DAŞTI QIPÇOQ, Qipçoq daşti — Sirdaryoning yuqori oqimi va Tyanşanning ğarbiy yon bağridan Dnepr daryosining quyi oqimiga qadar yoyilgan daştlarni 11 — 15-a.larga oid arab va fors manbalaridagi nomi. «D.Q.» atamasini dastlab Nosir Xisrav (11-a.) qöllagan. Bu davrda qipçoqlar Irtiş daryosi sohillaridan ğarbga tomon köçib (1030 y.) Xorazmga qöşni bölişgan va hoz. Qozoğiston hududi, şuningdek, jan.-rus daştlarini egallaşgan. D. Q. aholisi şarq manbalarida — qipçoklar, rus solno-malarida — polovetslar, Vizantiya xronikalarida — kumanlar, venger manbalarida kunlar deb atalgan. D. Q. 2 qism — Şarqiy va Ğarbiy qismdan iborat bölib, Yoyiq (Ural) daryosi ularning çegarasi sanalgan. Ğarbiy qism Yoyiq va Itil (Volga) daryosidan to Dneprgaça bölgan hududdan iborat bölgan. 13-a.da D. Q.ni möğullar bosib olib, tarixda Jöji ulusi nomi b-n maşhur Oltin Örda davlatini barpo etganlar. 14-a. boşlarida Jöji ulusi 2 qismga bölinib ketgan. D. Q.ning şarqiy qismida Oq Örda taşkil topgan. D. Q. ning ğarbiy qismi rus yilnomalarida «Polovetslar yeri» nomi b-n uçraydi. 14-a. 60-y.laridan şarqiy D. Q. «Özbeklar mamlakati», uning aholisi esa «özbeklar» deb atala boşlandi. 15-a.ning 20-y.dan boşlab şarqiy D. Q.da Abulxayrxon va uning qarindoş-uruğlari hukmronlik qilgan. D. Q.ning asosiy axoliyey köçmançi va yarim ötroq bölib, çorvaçilik va ovçilik, daryo va köl yoqalarida yaşagan aholi dehqonçilik, şaharlari (Saroy Botu, Saroy Berka, Örda Bozor, Siğnoq, Arquq) dagi aholi esa hunarmandçilik va savdo-sotiq b-n şuğullangan. 16—18- a.larda Movarounnahr tarixşunosligida «D. Q.» atamasi uning şarqiy qismi (hoz. Qozoğiston) ni anglatgan.
Ad.: Klyaştorniy S.G., Sultanov G. I., Kazaxstan. Letopis tryox tisyaçeletiy, Alma-Ata, 1992; Murad Adji, Polin polovetskogo polya. M., 1994.
Manba: ÖzME, 3-jild (2000–2005), «Özbekiston milliy ensiklopediyasi» Davlat ilmiy naşriyoti · elektron nusxa: ziyouz.com kutubxonasi, 123-b. — ziyouz.com