DEFEKTOLOGIYA (lot. defectus -nuqson va ...logiya) — jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalar rivojlanişining psixofizik xususiyatlarini örganiş, ularga maxsus ta'lim-tarbiya beriş, undagi nuqsonlarni yöqota boriş qonuniyatlarini örganuvçi fan. Kör va közi ojiz, kar va quloği oğir, aqli zaif, tayanç-harakat appa-ratida nuqsoni bor, nutq kamçiligiga ega bölgan bolalar D. fani obyek-tidir. Şunga köra D. 4 alohida sohaga bölinadi: surdopedagogika (kar va quloği oğir bolalarni öqitiş, tarbiyalaş usullarini örganadi), tiflopedagogika (kör va közi ojiz bolalarni öqitiş va tarbiyalaş masalalarini tadqiq etadi), oligofrenopedagogika (akli zaif bolalarni öqitiş va tarbiyalaş qonuniyatlarini işlab çiqadi), logopediya (nutq kamçiliklari bölgan bolalarni öqitiş hamda tarbiyalaş nazariyasi va amaliyoti b-n şuğullanadi). Dastlab surdopedagogika va tiflopedagogika paydo bölgan (1770 y. karlar uçun Ispaniyada, 1784 y. körlar uçun Parijda maxsus muassasa oçilgan). Keyinçalik logopediya va oligofrenopedagogikaga asos solingan. Nuqsonli va psixofizik kamçiligi bor bolalarning ruhiy qonuniyatlarini örganuvçi maxsus psixologiya, şuningdek, ta'limtarbiya beriş, nuqsonlarni tuzatiş, tiklaş vositalarini işlab çiquvçi surdotexnika va tiflotexnika ham D.ga kiradi. D. anatomiya, fiziologiya, patofiziologiya, nevrologiya, nevropatologiya, eşitiş, köriş va nutq pa-tologiyasi, maktab gigiyenasi, umumiy va pedagogik psixologiya, ped., til-şunoslik, bolalar psixologiyasi va b. fanlar b-n uzviy boğlangan. D.ning asosiy vazifasi nuqsonli bolalarni aniklaş, taşhis usullarini işlab çiqiş, ular uçun maxsus va mujassamlaştirilgan ta'limtarbiyani taşkil etiş, aqliy va jismoniy kamçiliklarni yöqotiş vositalarini izlab topiş, amalda qöllaş, ularni hayotga tayyorlaş, ijtimoiy foydali insonlar qilib yetiştirişdan iborat.
Ölkamizning buyuk alloma, şoir va mutafakkirlari, xususan Ibn Sino, Forobiy, Yusuf Xos Hojib, Navoiy, Amir Temur va b. D.ni izçil va atrofliça muayyan yönalişda örganmagan bölsalar ham, öz asarlarida defektologik holatlarning aks etişi, namoyon bölişi, rivojlanişi, özgarişlari töğrisida qimmatli fikrlar bildirişgan. Özbekistonda D.ning ilmiy-nazariy, metodik va amaliy tadqiqrtlari b-n G. Ş. Aytmetova, Ye. D. Gordiyenko, L. R. Möminova, R. Şomaxmudova, Ğ. Şoumarov va b. şugullangan. Jismoniy va ruhiy nuqsonli bolalarni jamiyatga foydali kişilar qilib tarbiyalaş uçun Özbekistonda maxsus maktabgaça tarbiya muassasalari, maxsus maktablar, maxsus internat maktablar mavjud. Toşkent pedagogika universitetinnng ped. va defektologiya f-tida maxsus maktab va muassasalar uçun defektolog kadrlar tayyorlanadi (1967 y.dan).
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 215–216-b. — ziyouz.com