ÇUQURLIKDAGI YORIQLAR, öta çuqur yoriqlar — Yer pöstining mantiyagaça bölgan qismidagi çökindi va magmatik toğ jinslarining geologik taşkil topiş davrlarida tektonik harakatlar tufayli yaxlitligining buzilişi (deformatsiyalanişi, darz ketişi, sinişi va maydalanişi) natijasida hosil bölgan zonalar. Uzunligi yuzlab km, çuq 70—80 km va eni bir neça yuz m dan 10 km ga çözilgan bölib, ba'zi joylarda ular Yer mantiyasigaça kirib boradi. Bu zonalar yirik geologik strukturalar (toğ tizmalari, çökma, vodiy va tekisliklar)ni birbiridan ajratadi va turli şakllarda namoyon bölib, çegara vazifasini ötaydi. Dastlabki Ç.yo. proterozoy boşlarida (600 mln. yilça avval) paydo bölgan. Ç.yo. ta'limotiga asos solgan rus olimi A.V.Peyve 1945 y.da «Ç.yo.» terminiga keng ta'rif bergan. Ç.yo. haqidagi ta'limot geotektonikaning mustaqil bölimiga aylandi. Ç.yo. Yer pösti va yuqori mantiyaning öta ötkazuvçan zonalari bölib xizmat qiladi, bu zonalarda magmatik öçoqlar vujudga keladi va magmatik faoliyat töplanadi. Ç.yo.da vulkan mintaqalari, ultra asosli magma mintaqalari, granitoid plutonlari va ruda maydonlari böladi. Kontinent, dengiz va okeanlar, toğli ölkalarning çegaralari köpinça, Ç.yo. bilan boğliq. Ular geofizika usullari, aerokosmik fotosyomka, ayniqsa, çuqur seysmik zondlaş, zilzila tölqinlari yordamida aniqlanadi va örganiladi. Ç.yo.ning yuqori qismi bilan zilzila öçoklary bevosita boğliq. Ba'zan ularning yöllari böylab neft va gaz konlari qatori joylaşadi. Örta Osiyoda, şuningdek, Özbekistonda TalasFarğona, Farğona jan. va şim. hamda Tyanşan jan. çuqur yoriqlari mavjud. Ular geologik strukturalarni va ular bilan boglik bölgan foydali qazilma boyliklarni şakllanişida muhim rol öynagan. Örta Osiyoda Ç.yo.ni örganişda H.M. Abdullayev, M.O.Ahmadjonov, T.L.Bobojonov, F.X.Zunnunov, R.N.Ibrohimov, I.H.Hamroboyev, J.H.Yaqubov va b. salmoqli hissa qöşganlar.
Ad.: I.X.Xamrabayev, Glubinnoye stroyeniye litosferi Pamira i Tyanşana. Dinamika i evolyutsiya litosferi, M., 1986.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 174-b. — ziyouz.com