FILTR (frans. fi ltre — kigiz), suz ğiç — 1) suyuqlik F.i — suyuklikni undagi qattiq zarralar yoki unga aralaşmaydigan boşqa suyuqliklardan ajratiş (tozalaş) uçun möljallangan asbob, moslama yoki ğovak jism. Suyuklik F.lari iş prinsipiga qarab, davriy va uzluksiz işlaydigan turlarga bölinadi. Davriy işlaydiganining hajmiy, listli, filtrpress, patronli xillari bor. Hajmiy F. oz miqdordagi suspenziyani ajratişda qöllaniladi. U vakuum yoki bosim ostida işlaydi. L istli F. eritmalarni tindiriş, qattiq fazasi hajmining 5%idan oşmagan suspenziyalarni ajratişda qöllaniladi. Filtrpresslardan, asosan, mayin dispers sistemalarni ajratişda, patronli F.dan suspenziyalarni tindiriş yoki quyultirişda foydalaniladi. Patronli F. vakuumda (q. Vakuumpress) yoki bosim ostida işlaydi. Uning içki panjarasiga filtrlovçi tösiqlar (patronlar) mahkamlangan. Çökindi siqilgan havo, pnevmogidravlik zarb yoki titrama (vibratsion) qurilmalar vositasida tozalab olinadi; gaz F.lari uzluksiz işlaydigan apparatlardir. Tuzilişiga köra, yassi filtrlovçi sirtli va batareyali böladi. Yassi filtrlovçi sirtli F.da teşik panjaralar bölib, ularga filtrlaş tösiqlari örnatiladi. Unga qum, kvars va b. qavatqavat qilib solinadi yoki ikki panjara orasiga tolali materiallar (asbest tola, şişa tola, paxta va b.) qöyiladi. Batareyali F. töqimalardan yeng şaklida yasaladi. 3) biologik F. — oqova suvlarni mikroblar ta'sirida parçalaş jarayonlari yerdamida yoki organik moddalarni minerallaş yöli b-n zararli moddalardan tozalaş uçun möljallangan qurilma; 4) yoruglik F. i — ba'zi nurlarni tutib qoliş uçun möljallangan moslama; mas, ma'lum yoruğlik nurlarini tutib qoladigan rangli şişa, rentgen nurlarini tutib qoladigan metall plastinalar, issiklik nurlarini tutib qoladigan ekranlar yoki sovitiş idişlari (issiklik F.i); 5) elektr F.i — bir xil çastotali toklarni ötkaziş, boşqa çastotali toklarni kuçeizlantiriş uçun möljallangan qurilma. Özinduksiya ğaltaklari va kondensatorlardan iborat; 6) akustik F. —murakkab tovuşdan muayyan çastotalar polosasini ajratib oliş uçun möljallangan qurilma. Mac, reaktiv dvigatellar va içki yonuv dvigatetarida iş bajarib bölgan gazlar xosil qiladigan şovqinni pasaytirib beradi (bunga avtomobil tovuş söndirgiçi, ya'ni gluşitelni misol qiliş mumkin). Texnikada, kuriliş va radiotexnikada ham keng qöllanadi; 7) l a boratoriya F.i — lab. işlarida suspenziyalarni suyuq va qattiq fazalarga ajratiş yoki filtrlaş (suziş) körsatkiçlarini aniqlaş uçun möljallangan qurilma. Şişa idiş (nay, voronka), govak şişadan qilingan suziş tösiği yoki teşikteşik tubiga qoğoz, mato, tör va b. suziş materiali töşalgan idişdan iborat; 8) içki yonuv dvigatelinm yonilgi b-n ta'minlaş tizimida yonilğini mexanik aralaşmalar va suvdan tozalaş uçun möljallangan qurilma (q. Yonilği filtri).
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 149–150-b. — ziyouz.com