ĞARBIY SIBIR TEKISLIGI (pasttekisligi) — Yer şaridagi yirik akkumulyativ tekisliklardan biri. Qozoğiston past toğlari tekisligi va Oltoy toğlaridan şim.da va ğarbda Ural toğlari, şarqda Örta Sibir yassitoğligi orasida joylaşgan. Şim. dan janubga 2500 km, ğarbdan şarqqa 1000—1900 km ga çözilgan, mayd. 3 mln. km2 ga yaqin. Yer yuzasi tekislik. Bal. 50— 150 m dan (şim. va markaziy qismida) 300 m gaça (ğarbi, jan. va şarqida). Yer yuzasi tekislik. Ğ.S.t. gersin burmalanişi davrida hosil bölgan. Zamini paleozoy yotqi-ziqlaridan tuzilgan bölib, ularning usti dengiz va quruqlik mezokayno-zoy jinslari (gil, qumtoş, mer-gel) bilan qoplangan. Eng yoş, antropogen yotqiziqlari jan.da allyuvial va köl yotqiziqlari, şim.da muzlik, dengiz va muzlik-dengiz yotqiziqlaridan iborat. Böş qatlamlarda çuçuk va minerallaşgan yer osti suvlari (jumladan, namakoblar), şuningdek, qaynoq suşgar (100— 150° gaça) bor. Foydali qazilmalardan neft va tabiiy gazning katta konlari topilgan.
Iqlimi kontinental, sovuq. Örtaça yillik t-ralar şim.da —10,5% jan. da 1—2°, yanv.ning örtaça t-rasi şim. da —28°, jan.da —16°, iyulniki şim. da 4°, jan.da 22°. Vegetatsiya davri çekka jan.da 175—180 kun. Yillik yoğin tundra va daşt zonalarida 200—250 mm, örmon zonasida 500—600 mm. Tekislik hududidan umumiy uz. 250 ming km dan ortiq 2000 daryo oqib ötadi. Eng yiriklari — Ob, Yenisey, Irtiş. Tekislikning şim. tundra zonasi bölib, tun-dra arktika va gleyli tundra tuproqlarida arktika ösimliklaridan yösin va lişaynik ösadi, jan.ni esa butazor tundra qoplagan. Jan.-rokda örmonli tundra mintaqasi bölib, torf-gleyli, gleylipodzol va botqoq tuproqtarda butazor tundra, qrraqaragay-tiloğoç va botqoq ösimliklari ösadi. Ğ.S.t.ning kattagina qismi örmon (örmon-botqoq) zonasiga mansub. Podzol tuproqlarda qoraqarağay, oqqarağay, kedr, qarağay, sibir tiloğoçi ösadi. Qögnğir ayiq. silovsin, rosomaxa, suvsar, qun-duz, kolonok, sobol, los, sibir yeligi, burunduq, ondatra yaşaydi.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 19-b. — ziyouz.com