GEOKIMYOVIY JARAYONLAR - toğ jinslari, minerallar, şuningdek ularni hosil qilgan eritma va qorişmalarning kimyoviy tarkibini özgariş jarayonlari. G. j. natijasida kimyoviy elementlar migratsiyasi (ba'zilarining yöqolişi, boşqalarining kelib qolişi va konsentratsiyalanişi), ularning valentlik nisbatini özgarişi sodir böladi. G. j. litosfera, gidrosfera va atmosferaning pastki qatlamlarida yaxşi örganilgan. Yerning yuqori mantiya sida buladigan G. j. töğrisida ma'lumotlar juda kam. Yerning quyi mantiya va yadrosidagi G. j. töğrisida faqat gipotezalar ma'lum. G. j. geologik tarix oldi, endogen, ekzogen va metamorfogen xillariga bölinadi. Geologik tarix oldi G. j. Yerning hosil bölişi b-n boğliq bölgan jarayonlarni qamrab olgan. Endogen G. j. magmaning Yer yuqori mantiyasidan kelib çiqişi, gazeizlanişi va turli kismlarga ajralişi b-n boşlanadi. Magmaning differeniiyasi natijasida undan turli tarkib va tuzilişli minerallar hosil böladi. Asosli va öta asosli magma soviganda undan birinçi navbatda temir, magniy, kalsiy, xrom, titan, platina va platina guruxining elementlari qattiq fazaga ötadi. Söngra öta asosli va asosli toğ jinslari va ular b-n birgalikda magnetit, xromit va b. rudali minerallar hosil böladi. Ekzogen G. j. Yerning yuza qismida kislorod iştirokida sodir böladi va toğ jinslari va ulardagi minerallarning nuraşini hammaturlari (parçalaniş, gidrotatsiyalaniş, karbonatlaniş va b.) ni öz içiga oladi. Ekzogen G. j. 10 xilga: tub gipergenez, pedogenez, singenez, diagenez, katagenez, galogenez, gidrogenez, mexanogenez, biogenez va texnogenezga bölinadi. Ba'zi elementlarning hosil bulişi uçun alohida G. j. bölişi şart. Mas, galogenez jarayoni — kaliy, natriy, magniy, xlor sulfata; biogenez — uglerod, azot, fosfor, yod, brom, oltingugurtning paydo bulişida muhim rol uynaydi.
Manba: ÖzME, 2-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 197-b. — ziyouz.com