QIZIQÇILIK - özbek an'anaviy teatr turi. Q. teatri, asosan, Qöqon xonligi hududida (ayniqsa, Farğona vodiysi va Toşkentda) rasm bölgan, ijroçisi qiziqçi (qiziq), töda boşliği va iş yurituvçisi korfarmon deb atalgan. Uning repertuarini tanqid va muqallid janrlaridagi hajviy va yumoristik komediyalar, kulki-hikoya taşkil etgan. Q. oğzaki dramaturgiyaga asoslangan; bunda körsatiladigan tomoşalarning fabulasi, syujeti, ayrim barqaror savol-javoblari ma'lum bölib, qiziqçilari tomonidan oldindan özlaştirilgan va şu asosda ijod va ijro qilingan. Qiziqçilar öz ijodlarida köproq söz san'atiga tayangan, xalq poetik ijodi, til boyligi, askiyaçi, mumtoz adabiyot namunalaridan ustalik bilan foydalanganlar; muayyan rolda öynaganda xarakterga yaraşa liboslarda çiqsa-da, odatda, qizil, sariq yoki jigarrang matodan tikilgan yoki quroq kamzul kiygan. 19-a. da qiziqçilarning truppalari (mas, Bidiyorşum, Zokir Eşon boşçiligidagi tödalar) faoliyat körsatgan. Zokirjon qiziq tödasiga 20 dan ziyod qiziqçi uyuşgan bölib, yuzga yaqin tanqid, muqallid, kulki-hikoyalar va latifalar namoyiş etişgan. 20-a.ning 1-yarmida Yusufjon qiziq Şakarjonov boşliq 50 ga yaqin qiziqçi Q. merosini saqlab, yangi şaroitlarda baholiqudrat ijod qilib, öz bilim va tajribalarini yoş ijroçilarga singdirib keldilar. 20-a.ning 2-yarmida qiziqçilarning yangi avlodi maydonga keldi. Ular an'anaviy teatr merosi, ijro madaniyatidan ta'sirlangan bölsalar-da, Q.ni milliy an'analarga tayangan va jahon kulgi ustalari ijodidan ta'sirlangan holda öz dasturlarini özlari töqib, özlari ijro etadilar. Bu tarixiy jarayon Zaynobiddin Yusupov, Muhiddin qiziq Darveşov, Jöraxon Pölatov kabi qiziqçilar faoliyatidan boşlangan. Mustaqillik davrida Mirzobek Xolmetov, Obid Asomov va ular tuzgan Q. teatri şuhrat qozondi. Şuningdek, «Mirzo», «Obid-A», «Qahqaha», «Handalak» kabi Q. guruhlarining tanilişida televideniye muhim rol öynadi.
Ad. Qodirov M., Özbek teatri tarixi, T., 2003.
Manba: ÖzME, 11-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 143–144-b. — ziyouz.com