VARVARIZMLAR (yun. barbaros — aynan ajnabiy) — ma'lum bir tilga çet tillardan kirib kelgan, tilda töla özlaşmay, yotligi bilinib turadigan söz va iboralar. V. asosan sözlaşuv uslubiga xos, tilning adabiy meyorini buzadi va uning asosiy luğat tarkibiga kirmaydi. V.dan ba'zan badiiy adabiyotda mahalliy muhitni beriş, obrazlarni xoslaştirişda foydalaniladi. Mas., V. iyemni («Xanka», «Tanka»), pulni («kökidan» bormi — dollar bormi), lavozim va şaxsni («mer», «şef», «bos», «baron») va h.k.ni anglatadi, şuningdek mazax kilişda foydalaniladi. Özbek tili dav-lat tili maqomini olgaç, turli tillar-dan, ayniqsa rus tilidan kirgan V.dan («madam», «bratan», «zemlyak», «paxan», «dedulya» va b.) özbek sözlaşuv tili faol tozalana boşladi.
VARVARLAR — yunon va rimliklar tomonidan ularga nisbatan tuşunar-siz tilda sözlovçi va begona madani-yatga mansub barça özga yurtliklar (ger-manlar va b.)ga berilgan nom. Antik davrdagi V. tuşunçasi xristianlar Vizantiyasi va Ğarbiy Yevropada ham özlaşib ketib, bu yerlarda «xudosiz» degan ma'noni anglatgan. Majoziy ma'noda — qöpol, madaniyatsiz, bağ-ritoş kişilar. VARVARLIK — q. Vahşiylik. VARGAS (Varqas) Jetuliu Dornelis (1883.19.4, San-Borja -1954.24.8, Rio-de-Janeyro) — Braziliya prezidenta (1930-45 va 1951-54). 1937 y. faşistlar Italiyasidagi kabi «yangi davlat» tuzumi örnatgan. 1945 y. Braziliya trabalistlar (işçilar) partiya-siga asos solgan. Sanoatda davlat sek-torining taraqqiy etişiga imkon bergan.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
VARD (suğdiyça — buta, şox-şabba) — dare özanlari va ulardan boşlangan yi-rik tarmoqlar oqimini tösib, kanallarga suv çiqarişda foydalaniladigan şox-şabba örami. V. atamasi Xorazmda «navard», Zarafşon vodiysida «navola», Farğona vodiysida «öluk», Çirçiq hamda Sirdaryo vohalarida esa «qorabura» şakllarida talaffuz etiladi. Bu atamalar «şox-şabba örami» ma'nosini anglatib, ulardan suv xöjaligida qadimdan keng foydalanib kelingan.
V.lar, orasi toş, çim va şağal b-n töldirilgan silindr şaklidagi şox-şabba va qamiş örami bölib, yulğun navdalaridan eşilgan belboğlar b-n uç yoki tört yeridan mahkam boğlab yasalgan. Manbalarda ta'riflanişiça, V.lar öramining aylanasi 3—4 kişining quçoğiga teng bölib, oğirligi 50 kg dan 2—3 t gaça yetgan. Muhammad Yusuf£ayonmmning yozişiça, Amudaryoning yirik tarmoqlari: Çumanoy, Çanglibosuv va Tersoqar özanlarini boğlaş uçun taşlangan har bir navardning uz. 60 gaz, aylanasi 20—30 gazga yaqin bölgan. Navard yoki qoraburalardan boş töğonlarni qurişdan tortib, qirğoqlarning suv öpirib ketgan joylarini tiklaş-gaça bölgan işlarda keng foydalanil-gan. Çunki ular irrigatsiya xöjaligi uçun texnikaviy jihatdan juda qulay va suvga çidamli uskuna hisoblangan.
Ad:. Muhammadjonov A., Özbekistonning qadimgi gidrotexnika inşootlari, T., 1997.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 49-b. — ziyouz.com