KAMÇATKA VILOYATI - RFdagi viloyat. 1932 y. 20 okt.da Xabarovsk ölkasi tarkibida taşkil etilgan. 1956 y.dan Koryaklar muxtor okrugini öz içiga olgan RFning mustaqil viloyati. Kamçatka ya.o.da, şuningdek, Karaga va Komandor o.larida joylaşgan. Oxota va Bering dengizlari va Tinç okeanga tutaş. Mayd. 472,3 ming km2. Aholisi 383,2 ming kişi (2000), asosan, ruslar, şuningdek, ukrain, koryak, itelmen, evenk, aleut, çukçalar ham yaşaydi. Şaharliklar 81,3%. 11 tu-manga bölingan, 5 şahar, 11 şaharça bor. Markazi — Petropavlovsk-Kamçatskiy ş. (Tabiatini Kamçatka va Koryaklar muxtor okrugi maqolalaridan q.). K.v. RFning asosiy baliqsanoati r-nlaridan biri. Baliq, asosan, Bering dengizi va Tinç okeandan ovlanadi. Kamçatkaning ğarbiy qirğoğiga yaqin suvlari — krab ovlanadigan asosiy r-n. Yirik baliq va baliq konservalaş z-dlari: Petropavlovsk, Oktyabrskiy, Ozernovskiy, Kirovsk, Ust-Kamçatsk, Olyutorskiy. Viloyat xöjaligida möynali hayvonlar ovlaş va darrandaçilik muhim ahamiyatga ega. Örmon sanoatida yoğoçsozlik korxonalari Kamçatka daryosi vodiysi böylab joylaşgan. Kemasozlik, kema tuzatiş va quriliş materiallari sanoati korxonalari bor. Kömir, gidroenergiya, yer osti qaynoq suvlari kabi energetika resurslari mavjud. Paujetka issiq buloğida quvvati 11 ming kVt bölgan geotermal elektr stansiyasi, Petropavlovsk-Kamçatskiyda issiklik elektr markazi qurilgan. Q.x.da buğuçilik-ovçilik va çorvaçilik-sabzavotçilik rivojlangan. Buğu boqiladigan keng yaylovlar bor. Darrandaçilik mavjud. Çorvaçiligi sut yetiştirişga ixtisoslaşgan. Paratunka issiq buloqlari asosida yirik issiqxona-parniklarda sabzavot yetiştiriladi. Möynali qayvonlar (suvsar, qunduz, tulki, oq tulki va b.) ovlanadi. Transportning asosiy turi dengiz transporti. Asosiy portlari — Petropavlovsk-Kamçatskiy va Ust-Kamçatsk. Havo va avtomobil transporti katta rol öynaydi. Kamçatka daryosida kema qatnaydi.
Manba: ÖzME, 4-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 96-b. — ziyouz.com