KÖKYÖTAL (frans. cogueluche) -böğilib-böğilib yötal tutişi b-n keçadigan ötkir yuqumli kasallik. Köpinça bolalarda uçraydi. Borde-Jangu tayoqçasi degan bakteriya qözğatadi (uni kaşf etgan belgiyalik J. Borde va fransiyalik O. Jangu nomidan). Havotomçi yöli orqali yuqadi. Kasal bola aksirganda, yötalganda havoga tarqalgan şilliq tomçilaridagi K. tayoqçasi soğlom bolaning nafas yöllari orqali organizmga kiradi.
K. qözğatuvçisi bola organizmida 2— 15 kun davomida heç qanday kasallik alomatlarini paydo qilmasligi ham mumkin — bu inkubatsion davr. Keyinçalik bola bir oz yutala boşlaydi, yötal kun sayin zöraya boradi, harorati kötariladi, bola injiq bölib qoladi, yaxşi uxlay olmaydi, iştahasi yöqoladi, bu — kataral davr bölib, 2 haftagaça davom etadi. Bolaning ahvoli asta-sekin yomonlaşa boradi, ketma-ket qattiq yötaladi va ikkinçi haftaning oxiri, uçinçi haftaning boşlariga kelib, xurujsimon yötalga aylanadi, kasallik uçinçi davrga — spazmatik davrga ötadi, u 1—5 hafta davom etadi. Yötal tutiş davri kasallikning asosiy va doimiy alomati bölib, yötal 2—3 marta qattiq yötaliş b-n boşlanadi, keyin tinmay ketma-ket kalta-kalta yötalaveradi va nafasi içga tuşib ketib, tovuş yoriği qisqarişi natijasida «ğiyq» degan tovuş çiqadi. Yötal tutganda bolaning yuzi avval qizarib, keyin kökaradi, közi yoşlanib, unga qon quyilişi mumkin, tili osilib ketadi, böyin tomirlari börtadi. Ozroq balğam köçişi va köpinça qayt qiliş b-n yötal tutişi töxtaydi. Yötal tutgan paytida bolani kötarib oliş yoki ötirğizib qöyiş lozim, oğizda yiğiladigan şilliq ajralişini kamaytiriş uçun boşini sal oldinga engaştirib uşlab turiş kerak. Yötal tutmagan paytda bola özini yaxşi sezadi. Bora-bora yötal tutişi kamayadi, bolaning ruhi yengillaşib, soğayiş davri boşlanadi, budavr 1—3 hafta davom etadi. Bola kasallik boşlangan kunidan tortib 30 kungaça yuqumli hisoblanadi. K.ga qarşi ommaviy emlaş tufayli K. ning yengilroq turi köproq uçraydi, bunda yötal tutiş davri juda yengil ötişi yoki yötal tutmasligi ham mumkin. Emadigan va nimjon bolalarda K. oğirroq keçadi. K.ning oğir xilidan keyin köpinça burun qonaşi, bronxit, zotiljam (aksari gödaklarda) kabi asoratlar kuzatiladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 843–844-b. — ziyouz.com