KUMUŞ (lot. Argentum — oq kukun), Ag — Mendeleyev davriy sistemasining I guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 47, at.m. 107,87. K. 2 tabiiy barqaror izotop — IO7Ag (51,35%) va IO9Ag (48,65%) dan iborat. Sun'iy izotoplaridan «°Ag (yarim yemiriliş davri 253 kun) ning amaliy ahamiyati bor. K. qadimdan ma'lum. Yer pösti ning 1 -10 5% ini taşqil qiladi. Sof holda va gidrotermal konlarda argentit Ag2S b-n birga uçraydi. K.ning kyustelit, kongsberit, animikit vaelektrum kabi tabiiy minerallari bor. Toza K. çiroyli oq metall. At. radiusi 1,44 A, Ag+ ionining radiusi 1,13A. Ziçligi 10,5 g/sm3, suyuqlaniş t-rasi 960,5°, qaynaş t-rasi 2212°. Moos şkalasi böyiça qattiqligi 2,7. K. yumşoq, çöziluvçan bölganidan mexanik işlovi oson. Undan 0,00003 sm qalinlikdagi vafis varaqlar tayyorlaş mumkin. K. issiqlik va elektrni boşqa metallarga qaraganda yaxşi ötkazadi, yoruğlikni yaxşi qaytaradi. Kimyoviy jihatdan nofaol element. Odatdagi şaroitda suv va nam havo ta'siriga çidamli. Lekin galogenlar b-n oson reaksiyaga kirişadi (q. Kumuş galogenidlar). Köpgiva metallar b-n qotişmalar hosil qiladi. K. birikmalarida, asosan, 1 valentli, ba'zan 2 va 3 valentli. Nitrat va konsentrlangan issiq sulfat kis-lotada erib, tuzlar hosil qiladi. K.ning aksari tuzlari suvda qiyin eriydi. AgNO3, AgF, AgClO4 yaxşi eriydi. K.ning 3 ta oksidi ma'lum. Ulardan Ag2O va AgO barqaror moddalar, Ag2O, esa öta beqaror bölib, sof holda ajratib olinmagan.
Kumuş (1)-oksid, Ag2O — töq qönğir rangli kukun. Ziçligi 7,44 g/sm3. Yoruğlik nuri ta'sirida kislorodini yöqotib qorayadi. 200°da töliq parçalanadi. Suvda eruvçanligi 0,714g/l. Ammiak eritmasida kuçli oksidlovçi kompleks Ag(NH3)2OH, kuçliroq eritmada Ag3N va Ag2NH dan iborat portlovçi aralaşma hosil qiladi. Ozon ta'sirida AgO ga aylanadi. Organik sintezda kolloid eritmasi antiseptik modda sifatida işlatiladi.
Töliq öqiş — yana 3 xatboşi
Kumuş (P)-oksid, AgO — metallsimon yaltiroq, qoramtir kulrang kristall modda. Ziçligi 7,44 g/sm3. 100° t-ragaça qizdirilganda elementlarga ajraladi, 110° da portlaydi. K.ga yoki Ag2O ga ozon ta'sir ettirib, K.ni sulfat kislotada anodli oksidlantirib olinadi. Galvanik elementlarda qöllanadi.
K., asosan, tarkibida kumuş va qörğoşin bor rudalardan ajratib olinadi. Kumuş qotişmalari tanga pul, zargarlik va uy-rözğor buyumlari, lab. idişlari i.ç.da, elektrotexnikada, tuzlari fotografiyada işlatiladi. K. buyumlar tayyorlaş uçun 875 probali kumuş, ya'ni tarkibida 87,5% K. va 12,5% mis bölgan qotişma işlatiladi. Kimyoda K. kattalizator sifatida qöllanadi. Tibbiyotda K.ning argirol, protargol, kollargol, lyapis kabi preparatlardan foydalaniladi.
Komil Tojiyev.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 778–779-b. — ziyouz.com