JITOMIR VILOYATI - Ukrainadagi viloyat. 1937 y. 22 sent.da tuzilgan. Mayd. 29,9 ming km2. Aholisi 1467,9 ming kişi (1997), asosan ukrainlar, şuningdek, rus, polyak, yahudiy va b. ham yaşaydi. J. v.da 22 tuman, 9 şahar, 40 şaharça bor. Markazi — Jitomir ş.
Relyefi tepalik va pasttekisliklardan iborat. Foydali qazilmalari: granit, gneys, labradorit, yaşma, topaz, kvarsit, marmar, pirofillit, oxaktoş, mergel, oxra, kvars qumi, kaolin, ötga çidamli tuproq, temir va titan rudalari, qönğir kumir, torf. Iqlimi mu'tadil kontinental. Yanv.ning örtaça t-rasi —5,7°, iyulniki 18,9°. Yillik yoğin 570—600 mm. Vegetatsiya davri 240 kun. Daryolari Dnepr havzasiga mansub. Qoratuproq, va kulrang örmon tuproği, çimli podzol va botqoq tuproqlar tarqalgan. Viloyat hududi aralaş örmonlar (Polesye) va örmonli daşt zonalarida joylaşgan.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Asosiy sanoat tarmoqlari: ruda va kömir qazib çiqariş, maşinasozlik, töqimaçilik, avtomobilsozlik va b. Oziq-ovqat sanoati (şakar-qand, spirt-araq, pivo, göşt, yoğ-pişloq, sut, un, sabzavot konserva) rivojlangan. Töqimaçilik, tikuvçilik, kön poyabzal, madaniy mollar i. ç. korxonalari bor. Elektr asboblari, kimyo sanoati uçun asbob-uskunalar işlab çiqariladi. Yoğoçsozlik korxonalari va 4 qoğoz f-kasi, şu jumladan elektrotexnika sanoati uçun eksportga eng yupqa kondensator qoğozi işlab çiqaradigan Malin qoğoz f-kasi bor. Oynaşişa (Jitomir), çinni z-dlari va közgu f-kasi işlab turibdi. Kon sanoatida qora metallurgiya sanoati uçun ötga çidamli dinas kvarsitlari, titanli ilmenit, puştirang slanets-pirofillit işlab çiqariladi.
Q. x.da ziğir tola, kartoşka, ğalla, qand lavlagi yetiştiriladi, örmonlidaşt qismida sut-göşt çorvaçiligi rivojlangan. Boğdorçilik va rezavormevaçilik ham salmoqli örin tutadi. Asalari boqiladi. Baliqxöjaligi bor. Asosiy t. y. magistrallari: Kiyev-Brest, Kiyev—Lvov. Asosiy avtomobil magistrali: Kiyev—Lvov. 3 oliy öquv yurti, musiqali drama, qöğirçoq teatrlari, filarmoniya, 8 muzey bor.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 175–176-b. — ziyouz.com