera, buramargi, xigi, bata, xidkala, mandara, sutur, makakam, daba, giler, kotoko, muzgu, masa guruxlari (13 ta)ga ajraladi; şarqiy çad tillari, öz navbatida, kera, nançere, samray, sokoro, dangra, mokulu, mubu guruxçalari (7 ta) ga ajraladi.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Ç.t.ning fonologik tizimida undoşlarning 3 turi — jarangli, jarangeiz va emfatik turlari farqlanadi. Unlilarning çöziqlik—qisqalik böyiça qaramaqarşiligi keng tarqalgan. Barça Ç.t. ham leksik, ham grammatik ma'noli fonologik ton (ohang)larga ega. Morfologiyasida fe'l tizimi boşqa somhom tillariga nisbatan bir qança öziga xosliklarga ega, olmoşlarning aloxida suz va qöşimça kurinişidagi turlari mavjud.
Ç.t. orasida xausa tiligina rivojlangan yozuv an'analariga ega (q. Xausa); boşqa tillar uz yozuviga ega emas. Eng köp örganilgani ham xausa tilidir (19-a. örtalaridan). Ötgan asrning 70-y. laridan boşlab barça Ç.t. tavsifiy va qiyosiytarixiy tadqiqotlar obyektiga aylandi.
Ad.:Dkonov N.M., Semitoxamitskiye yaziki, M., 1965; Porxomovskiy V.Ya., Çadskiye yaziki, v kn.: Sravnitelnoistoriçeskoye izuçeniye yazikov raznix semey. Zadaçi i perspektivi, M., 1982.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 6–7-b. — ziyouz.com