XEBEY — Xitoyning şim. qismidagi provinsiya, şarqdan Sariq dengizning Lyaodun va Boxayvan qöltiqlari örab turadi. Mayd. 202,7 ming km2. Aholisi 65,7 mln. kişi (1999). Hududining katta qismi Buyuk Xitoy tekisligida, ğarb, şim. va şim. ğarbida toğlar bor. Daryolari ziç. Ma'muriy markazi — Şitszyaçjuan ş.
X. — Xitoyning eng rivojlangan provinsiyalaridan biri. Kömir, metallurgiya, maşinasozlik, töqimaçilik, farforçinni sanoatlari mamlakat ahamiyatiga ega tarmoqdar. Mamlakatda qazib olinadigan kömirning katta qismi X.ga töğri keladi, şuningdek, temir rudalari hamda neft konlari topilgan. Köp tarmoqli maşinasozlik, xususan, energetika, konçilik, transport, metallurgiya, neft sanoati uçun jihozlar, q.x. maşinalari i.ç. rivojlangan. Quriliş materiallari işlab çiqariladi. Xandan va Şitszyaçjuanda yirik töqimaçilik ktlari, Tanşanda keramika kti işlab turibdi. Provinsiyaning markaziy va şarqiy qismlari provinsiya tarkibida bölmagan Pekin va Tyanszin markazga böysunuvçi şaharlar bilan mamlakatning yagona sanoat rnini taşkil qiladi. X. — mamlakatning muhim dehqonçilik rni. Asosiy ekinlari: ğalla va paxta, şuningdek, moyli va b. texnika ekinlari ekiladi. Q.x., asosan, şaharlar aholisini oziq-ovqat xom aşyosi bilan ta'minlaşga qaratilgan. Buğdoy, makkajöxori, gaolyan, tariq, şoli ekinlari katta hududlarni egallaydi. Şuningdek, soya, yer yonğoq, kunjut, kanop ham ekiladi. Tamakiçilik, sabzavot va boğdorçilik bilan ham şuğullaniladi. Çorvaçilikda qoramol, eşak, qöy va çöçqa boqiladi. Parrandaçilik rivojlangan. Qirğoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi. Buyuk kanal orqali kema qatnaydi.
Manba: ÖzME, 9-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 285–286-b. — ziyouz.com