BELAYA VEJA PUŞÇASI, Belaya Veja örmoni — Bug, Neman va Pripyat daryolari suvayirğiçlari hududidagi yirik örmon massivi. Belorussiya b-n Polşa çegaralarida joylaşgan. Umumiy mayd. 150 ming ga (jumladan Belorussiyaning Grodno va Brest viloyatlari hududida 87,6 ming ga). B.V.p.ning şarqiy qismi (Belorussiya hududi)da 1939 y.da davlat qöriqxonasi taşkil etilib (umumiy mayd. 87,6 ming ga), 1957 y.dan ovçilikqöriqxona xöjaligiga aylantirilgan, 1991 y.dan Belorussiya milliy boği. B.V.p.ning 81,5% hududi asrlar davomida kesilmagan qayin, dub, qarağay, arça va b.dan iborat örmon. B.V.p. 13-a.dan Polşa qirollarining ov qöriqxonasiga aylantirilgan. 14-a.da zubrlarni ovlaş çegaralangan, 1802 y.dan butunlay taqiqlangan. 1-jahon uruşi yillarida zubrlarning hammasi qirib yuborilgan. 1929 y.da Germaniya va Şvetsiyadan 8 zubr keltirilib, pitomnik taşkil etilgan. Ikkinçi jahon uruşidan keyin olimlarning sa'yharakatlari b-n zoti toza zubrlar populyatsiyasi qayta tiklandi. B.V.p. özining zubrlari b-n jahonga maşhur. B.V.p.da 55 dan köp turdagi hayvonlar (buğu, çöçqa, olmaxon, tulki, qunduz va b.), 212 turdagi quşlar (kaptar, qora laylak, karkur va b.) bor. 900 turdagi ösimliklar (jumladan 109 turdagi kam uçraydigan va 21 turdagi yöqolib borayotgan ösimliklar) muhofaza qilinadi. B.V.p. da yovvoyi hayvonlar ekologiyasi örganiladi, ulardan samarali foydalaniş b-n birga hayvonlar va foydali ösimliklarni muhofaza qiliş, qayta tiklaş işlari amalga oşiriladi. Ovçilik qöriqxona xöjaligida «B.V.p.» tabiat muzeyi taşkil etilgan. B.V.p.ning ğarbiy qismi (Polşa hududi)da 1947 y. Belovej xalq boği qöriqxonasi barpo etilgan (umumiy mayd. salkam 58 ming ga; tabiat muzeyi ham bor). B.V.p.da 1991 y. 8 dek. da sobiq «Qizil imperiya» — SSSRning parçalanganligi qayd qilindi.
Ölmas Sobirov.
Manba: ÖzME, 1-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 205–206-b. — ziyouz.com