GOMEL VILOYATI — Belorussiya tarkibidagi viloyat. 1938 i. 15 yanv.da taşkil etilgan. Respublikaning jan.-şarqida. Mayd. 40,4 ming km2. Aholisi 1674 ming kişi, asosan beloruslar; şuningdek, rus, ukrain, yahudiy, polyak va b. ham yaşaydi. 21 tumanga bölingan; 17 şahar, 17 şaharça bor. Markazi — Gomel ş. Yer yuzasi tekislik. Ğarbida Pripyat Polesyesi (120—140 m), şarqida Dneprböyi pasttekisligi (100— 130 m) bor. Foydali kazilmalari: neft, toştuz va kaliy tuzi, torf, bör, gil, qum. Iklimi mö'tadil kontinental. Yanv.ning örtaça t-rasi — 7°, —5,5°, iyulniki 18,5°—19°. Yiliga 550—650 mm yoğin tuşadi. Vegetatsiya davri 190— 200 kun. Daryolari: Dnepr va uning irmoqlari (Berezina, Pripyat, Soj). Eng yirik köli — Çervonoye. Tuprok,lari kuçsiz podzollaşgan qumli va torf-botqoqli, şarqida qumoq va qumloq tuproq. Hududining 41% ga yaqini örmon, 12% botqoqlik, ötloq köp. Viloyatda yirik energetika bazasi (torf, gaz, neft) taşkil etilgan. Gomelda q.x. maşinasozligi, stanoksozlik, torf maşinasozligi, dvigatellar, podşipniklar, ölçov priborlari, elektrotexnika va b. z-dlar, Mozirda melioratsiya maşinalari zdi, «Mozirkabel», metall quyiş-mexanika z-dlari, Reçitsa metall buyumlar zdi bor. Viloyatda kimyo sanoati barpo etilgan. Örmon, yoğoçsozlik va qoğoz sa-noatlari rivojlangan. Mebel f-kalari (Mozir, Yelsk, Jlobin, Kalinkoviçi, Rogaçyov, Vasileviçi), yoğoç-sozlik k-tlari (Gomel, Mozir), faner-mebel (Reçitsa), faner-gugurt (Gomel), sellyuloza-qoğoz (Dobruş) va sellyuloza-karton (Svetlogorsk) k-tlari, Gomel yaqinida (Kostyukovka) mamlakatda yirik oyna zdi bor. Yengil sanoat asosan mahalliy xom aşyoda işlaydi. Donli ekinlar, texnika ekinlari ekiladi, boğ va mevazorlar bor. Çorvaçilik sut, göşt yetiştirişga ixtisoslaşgan. Qoramol, çöçqa, qöy va eçki boqiladi. T.y. asosiy transport turi. Avtomobil yöllari muhim hisoblanadi. Dnepr, Pripyat, Soj, Berezina daryolarida kema qatnaydi. Drama teatri, qöğirçoq teatri, 6 muzey bor.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 388-b. — ziyouz.com