LYUMINES SINSIYA (lot. lumen - yoruğlik, esccnt — kuçsiz, sust ta'sirni ifodalovçi qöşimça) — ba'zi moddalariing muayyan t-rada ularning issiklik nurlanişiga nisbatan kuç-liroq bölgan, yoruğlik tebranişlari davridan ança ortiq vaqt davom etadigan (doimiy issiklik nurlanişidan farqli) nurlanişi. Issiqlik nurlanişi juda past t-ralar (uy t-rasi) da ham L. şiddat b-n hosil bölişi mumkin. Şu sababli uni, odatda, «sovuq» nurlaniş deb ham yuritiladi. Bu nurlaniş yoruğlik, radioaktiv nurlanişlar, rentgen nurlaniş, elektr maydon uyğotadigan, şuningdek, kimyoviy jarayonlar va mexanik ta'sirlar natijasida hosil böladi. L. nurlaniş spektri közga körinadigan nurlaniş, infraqizil va ultrabinafşa nurlanişning yaqin diapazonlarida mavjud böladi.
Şimol yoğdusi, çiriyotgan daraxt, ba'zi haşarotlar (biolyuminessensiya), minerallarning L.lanişi qadimdan ma'lum bölgan. Lekin L. hodisasi 19- a. oxirlarida örganila boşlandi. V. K. Rentgeniing turli moddalarning şu'lalanişini örganiş yuzasidan ötkazgan tajribalari rentgen nurlari kaşfiyotiga, A. Bekkerelntg 1890 y.da lyuminoforlarni tadqiq qiliş sohasidagi işlari radioaktivlik hodisasini aniklaşga sabab böldi. L. qonuniyatlarini örganiş va uni turli sohalarda işlatişda S. I. Vavilov taşkil qilgan fiziklar maktabi muhim hissa qöşdi. Odatda, lyuminessent nurlaniş uçta asosiy jarayon tufayli vujudga keladi (rasmga k,.). 1) elektron, atom va molekula taşki energiya ta'sirida asosiy holat 1 dan uyğoniş holati 3 ga ötadi; 2) elektron, atom va molekula uyğoniş holati 5dan nurlanmasdan metastabil holat 2 ga tuşadi; 3) elektron, atom va molekula metastabil holati 2 dan asosiy holat 1 ga kuçli nur çiqarib ötadi. Bulardan taşqari, L.ni hosil qiluvçi bir neçta kvant ötiş yöllari mavjud. Mac, zarralar uyğoniş holati 3 ga ötmasdan unga yaqin holatlarga ötib, bir butun yölak (polosa) hosil qilişi mumkin; zarralar töğridan-töğri holat 3 dan asosiy holat 1 ga qaytib tuşişi mumkin (rezonans nurlaniş). Köpinça, zarralar metastabil holat 2 dan 1 ga emas, qöşimça holat /' ga ötişi va keyinçalik nurlaniş çiqarmay /'dan 1 holat (/'-» 1) ga utişi mumkin. Agar energiya uzatişning yakunida rekombinatsiya jarayoni (ya'ni elektron va ion, elektron va kovak birlaşuvi) mavjud bölsa, bunday nurlanişni rekombinatsion L. deyi-ladi. Şu'lalanişning davom etiş vaqtiga qarab, L.ni fluoressensiya (qisqa vaqtli şu'lalaniş) va fosforessensiya (uzok, vaqtli şu'lalaniş) xillariga bölinadi. Lyuminessent nurlanişga olib keluvçi elementar ja-rayonlarga qarab, L.ning spontan, majburiy (metastabil) va rekombinatsion turlari bor.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 220–221-b. — ziyouz.com