EKOSISTEMA (yun. uy, yaşaş joyi va sistema), ekologik sistema — birgalikda yaşaydigan organizmlar va ular yaşaydigan şaroit majmui. Ela uning tarkibiy qismlari özaro qonuniy boğlangan. «E.» terminini ingliz botanigi A. Tensli taklif etgan (1935). A. Tensli ta'biriça, ekologiya nuqtai nazaridan E. yer yuzidagi tabiiy birlik bölib, unga barça organizmlar bilan bir qatorda fizik omillar majmui, ya'ni biomuhit (keng ma'noda yaşaş muhiti) omillari majmui ham kiradi. Olim E.da ular tarkibiga kiruvçi organizmlar hamda organizmlar bilan anorganik muhit örtasida har xil tarzda moddalar almaşinuvi bölib turişini körsatgan.
«E.» tuşunçasini har xil murakkablikdagi va ölçamdagi obyektlarga nisbatan qöllaş mumkin. Mas, hovuz, köl E.si bilan birga sohil böyi ösimliklari yoki suv tubi E.sini körsatiş mumkin. Örmon ham E., uning çegarasida har xil tipdagi tuproqlar, çiriyotgan tönkalar, töşalma va boşqalar E.ni ajratiş mumkin. Köpinça «E.» tuşunçasiga tirik organizmlar bilan ular yaşaydigan muhitning notirik komponentlari tarzida qaraladi. E.ning tirik va notirik komponentlari örtasida produtsentlar, konsumentlar va redutsentlar iştirokida moddalarning biotik aylanişi sodir bölib turadi. E. terminini sun'iy E. (q.x. dalalari, boğlar, xiyobonlar, oqova suvlarni biologik tozalaydigan inşootlar va boşqalar) ga nisbatan ham qöllaş mumkin. E. öziga xos xususiyatlarni uzoq vaqt davomida saqlab turadigan öta turğun yoki qisqa muddatli (mas, efemer suv havzalari, kölmak suvlar) bölişi mumkin. Murakkablik darajasidan qat'i nazar E. turlar tarkibi, unga kiradigan organizmlar soni, biomassasi, ayrim trofik guruhlar nisbati, organik moddalarning hosil bölişi va parçalaniş jarayonlarining tezligi bilan tavsiflanadi. E. çegarasi va ularda keçadigan moddalar aylanişi jarayonlari turli darajada röy beradi. E. atrof muhitdan faqat energiya emas, balki köp yoki oz miqdorda moddalar kelib turgandagina mavjud böladi. Barça E. birgalikda yer biosferasini taşkil etadi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
20-asr örtalariga kelib ekologik muammolarning keskinlaşuvi natijasida E.ning funksional xususiyatlarini örganiş böyiça tadqiqotlar keng miqyosda olib borila boşlandi. E. strukturasi, mahsuddorligi va turğunligini tuşunib oliş uçun ulardagi trofik boğlanişni örganiş muhim ahamiyatga ega. Trofik boğlanişlar orqali E.da moddalarning biologik transformatsiyasi amalga oşadi. Zamonaviy metodlar, xususan, E.ni matematik modellaştiriş orqali bu jarayonlar intensivligi va samaradorligini miqdoriy jihatdan aniqlaş tabiiy resurslardan samarali foydalaniş va odam yaşaydigan muhitni saqlab qoliş masalalarini hal etişda muhim ahamiyatga ega. Köp hollarda biogeotsenoz termini ham E. termini sinonimi sifatida işlatiladi.
Ad.: Ergaşev A., Umumiy ekologiya, T., 2003; Töxtayev A., Ekologiya, T., 2000; Ekologiçeskiye sistemi, per.s. ang., M., 1981.
Manba: ÖzME, 10-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 43–44-b. — ziyouz.com