ZOMIN TOF-ÖRMON DAVLAT QÖRIQXONASI - Jizzax viloyatida joylaşgan. Turkiston tizma toglari ğarbiy qismining şim. yon bağrida, Kölsoy va Ğöralassoy havzalarini işğol etgan. Jan. Tojikiston b-n çegaradoş. Maydoni 15,5 ming ga, şundan 11,2 ming ga arça örmonzorlari. Dastlab 1926 y.da Ğöralas toğ-arça qöriqxonasi nomi b-n taşkil etilgan. Qöriqxonada toğ örmonlarini va arça biol.sini örganiş, arçazorlarni köpay-tiriş, hayvon va ösimlik turlarini saqlab qoliş işlari olib boriladi. Relyefining murakkabligi va turli iqlimtuproq şaroitlariga köra, qöriqxonada 3 ösimlik mintaqasi (daşt, örmon, subalp) mavjud. Qöriqxona hududi tipik toğli ölka bölib, dengiz sathidan 1760—3500 m balandlikda (eng yuqori nuqta — Turalas toği 3560,5 m balandlikda). Yillik örtaça v yoğin miqdori 400 mm dan ortiq. Iqlimi keskin kontinental, maksimal harorat yozda 33°, qişda —35—38°. Qöriqxona hududida arçazorlarning quyi qismida (1900— 2700 m) Zarafşon arçasi va qora arça, örta qismida (2100—2800 m) sovur arça, yuqori qismida (2100—3200 m) örik arça usadi. Bulardan eng köp uçraydigani sovur arçadir. U qora arça va örik arça orasida ham ösaveradi. Qöriqxonada 180, hatto 400 yoşga kirgan arçalar bor. Arçadan taşqari Tyanşan çetani, Turkiston qayini; butalardan zirk, na'matak, uçqat, irğay, tobulği ösadi. Qöriqxona hayvonot dunyosi xilma-xil. Qöriqxonada Respublika Qizil kitobiga kiritilgan turkiston silovsini, oq tirnoqli ayiq, arxar, bars şuningdek, böri, börsiq, tulki, jayra, tönğiz va b. yaşaydi. Qöriqxona hududida ösimliklarning 720, turli quşlarning 130, sut emizuvçilarning 37 turi, sudralib yuruvçilardan 8, baliqning bir turi tavsiflangan.
Parrandalardan puşti şaq-şaq, törğay, miqqiy, zağça, zağizğon, kaklik, bedana, boltatumşuq, govkaptar, ğurrak, turkiston ukkisi, boyquş va b. bor. Qöriqxonada uning hayvonot va ösimliklar dunyosini örganiş böyiça ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bölgan tadqiqot işlari olib boriladi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 125-b. — ziyouz.com