NIKOLAYEV VILOYATI - Ukraina tarkibidagi viloyat. 1937 y. 22 sent.da taşkil etilgan. Mayd. 24,6 ming km2. Aholisi 1322,1 ming kişi (1997). Asosan, ukrainlar. Şuningdek, rus va b. millat vakillari ham yaşaydi. 19 tuman, 6 şahar, 19 şaharça bor. Markazi — Nikolayev ş.
Relyefi tekislik; şim.dan jan. ga (Kora dengizga) pasaya boradi. Hududining köp qismi Kora dengiz böyi past-tekisligiga kiradi. Foydali qazilmalari: granit, gneys, oxdktoş, mergel, gil, kaolin, şağal, qum, qönğir kömir. Iqlimi mö'tadil kontinental. Iyulning örtaça t-rasi 27°, yanv.niki —4, —5°. Yillik yoğin miqdori 300—350 mm, şim.da 450 mm. Vegetatsiya davri 210 kun. Asosiy daryolari: Jan. Bug, Ingul, Ingulets. Tuproklari şim.da oddiy qoratuproq, jan. da qoratuproq va töq kaştan tuproklar. Tabiiy daşt ösimliklari faqat jarlar yon bağirlaridagina saqlanib qolgan. Viloyat hududining 2% örmon. Tulki, buri, malla to-vuşqon, olaxurjun, yumronqoziq, kuşlardan bedana, qirğovul, yovvoyi ördak va ğozlar, baliqçi, daşt dala törğaylari bor. Dengiz va daryolarda baliq köp.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Sanoatining yetakçi tarmoqlari: maşinasozlik va metallsozlik, qisman kemasozlik. Dizel, gidroapparatura, murakkab energetika asbob uskunalari, metall konstruksiyalar işlab çiqariladi. «Dormaşina» (Nikolayev) z-di skreper, buldozer, asfalt yotqizuvçi maşina va yöl maşinalari işlab çiqaradi. Oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Yengil sanoatning eng yirik korxonalari: trikotaj, parfyumeriyaşişa k-tlari, tikuvçilik fkalari, poyabzal f-kasi, uysozlik k-ti, devor bloklari, ğişt, çerepitsa, ohaktoş z-dlari bor.
Q.x. mexanizatsiyalaşgan, köp tarmoqli. Ğalla, sabzavot-poliz, kartoşka, texnika, yem-xaşak ekinlari ekiladi, tokzorlar, boğ va mevazorlar, yaylov va piçanzorlar bor. Baliqçilik va baliq ovlaş b-n şuğullaniladi. Asalariçilik rivojlangan. Çorvaçilikning yetakçi tarmoği — göşt-sut yetiştiriş. Qoramol, çöçqa, qöy boqiladi. T.Y., avtomobil yöllari ziç. Dengiz trans-porti muhim ahamiyatga ega. Porti — Nikolayev. 5 oliy öquv yurti, 2 muzey, 3 teatr, kutubxonalar bor.
Manba: ÖzME, 6-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 230–231-b. — ziyouz.com