PLAKAT (nem. Plakat, frans. placard — e'lon, afişa) — grafika turi; katta varaqqa işlangan tasviriy san'at asari. Qisqa matn ilova qilinadi; taşviqot, reklama, informatsiya va öquvta'lim maqsadlariga xizmat qiladi. Zamonaviy P., odatda, rassom yaratgan asl nusxadan bosmaxonada köpaytiriladi. Olisdan közga yaqqol taşlanişi, öta ta'sirçanligi, ommabopligi, tasvirining kinoyalarga boyligi, xammabop ramzlar işlatilişi, turli hajmdagi şakllarni qiyoslaş, umumlaşma tasviriy şakllardan foydalaniş kabi öziga xos badiiy vositalari b-n boşqa axborat manbalaridan farqqiladi. Bunda şrift va matnning joylanişi, şartli ranglar (yorqin bezaklar) qöllanilişi muxim rol öynaydy. Tasviriy vosita sifatida ba'zan fotografiya (mustaqil tarzda yoki rasm, rang-tasvir b-n) işlatiladi.
19-a. 2yarmidan Ğarbiy Yevropada reklama körinişidagi P. yuzaga kelgan. Bungaça katta hajmdagi taşviqiy gravyura ba'zan P. deb atalgan. P. ijtimoiy- siyosiy hayot, xalq xöjaligi, madaniy vazifalar b-n boğliq xrlda rivojlandi. 1900-y.lar boşlarida siyosiy P. yuzaga keldi, demokratik harakat va tinçlik uçun kuraş soha-sida katta yutuklarga erişildi. 1910 y.dan kitob-jur. grafikasidan uzokdaşib, dastgoh grafikasiga yakinlaşgan P. rangtasvir, grafika, foto san'ati b-n köproq boğlandi. 20-a. da P. taşvi-qotning jangovar quroliga aylandi. 2-jahon uruşi yillarida öta ta'sirçan vositaga aylangan bölsa, hoz. kunda tinçlik uçun kuraşda, jamiyat hayotida uç-rab turadigan kamçiliklarni bartaraf etişda va b.da muxim rol öynamoqda.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Özbekistonda P. 19-a. oxiri 20- a. boşlarida paydo böldi, 20-a. 20-y. laridan keng tarqaldi. Dastlabki yillarda asosan qölda işlangan va köpaytirilgan P. va hajviy rasmlar keng qöllanilgan. Bosma P. 1923— 24-y. lardan çop etila boşlandi. Usta Nabi Hafizov, M.Kurzin, V.Ufimsev, V. Kaydalov va b. samarali ijod qildi. 2-jahon uruşi yillarida P. yetakçi örinni egalladi. P.çirassomlar uyuşmasi tuzildi, ÖzTAG oynasi taşkil etildi (1941). P.da sönggi yangiliklar va muhim voqealar öz ak-sini topdi. 60— 80-y.larda A.Balkanov, V.M.Gromiko, F.Kagarov, V.Yevenko, T.Tkaçev va b. rassomlarning tinçlik, axloq, iqtisod, madaniy ma'rifiy mavzulardagi asarlari yaratildi. Jumladan, F.Kagarovning tinçlik mavzu-idagi P.lari xalqaro anjumanlarning ramziga aylandi. Rassomlarning ijo-diy izlanişlari tufayli P. Özbekistonda tasviriy san'atning eng ta'sirçan ommabop turiga aylandi (A.A.Ziyoyev, T.A.Toxtarova, X.Hasanov, N.Hakimov, N. Husanov, I.Abdullayev, A.Nurqobilov va b.).
Axborot texnologiyasining rivojlanişi, poligrafiya işlarining yangilanişi hamda xayotga keng kölamda kompyuter grafikasining kirib kelişi P.ning yangi imkoniyatlarini izlaşni talab qiladi.
Manba: ÖzME, 7-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 247–248-b. — ziyouz.com