MASSAGETLAR (yun. Massagetai) — Kaspiy dengizining şarqiy sohili, Orol dengizi atroflari, Amudaryo va Sirdaryoning quyi oqimida mil. av. 8— 4-a.larda yaşagan köçmançi va b. qabilalar guruhining yunon adabiyetlarida uçraydigan umumlaşma nomi. M. töğrisida fanda turli xil qaraşlar mavjud. Ayrim olimlar fikriça, «M.» nomi «masyo» — «baliq» sözidan kelib çiqqan bölib, «baliqxörlar» ma'nosini anglatgan. Boşqa bir fikrga köra, «M.» atamasi «maye», «saka» va «ta» sözlaridan tarkib topib, «saklarning katta uyuşmasi»ni bildirgan. Uçinçi bir taxminga köra, «M.» sözi «mazagetlar» — «uluğ getlar» degani bölib, M.ning özi esa qad. xitoy manbalaridagi «da(katta) yuyeçjilar» b-n aynan bir xalqdir. Bu fikrga S. P. Tolstoye ham qöşilgan, u Sirdaryoning quyi oqimi böyidagi arxeologik yodgorliklarni M.ga mansub deb hisoblagan. S. P. Tolstovning fikriça, M. konfederatsiyasi tarkibiga xorasmiylar, apasiaklar, sakaravaklar, sak-amyurgiylar, derbiklar, toxarlar (dahlar), osiylar (yatiylar, asianlar, usunlar, yaksartlar), otasiylar (augasiylar, augallar) kirgan. Gerodotning yozişiga köra, M. — köçmançilar. Ular piyoda va otda jang qiladilar, otlarining kökraklariga sovut kiydirganlar. Köproq kamon, nayza va sagariy (oy-bolta) kabi jang qurollari işlatganlar. M.ning barça jihoz va qurol-aslahalari mis va oltindan yasalgan. Rözğor buyumlarini esa böyoq b-n böyaganlar. M. malikasi Tömaris b-n bölgan jangda Axomaniylar davlatinij asosçisi Kir halok bölgan. Strabonitg ma'lumotiga köra, M. Quyoşga topinganlar va unga atab otlarni qurbonlik qilganlar. Strabon köçmançilar b-n bir qatorda Orol böyidagi botq-okliklar va orolçalarda yaşab, terimçilik va baliq ovlaş b-n maşğul bölgan qavmlarni, şuningdek, xorazmiylar va otasiylarni M.ga mansub deb bilgan.
M. konfederatsiyasi qad. Xorazm davlatining asosiy harbiy kuçini taşkil qilgan. Bu, ayniqsa, Örta Osiyoga Iskandar Makduniy bostirib kelgan davrda yaqqol namoyon bölgan.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 268–269-b. — ziyouz.com