Uruşning 1oylarida Germaniya qömondonligining Fransiyani tormor etiş va uni uruşdan çiqariş haqidagi möljali barbod böldi, çunki rus qöşinlarining Şarqiy Prussiyaga hujumi bunga ta'sir etdi (1bosqiçda muvaffaqiyat qozongan 1914 y.gi Şarqiy Prussiya operatsiyasi rus armiyasining oğir mağlubiyati b-n tugadi). 1914 y. avg.—sent.da rus qöşinlari Galitsiya jangida AvstriyaVengriya qöşinlarini yengib, Galitsiyaning katta qismini egalladilar, okt. oyida esa Polşadagi AvstriyaVengriya qöşinlarining qarşi hujumini qaytardilar. 1914 y 16 (29) okt.da Germaniya bloki tomonidan Turkiya uruşga kirdi. Zakavkazye, Mesopotamiya, Suriyaning şarqiy çegarasi va Falastinda frontlar vujudga keddi. 1914 y. dek.—1915 y. yanv.da Turkiya armiyasi Zakavkazyeda rus qöşinlaridan mağlubiyatga uçradi. 1915 y. Germaniya blokining 268 diviziyasidan 107 tasi rus frontida edi. Rus qöşinlari çekinib, Galitsiyani, Polşani va Boltiq böyining bir qismini taşlab çiqib ketdilar. 1915 y. 10 (23) mayda Italiya Antantaga qöşildi. 1915 y. 1 (14) okt. da GermaniyaAvstriya bloki tomonidan Bolgariya uruşga kirdi. 1915 y. Germaniya dengiz yöllarining hukmroni bölgan ingliz flotini köplab suv osti janglari yordamida ham holdan toydira olmadi. 1916 y. Germaniyaning Verden r-nida Ğarbiy frontni yorib ötişga urinişi barbod böddi; bu ozmiköpmi rus qöşinlarining Galitsiyada boşlagan muvaffaqiyatli hujumlari natijasi edi. 1916 y. 14 (27) avg .da Antanta tomonida Ruminiya uruşga kirdi, biroq yil oxiriga borib rumin armiyasi tormor qilindi. 1917 y. apr.—may oylarida inglizfransuz armiyalarining utkazgan hujum operatsiyalari natijasiz böldi.
Okt. töntarişidan keyin şöro hukumati uruşayotgan hamma davlatlarga anneksiyalar va kontributsiyalarsiz sulh tuziş haqidagi taklif b-n murojaat qildi. Antanta va AQŞ taklifni rad etdi. Bunday şaroitda şörolar davlati Brest suşi (1918)ni tuzişga majbur böldi. 1918 y. mayidan amerikalik qöşinlar harakat qila boşlagan Ğarbiy frontda (AQŞ 1917 y. apr.da uruşga kirgandi) harbiy harakatlar Germaniya va uning ittifoqçilarining töla mağlubiyati b-n tugadi. 1918 y. 29 sentda Bolgariya, 30 okt.da Turkiya, 3 noyab.da AvstriyaVengriya, 11 noyab.da Germaniya taslim böladi. Parij sulh konferensiyasi (1919—20)da Germaniya va uning ittifokçilari b-n sulh şartnomalarining uzilkesil şartlari işlab çiqildi. Uruşga 38 davlat jalb qilingan edi. Harakatdagi armiyadagilar soni 29 mln. kişidan ortiq bölib, safarbar qilinganlar 74 mln. kişiga yetdi. Uruşgan mamlakatlar 10 mln. kişisini yöqotdi. 20 mlndan ortiq kişi yarador qilindi.
1916 y. 25 iyunda Rossiya imperatori Nikolay II «Imperiyadagi begona xalqlar erkak aholisini harakatdagi armiya r-nida harbiy inşootlar va şuningdek, davlat mudofaasi uçun zarur bölgan boşqa har qanday işlarga jalb qiliş» haqida farmon çiqardi. Şunga binoan Turkiston aholisidan 250 ming kişi majburan mardikorlikka safarbar qilinişi kerak edi. Bu farmon xalq ğazabini qözğab, Turkiston qözğoloni (1916) ga sabab böldi.