KAVKAZ MINERAL SUVLARI -Kavkaz toğlarining yon bağirlari va RFning Stavropol ölkasida joylaşgan balneologik kurortlar r-ni (1803 y. vujudga kelgan). Iqlimi mö'tadil toğ-daşt iqlimi. Havoning örtaça t-rasi 7,8° dan 8,6° gaça. Yillik yoğin 600 mm. Bu hududda turli-tuman va sersuv mineral buloq köp. Maşhur Pyatigorsk, Kislovodsk, Yessentuki, Jeleznovodsk kurortlari Katta Kavkazning şim. toğ oldida va kisman Stavropol qirlariga tutaşgan platoda joylaşgan. Plato ohaktoş, qumtoş va b. çökindi jinslardan tuzilgan monoklindan iborat bölib, uni magmalar yorib çiqqan. Magmalar gumbazsimon toğ (lakkolit)lar — Beştov, Moşiq, Temirtov va b. ni hosil qilgan. Toğ tizmalarida paleozoy tokembriyning metamorflaşgan slanetslari oçilib qolgan. Çökindi jinslar yirik artezian suvli yon bağirni hosil qilgan. Suv, asosan, eng qad. metamorfik jinslarning yer yuzasiga çiqib qolgan joylarida töplangan. Asosiy suvli qatlamlar — titan-valanjin, aptalb, yuqori bör, kisman yura va paleogen yotqiziqlariga mansub. Mineral suvlar mezokaynozoy çökindi hosilalarining ança çuqurlikda yotuvçi bölaklarga ajralgan zonalarida va tektonik buzilişlar hamda intruziyalarning çökindi jinslar b-n tutaşgan joylarida töplangan. Bular ion tarkibining minerallaşuvi va t-rasi turliça bölgan karbonat angidridli, kamroq hollarda vodorod sulfidli va radonli suvlardir. Bulardan taşqari, mineral tarkibi turli-tuman bölgan buloq ham köp. Narzan tipli buloqlar Kislovodsk, Elbrus toği yon bağri, Toğli Osetiya va b., azotli, gidrokarbonatli buloqlar Olga, Gelenjik, Novorossiyskda, karbonatli nordon suvlar Borjomi, Dili-jon, Jermuk, Issiqsuv, Julfa, Arznida joylaşgan. Barça kurortlar uçun şifobaxş balçiq Tambukan kölidan olinadi. Mineral suvlar yordamida tayanç va harakat, ovqat hazm qiliş organlari, qon aylaniş, yurak-tomir va nerv sistemasi, teri, jigar, nafas oliş, siydik çiqariş, öt yöllari, ginekologik hamda modda almaşinuvi buziliş kasalliklari davolanadi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 15–16-b. — ziyouz.com