BIBLIYA (yun. Biblia — kitoblar) — yahudiylik va xristianlikda muqaddas hisoblangan diniy kitoblar va risolalar majmuasi. B. ikki asosiy qismga — Qadimgi ahd va Yangi dhdga bölinadi. «Axd» sözi xudoning insonlar b-n maxsus aloqasini ifodalaydi. Qadimgi avd yahudiylikda ham, xristianlikda ham muqaddas sanaladigan va eng qad. davrlarda yaratilgan diniy adabiyotlardan, Yangi axd esa faqat xristianlar muqaddas deb biladigan, ular dini şakllanişiga aloqador diniy asarlardan iborat. Mazkur dinlarning aqidalariga binoan, B.— xudoning kalomi, barça insonlarga yöllangan, dunyo va odamzodning paydo bölişi va oxirat sirini oçib beruvçi muqaddas kitobidir. Uning asosiy mavzusi — yagona Haqning fazilatlari va insoniyat b-n munosabati haqidadir. B. mil. av. 8-a. va mil. 2-a.lar oraliğida oromiy hamda yunon tillarida yozilgan. B. matnlari tadqiq etilganda şu narsa tasdiqlandiki, ular qariyb ming yil davomida xilmaxil joylarda yaratilgan.
B. eng qad. adabiy yodgorliklardan biri bölib, diniy pandnasihatlar, aqidalar, başoratlar, duolar, solnomalar, masallar, işqiy va falsafiy dostonlar, hikoyat, rivoyat va maktublardan iborat. B.da, bir yokdan, odamzodning gunohkor bölib xudo tomonidan rad etilişi, abadiy halokatga mahkum qilinişi töğrisida ran ketsa, ikkinçi yoqdan, xudo insonni qutqariş uçun qanday rejalar tuzgani haqida hikoya qilinadi. Ayniqsa, odamlarga najot yölini oçgan Iso Masih töğrisida tölaqonli xabar beriladi.
Töliq öqiş — yana 2 xatboşi
Jami 70 kitob (bölim)ni öz içiga olgan B. 13-a.da kardinal Stefan Lengton tomonidan hoz. körinişga keltirilgan, kitoblarni şerlarga böliş va raqamlaştirişni parijlik matbaaçi Rober Stefan (16-a.) amalga oşirgan.
B. jahon böyiça keng tarqalgan, asrlar mobaynida köpgina xalqlarning axloqi, ma'naviyati, madaniyati, adabiyoti, musiqa va rangtasvir san'atiga barakali ta'sir körsatgan. U 19-a.gaça 400 dan ziyod, 20-a. mobaynida esa yana 1400 (jami 1978) tilga töliq yoki qisman ögirilgan. Özbek tilida ayrim qismlari 1891, 1913 y.larda Leypsig ş.da arab imlosida, 1981, 1983, 1986, 1990 y.larda B. ni tarjima qiliş in-ti (Stokgolm) tomonidan Kirill yozuvida çop etilgan. 1992 y.da mazkur int Injil va Zaburni töliq holda va Tavrotdan «Ibtido» qismini bir kitobga jamlab, sözboşi, luğat, jadvallar, fixrist, xaritalar hamda rangli fotosuratlar b-n birga çop etgan. BIVA — Yaponiyadagi eng katta köl, Xonsyu o.da. Mayd. 716 km2, çuq. 86 m gaça. Toğ oraliği botiğida joylaşgan. Ğarbiy qirğoqlari baland, şarqi — past. Köldan Yodo daryosi boşlanib Osaka qöltiğiga quyiladi. Kanallar orqali Osaka va Kioto ş.lari b-n boğlangan. Kema qatnaydi. Turizm rivojlangan.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 305–306-b. — ziyouz.com