BOR (lot. Borum), V — Mendeleyev davriy sistemasi III guruhiga mansub kimyoviy element. Tartib raqami 5, at. m. 10,811. Tabiiy B. ikkita barqaror izotopdan iborat: 10V (19,57 %) va «V(80,43 %). B.ning radioaktiv izotoplari olingan. B.ni birinçi marta J. GeyLyussak va L. Tenar 1808 y.da bor angidridi B2O3 ni metall holdagi kaliy iştirokida qizdiriş usuli b-n olgan. B. yer pöstining oğirlik jihatidan 3Yu4 % ini taşkil etadi. Tabiatda erkin holda uçramaydi. Lekin B. birikmalari köpinça yer ostidan çiquvçi suvlarda hamda qoldiq jinslar tarkibida, neft suvlarida, dengiz, şör köllar, issiq suvlarda, vulqon lavalari va tuproqlarda uçraydi.
B. — rangeiz, kulrang yoki qizil rangli kristall yoxud qora rangli amorf modda. Uning rangi va holati allotropik şakl özgarişiga boğliq. B.ning 10 dan ortiq allotropik modifikatsiyalari ma'lum. B. qattiqligi jihatidan barça moddalar orasida ikkinçi örinda turadi (olmosdan keyin). Uning Moos böyiça qattikligi 9,3, mikroqattiqligi esa 30,4 GPa ga teng. Suyuqlaniş t-rasi 2075°, qaynaş t-rasi 3658°. Elektr tokini yomon ötkazadi. B. köpgina birikmalarda 3 valentlik bölib, kompleks tuzlar hosil qilişga moyil. Amorf hoddagi B. kristall holdagiga nisbatan birmunça faolroq hisoblanadi. B. kimyoviy reaksiyalarga suyet kirişadi. Tra oşgan sayin uning faolligi orta boradi. Yuqori trada B. kislorod, oltingugurt va galogenlar b-n birikadi. 700° gaça qizdirilganda bor angidridi B2O, ni hosil qiladi. 900° dan yuqorida azot b-n birikib, bor nitrid BN, kumir b-n qizdirilganda bor karbid B4C, metallar b-n esa boridlar beradi. Oddiy şaroitda B. kislotalarda erimaydi, lekin konsentrlangan nitrat kislotada borat kislota (H3BO3) gaça oksidlanadi. Konsentrlangan işqor erigmalarida astasekin erib, boratlar hosil qiladi. B.ning kompleks birikmalaridan borgidridlar, mas, VĞ3 b-n NĞ ning birikişidan hosil böladigan f-torborid yoki borftorid kislota N[VĞ4] b-n Na [VĞ4] ahamiyatli. Elementar B. tabiiy manbalardan bir neça bosqiç b-n olinadi. Maye, boratlarni issiq suvda yoki sulfat kislotada parçalab borat kislota
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 531–532-b. — ziyouz.com