LOK (nem. Lack), lak — sirtga surtilganda qotib, yaltiroq qattiq parda hosil qiluvçi organik moddalar aralaşmasi, suyuqliklar. Tarkibida parda hosil qiluvçi va erituvçi moddalardan taşqari, köpinça, plastifikatorlar, katalizatorlar va parda hosil bölişini tezlatadigan moddalar (metall tuzlari, organik peroksidlar) bor. L. sifati uning rangi, tozaligi, yopişqoqligi, parda hosil qiluvçi (uçmaydigan) moddalar miqdoriga, quriş tezligiga, hosil bölgan pardaning yaltirokligi, qattiqligi, elastikligi, çöziluvçanligiga, şuningdek, işqalanişga, zarbaga, atmosfera va agressiv muhit ta'siriga çidamliligi, suv va gaz ötkazmasligiga qarab belgilanadi. Elektroizolyatsion L. pardasi teşuvçi kuçlanişga, soliştirma va hajmiy qarşiligiga, soliştirma sirt qarşiligi va dielektrik sarf (yöqotiş) miqdoriga qarab ham baholanadi. Sirtga L. çutka, jöva b-n surkaladi, purkaladi yoki böyaladigan buyum L.ga botiriladi, ba'zan L. buyumga quyiladi. L.ning xususiyati va buyumlarning turiga qarab böyaşning ma'qul usuli tanlanadi.
L. parda hosil qiluvçi moddaning kimyoviy tabiatiga köra, 3 ga bölinadi: moyli L., smolali L., efirotsellyulozaL. Moyli loklar—ösimlik yoğlari va tabiiy yoki sintetik smolalar aralaşmasi bölib, ularni turli usullar b-n surtiş mumkin. Moyli L.ni oliş 4 bosqiç (moyni tayyorlaş; smolani eritiş, L. asosini oliş va unga erituvçi qöşiş; sen-trifugalaş va tindiriş) dan iborat. Asosan, elektroizolyatsion va himoya qoplamalar hosil qiliş uçun tunukani böyaşda (konserva bankasi yasaş uçun) işlatiladi. Smolali loklar — tabiiy yoki sintetik smolalarning uçuvçan erituvçilardagi eritmasi. Smolali L.ning köpçiligida erituvçi sifatida spirt işlatiladi. Hozir sintetik (ayniqsa, vinil) polimerlar va sopolimerlar asosida perxlorvinil, poliefir, poliefirakrilat, poliuretan, epoksid, melaminfor-maldegid va moçevina-formaldegid, divinilatsetilen va kremniyorganik L. köplab işlab çiqarilmoqda. Ular issiq va sovuqqa, kimyoviy ta'sirlarga, agressiv muhitga çidamli bölgani uçun samolyotlar, avtomobillar, kimyoviy jihozlar, yoğoç, rezina, teri, plastmassalar, sintetik gazlamalar, mis simlar, metallar sirtlarini, şişa, keramika va b. buyumlarni böyaş uçun işlatiladi. Efirotsellyuloza loklar — efir sellyulozasining uçuvçan erituvçilar b-n hosil qilgan eritmasi. Tarkibida smola va plastifika-torlar ham mavjud. Ular, odatda, materiallarga purkaladi; xona t-rasida tez quriydi. Yoğoç va metall buyumlar, teri, qoğoz va gazlamalarni böyaşda, şuningdek, emal böyoqlar tayyorlaşda işlatiladi.
Manba: ÖzME, 5-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 172-b. — ziyouz.com