TAJRIBA STANSIYASI - qişloq xöjaligi böyiça i.t.lar olib boradigan muassasa. Q.x. ekinlarini yetiştirişda va çorvaçilikda ilmiy jihatdan asoslangan usularni yaratiş uçun işlab çiqariş.ga yaqin bölgan şaroitlarda tajribalar ötkazadi. Dastlabki qişloq xöjaligi. tajriba styalari Yevropa mamlakatlarida, xususan Angliya va Fransiya (1835), Germaniya (1852) va Rossiyada (1886) paydo bölgan. Özbekiston hududida bunday styalar 19-a. oxirlarida taşkil etila boşlagan. 1898 y.da Toşkent yaqinida Turkiston qişloq xöjaligi stansiyasi taşkil etildi. 1914 y.dan Mirzaçöl, Andijon qişloq xöjaligi T.s.larida ğöza navlari sinovi ötkazilgan. Keyinçalik 1913 y.da Farğona T.ye., 1929 y.d Turkiston seleksiya styasi taşkil etildi. Keyinçalik bu stya asosida Ğöza seleksiyasi va uruğçiligi i.t. instituta taşkil topdi. I.t. işlarining xarakteriga qarab, tarmoq, kompleks va tajribaseleksiya styalarga bölinadi. Tarmoq Kişloq xöjaligi T.ye. dehqonçilik yoki çorvaçilik yönalişida i.t. işlarini olib boradi. Ular köpinça tarmoq ilmiytadqiqot intlari yoki oliy öquv yurtlari tarkibida işlaydi. Kompleks qişloq xöjaligi T.ye. köp tarmoqli bölib, viloyat qişloq xöjaligi. tajriba styalari hisoblanadi va şu viloyat qişloq xöjaligi. korxonalari uçun xizmat körsatadi, fan va ilğor tajriba yutuqlarini tarğibot qiladi va işlab çiqarişga tatbiq etadi. Tajribaseleksiya stansiyalari i.t. intlari huzurida taşkil etiladi va qişloq xöjaligi. ekinlarining yangi navlarini yaratiş, muayyan tuproqikdim şaroitlari uçun nav agrotexnikasini işlab çiqiş bilan şuğullanadi. Ularning qaramoğida tajribalar ötkazuvçi eksperimental xöjaliklar iş olib boradi. Bu xöjaliklarda işlab çiqariş. tajribalari ötkaziladi va uning natijalari töğridantöğri KX işlab çiqariş korxonalariga foydalaniş uçun tavsiya etiladi.
Abdukarim Zikiryoyev.
Manba: ÖzME, 8-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 40-b. — ziyouz.com