ILLYUSTRATSIYA (lot. illustratio — yoritiş, körgazmali tasvirlaş) — tasviriy san'atning adabiy asar (kitob, jur., gaz.) ning obrazli talqini b-n boğliq sohasi. Matnga qöşimça tarzda uning mazmunini obrazli yoritişga, töldirişga xizmat qiladi. Ilk qölyozma kitoblar paydo bölgan davrlarda yuzaga kelgan. Dastlab qölyozmalar mi-niatyuralar b-n bezatilgan, kitob naşr etiş va ksilografiyaning yuzaga kelişi I. ni grafşapşnt yetakçi sohasiga aylantirdi. Xitoyda 6—7- a. larda dastlabki ksilografiyaga oid I., 16-a. oxirida rangli gravyura yuzaga kelgan. Yaponiyada kitob grafikasi 17-a. boşlarida paydo bölgan, gullab yaşnagan davri 18— 19-a. boşlariga töğri keladi. Yevropada (15-a.) I. miniatyura san'ati b-n uzviy boğliq bölgan, diniy, didaktik, keyinçalik insonparvar ğoyalarni tarqatuvçi vositaga aylangan. 16-a. oxiriga kelib I. mustaqil kompozitsiya ga aylandi, alohida varaqqa işlanib, matnga yopiştirilgan. 18-a. da I. b-n kitobning aloqasi mustahkamlandi, rang-barangligi ortdi, usul va uslublari kengaydi, turkum bezaklar yaratiş qoidalari rivojlandi. 18—19- a. lar çegarasida tasviriy vosita — köndalang, kesmali gravyura va litografiya yuzaga keldi; 19-a. uçun tugallangan I. — alohida varaqlardagi kompozitsiyalar hamda matndagi yengil çizgilar xos böldi. 20-a. ga kelib rassomlar bir adabiy matnga turliça yondoşib, uni turliça talqin eta boşladilar.
20-a. 20-y. laridan I. ğoyaviy va estetik tarbiya vositalaridan biri sifatida muhim rol öynadi, texnik imkoniyatlari kengaydi; ksilografiya, rasm taraqqiy etdi, fotomontaj yuzaga keldi, plakatçilik xususiyatlari na-moyon böldi, kitob va I. birligi kuçaydi, bolalar kitobi I. si rivojlandi. Köpvaraqli turkumlarni yaratilişi I. ni dastgohli grafika b-n yaqinlaştirdi.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Şarqda, jumladan özbek san'atida I. işlaş qadimdan mavjud bölgan. Örta ayerlarda klassik şoirlarning asarlariga I. işlaş keng tarqalgan. Ka-moliddin Behzod, Mahmud Muzahhib, Murod Samarqandiy va b. mohir rassomlar şu sohada samarali ijod qilib, Alişer Navoiy, Bobur va b. klassik şoirlarning asarlarini nafis miniatyuralar b-n bezagan. Biroq özbek I. sining haqiqiy rivoji 20-a. ga töğri keladi. Bu davrda özbek I. si uslub va usul jihatidan boyidi, tur va janrlari kengaydi. Usto Mömin (A. Nikolayev), '.Kaydalov, L. Abdullayev, V. Kedrin, Ç. Ahmarov, I. Ikromov, Q. Başarov va b. rassomlar şu sohada samarali ijod qildi. Özbekistonlik rassomlar badiiy, siyosiy va bolalar adabiyoti asarlarining zamonaviy va gözal be-zalişiga samarali hissa qöşmoqda.
Ilmiynazariy matn (makala, kitob va risola) larning mazmunini obrazli yoritadigan, ma'ruzalarda fikrni tasavvur qilişga yordam beradigan körgazmali tasvirlar (reproduksiya, fotosuratlar, turli çizmalar) ham I. deb ataladi.
Ne'mat Abdullayev.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 117-b. — ziyouz.com